Connect with us

Iqtisodiyot

O‘zbekistonda xizmatlar narxlari sezilarli qimmatlayapti

Published

on


Markaziy bank ma’lumotlariga ko‘ra, avgust oyida haydovchilik kurslari narxi rekord darajada (71,3 foiz) qimmatladi. Bu davrda asosan xizmatlar – davlat bog‘chalaridan tortib, kommunal xizmatlar, havo transporti narxlari sezilarli oshdi. Yuqori inflatsiyali elementlar ham shu guruhga oid – 48 foiz.

Markaziy bank 2025 yilning avgust oyidagi inflatsiya ko‘rsatkichlarini e’lon qildi.

Umumiy yillik inflatsiya 2022 yilda 12,3 foiz bo‘lgan; 2023 yilda pasayib, 8,8 foiz, 2024 yilda biroz oshib, 9,8 foiz, 2025 yil avgust holatida yana 8,8 foizga tushgan.

Narxi 10 foizdan yuqori oshgan tovar va xizmatlarning ulushi kamaygan, bunda:


2022 yilda – 52 foiz;
2023 yilda – 25 foiz;
2024 yilda – 22 foiz;
2025 yilda – 18 foiz.

Bu umumiy inflatsiya pasayish trendiga egaligi va “yuqori inflatsiyali” elementlar soni kamayganini ko‘rsatadi. Natijada avvalgi yillardagi narx shoklari susaygan.

Oziq-ovqat mahsulotlari (eng katta o‘zgarishlar)

Infografikaga ko‘ra, ba’zi oziq-ovqatlar narxi sezilarli darajada pasaygan, boshqalari esa keskin oshgan:

Avgustda qovoq (-52,8 foiz), uzum (39,5 foiz), pomidor (34,7 foiz), guruch (-17,8 foiz), olma (-16,6 foiz) va bodring (-15,3 foiz) narxlari pasaydi.

Hisobot davrida oziq-ovqatlar tarkibida sabzi (69,1 foiz) karam (46,5 foiz) va piyoz (40,1 foiz) narxi eng tez o‘sgan mahsulot bo‘ldi. Bundan tashqari, quyidagi mahsulotlar narxlari ham sezilarli qimmatlagan:

• Paxta moyi (yoki o‘simlik yog‘i): +39,4 foiz

• Kartoshka: +32,0 foiz

• Qo‘y go‘shti: +28,5 foiz

Nooziq-ovqat tovarlar (maishiy va sanoat tovarlari)

Avgustda nooziq-ovqat mahsulotlari narxi biroz pasaygan. Xususan, propan -6,1 foizga, qog‘oz A4 -4,6 foizga, oshxona texnikasi -3,3 foizga arzonlagan.

Oltin narxlari global bozorda rekord darajada qimmatlashi zargarlik buyumlarida ham aks etgan – nikoh uzugi 33,2 foizga qimmatladi.

Nooziq-ovqat mahsulotlari tarkibida metan narxi 31 foizga, gazeta, 15,3 foizga, benzin 11,1 foizga, atir sovun 10,1 foizga, vitaminlar 9,9 foizga oshdi.

Xizmatlar

Avgustda pul o‘tkazmalari uchun haq to‘lash narxlari 0,3 foizga, nodavlat OTMda o‘qish 1,3 foizga, simli internet 1,8 foizga arzonladi.

Avgustda narxi eng tez o‘sgan xizmat haydovchilik kurslari bo‘ldi – hisobot davrida bu xizmat narxi 71,3 foizga oshdi. Shuningdek, ichki yo‘lovchi havo transporti xizmatlari 59,5 foizga, tarmoq gaz 39,2 foizga, sovuq suv 34,1 foizga, chiqindi tashish 23,9 foizga, davlat bog‘chalari xizmatlari 21 foizga qimmatladi.

