Connect with us

Iqtisodiyot

O‘zbekistonda uy-joylarning bozor narxi mulkning real qiymati bilan deyarli tenglashdi

Published

on


Uy-joylarning bozor narxi 2024 yil I yarim yilligida fundamental qiymatidan 17 foizga baland edi. Oradan bir yil o‘tib, bu tafovut 4 foizgacha qisqardi. Markaziy bank tahliliga ko‘ra, bu – ko‘chmas mulk bozorida taklifning sezilarli ortgani, spekulyativ talabning pasaygani va qurilish qilish xarajatlarining oshgani bilan bog‘liq.

2025 yil I yarim yilligida O‘zbekistonda uy-joylarning fundamental qiymati va bozor narxi orasidagi tafovut 17 foizdan 4 foizgacha pasaydi.

Markaziy bank hisobotiga ko‘ra, ko‘chmas mulk bozorida taklifning sezilarli ortgani va spekulyativ talabning kamaygani uy-joylarning bozor narxi pasayishiga ta’sir ko‘rsatgan.

Shuningdek, real narx va bozor narxi orasidagi tafovut qisqarishiga – uy-joylarning fundamental narxi oshishi ham hissa qo‘shgan.

2025 yil 2-choragida qayd etilgan 4 foizlik farq – 2022 yil 1-choragidan keyingi davr uchun minimum ko‘rsatkich hisoblanadi.

Uy-joy narxlarida to‘g‘rilanish kuzatilmoqda

Markaziy bank hisobotida keltirilgan Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025 yil I yarim yilligi yakuniga ko‘ra, uy-joylarning bozor narxi 2024 yilning mos davriga nisbatan milliy valutada 4,9 foizga, xorijiy valutada 6,2 foizga pasaygan.

Ayni shu davrda taklif hajmi oshgan: 2025 yilning I yarim yilligida amalga oshirilgan qurilish hajmi 2024 yilning mos davriga nisbatan 72 foizga ko‘payib, 137,6 tlrn so‘mni tashkil etgan. Qurilish hajmining YaIMdagi ulushi 17 foizgacha ko‘tarilgan. Shuningdek, 2025 yil 1 iyul holatiga qurilish-montaj ishlari narxlarining yillik o‘sish sur’ati 6,3 foizgacha tezlashgan.

Aholining uy-joy xarid qilish qobiliyati pasayishdan to‘xtadi

Ipoteka ajratishda kredit muddatining uzayishi va foiz stavkaning pasayishi bilan bir qatorda, aholi daromadining ortishi aholining ipoteka krediti asosida uy-joy xarid qilish qobiliyati tiklanishiga sabab bo‘lgan.

2025 yilning dastlabki yarim yilligida aholining uy-joy xarid qilish qobiliyati indeksi 121 foizgacha ko‘tarilgan.

Shuningdek, 2024 yilda ko‘chmas mulk bozorida uy-joylar soni 1 foizga oshib, 7,6 mln donaga yetgan.

Uy-joy narxlari aholi jon boshiga hisoblangan YaIMga nisbatan pasaymoqda

2025 yil 1 iyul holatiga, uy-joy narxlarining aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan nominal YaIMga nisbati 22 foizni tashkil etib, 2024 yilning mos davriga nisbatan 4 foiz bandga kamaygan.

Izohlanishicha, bu tendensiya – uy-joylarning bozor narxi pasayishi bilan bir qatorda, aholi jon boshiga nominal YaIM miqdori 16 foizga oshgani bilan bog‘liq.

Ko‘chmas mulk bozorida spekulyativ talab pasaygan

2025 yil I yarim yilligi yakuni bo‘yicha ko‘chmas mulk bozorida uy-joylarning ijara haqlari 2024 yilning mos davriga nisbatan 12 foizga o‘sgan. Bu esa, ko‘chmas mulk bozorida investitsion jozibadorlik kamayganidan dalolat beradi.

Uy-joy narxlari o‘sish sur’atlari daromadga nisbatan sekinlashmoqda

2025 yil I yarim yilligi yakuni bo‘yicha o‘rtacha oylik ish haqining yillik o‘sish sur’ati uy-joy narxlarining yillik o‘sish sur’atiga nisbatan 22 foiz bandga yuqoriroq bo‘lib, 17 foizda shakllandi.

Ko‘chmas mulk bozorida faollik saqlanib qolmoqda

2024 yil yakuni bo‘yicha shaxsiy uy-joyga ega uy xo‘jaliklarining ulushi 98 foizni tashkil etgan. 2025 yil boshida shaxsiy uy-joyga ega bo‘lmagan 157,3 mingta uy-xo‘jaliklarining uy-joyga bo‘lgan ehtiyoji ko‘chmas mulk bozorida talabning saqlanib