Yuqori inflatsiyali elementlar

Yillik narx o‘sishi 10 foizdan past bo‘lgan mahsulotlar oziq-ovqat mahsulotlarida 83 foiz, nooziq-ovqat mahsulotlarida 96 foiz va xizmatlarda 42 foizni tashkil qiladi. Raqamlar xizmatlar guruhida yuqori inflatsiyali elementlar eng yuqori ko‘rsatkichga ega ekanini ko‘rsatmoqda – 48 foiz.



Source link

Continue Reading
Click to comment

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Iqtisodiyot

Dollar qimmatladi, yevroda ham ko‘tarilish kuzatildi

Published

on



Dollar qimmatladi, yevroda ham ko‘tarilish kuzatildi



Source link

Continue Reading

Iqtisodiyot

Bojxona sohasida tadbirkorlar uchun bir qator yengilliklar joriy etiladi

Published

on


Davlat bojxona xizmati organlari faoliyatini takomillashtirish va bojxona ma’murchiligida zamonaviy yondashuvlarni joriy etishga qaratilgan Prezident farmoni qabul qilindi.

Unga ko‘ra, bojxona sohasida bir qator yangi tartiblar belgilandi.

Jumladan, 2026 yil 1 oktyabrdan xavf darajasi past hamda QQS guvohnomasi faol bo‘lgan tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilariga tovarlarni import qilishda to‘lanadigan QQS summalarini o‘zaro hisobga olish imkoniyati yaratiladi.

Shuningdek, tovarlar eksportida nazorat jarayonlarining raqamlashtirilishi va takomillashtirilishi natijasida bojxona rasmiylashtiruvi, fitosanitariya sertifikati, fumigatsiya hamda tovarning kelib chiqish sertifikati uchun yig‘im va to‘lovlar miqdori 30 foizga kamaytiriladi.

2027 yil 1 yanvardan tovarlarning bojxona qiymatini nazorat qilish tartibi ham soddalashtiriladi. Xususan, xavf darajasi past bo‘lgan tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilari olib kirayotgan tovarlarning bojxona qiymati tovarlar erkin muomalaga chiqarilgandan keyin nazorat qilinadi.

Bundan tashqari, bojxona qiymatini nazorat qilish maqsadida tovarlar uchun qat’iy bojxona qiymatini belgilash taqiqlanadi. Bojxona qiymati bo‘yicha dastlabki qaror qabul qilish amaliyoti joriy etiladi hamda nazorat jarayonida rasmiy diller va distribyutorlarning narx ma’lumotlaridan foydalanish yo‘lga qo‘yiladi.

2027 yil 1 iyundan esa jismoniy shaxslar tomonidan notijorat maqsadlarda olib o‘tiladigan tovarlar bo‘yicha yagona bojxona to‘lovi miqdori to‘lanishi lozim bo‘lgan bojxona yig‘imlaridan kam bo‘lsa, ushbu yig‘imlar undirilmaydi.



Source link

Continue Reading

Iqtisodiyot

Dushanba kuni ham dollar kursi pastlaydi

Published

on


Markaziy bank 2026-yil 7-sentyabrdan valyutalarning yangi kursini belgiladi. 

AQSh dollari 9,7 so‘mga tushib, 11 785,30 so‘m etib belgilandi.

Yevro kursi 3,01 so‘mga tushdi va 13 695,70 so‘m bo‘ldi. Funt-sterling 15 949,95 so‘mni tashkil qildi (+31,7).

Rossiya rubli 136,13 so‘m etib belgilandi (+0,33).



Source link

Continue Reading

Iqtisodiyot

O‘zbekiston mahsulotlari AQShning eng yirik savdo tarmog‘i orqali Amerika bozoriga chiqishi mumkin

Published

on


O‘zbekiston bosh konsuli Axror Burxanov «Costco Wholesale» kompaniyasi rahbariyati bilan uchrashuv o‘tkazdi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri.

Muloqot avvalida O‘zbekistonning qishloq xo‘jaligi, to‘qimachilik va hunarmandchilik sohalaridagi eksport salohiyati haqida ma’lumot berildi. Kompaniya vakillariga AQSh bozoriga olib kirishga ruxsat etilgan oliy navli o‘zbek mayizi va quritilgan o‘rik namunalari ham taqdim etildi.

O‘z navbatida, «Costco» vakillari o‘zbek mayizining sifati va tashqi ko‘rinishini yuqori baholab, uni savdo tarmog‘ida sotuvga chiqarish bo‘yicha zarur choralarni ko‘rishga tayyorligini bildirdi.

Suhbat davomida pista, grek yong‘og‘i, bodom, golubika, gilos, uzum, anor va boshqa yangi hamda quritilgan mevalarni yetkazib berish istiqbollari yuzasidan fikr almashildi.

Shuningdek, uchrashuvda o‘zbekistonlik eksportchilarni AQShdagi qadoqlash va markirovkalash korxonalari bilan bog‘lash, shuningdek, kelgusi yil fevral oyida o‘tkaziladigan mahsulotlar taqdimotida ishtirok etishga ko‘maklashish masalalari ham muhokama qilindi.

Bundan tashqari, o‘zbek tekstili, milliy kulolchilik buyumlari, idish-tovoq va qo‘l mehnati asosida tayyorlangan dekorativ mahsulotlarni «Costco» orqali sotish imkoniyatlari ko‘rib chiqildi.

Kompaniya vakillari raqobatbardosh mahsulotlar aniqlangan taqdirda, ularni global xarid jamoalariga taqdim etishdan manfaatdor ekanini qayd etdi.



Source link

Continue Reading

Iqtisodiyot

Prezidentning bojxona xizmatiga oid farmoni qabul qilindi

Published

on


Davlat bojxona xizmati organlari faoliyati takomillashtiriladi. «Davlat bojxona xizmati organlari faoliyatini takomillashtirish va bojxona ma’murchiligida zamonaviy yondashuvlarni joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Prezident Farmoni (PF–174-son, 27.08.2026-y.) qabul qilindi.
 
Farmonga ko‘ra, 2026–2030-yillarga mo‘ljallangan «Yangi O‘zbekiston bojxonasi – 2030» strategiyasi (Strategiya) tasdiqlandi hamda quyidagilar Strategiyaning ustuvor yo‘nalishlari etib belgilandi:
 
– bojxona jarayonlarida tadbirkorlik subyektlariga va jismoniy shaxslarga qulay shart-sharoitlar yaratish;
 
– bojxona organlari infratuzilmasini yaxshilash va sun’iy intellekt texnologiyalarini keng joriy etish orqali raqamlashtirish darajasini yuqori bosqichga olib chiqish;
 
– bojxona ma’murchiligini yanada takomillashtirish va boshqalar.
 
2026 yil 1 sentyabrdan quyidagi talablar bekor qilinadi:
 
– tashqi savdo shartnomasini tuzmasdan invoys asosida importni amalga oshirishda xorijiy hamkorga oldindan to‘lov o‘tkazish cheklovi;
 
– tashqi savdo shartnomasini tuzmasdan invoys asosida eksportni amalga oshirishda oldindan 50 foiz tushumni ta’minlash;
 
– tovarlar eksportini milliy valyutada amalga oshirishda oldindan to‘lovni ta’minlash yoki to‘lovning kafolatli shakllarini (akkreditiv, bank kafolati, sug‘urta polisi) taqdim etish;
 
– oziq-ovqat mahsulotlarini sinovdan o‘tkazish uchun mahsulot namunasi yetarli bo‘lmaganda, sanitariya-epidemiologik xulosani rasmiylashtirish;
 
– bojxona rasmiylashtiruvi jarayonida biologik aktiv va yangi kimyoviy moddalar, oziq-ovqat qo‘shimchalari, polimer, parfyumeriya-kosmetika mahsulotlarini olib kirish uchun ruxsatnoma, shuningdek, dori vositalari hamda tibbiy jihozlar davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnomani taqdim etish.



Source link

Continue Reading

Trending

Copyright © 2025 Xabarlar. powered by Xabarlar.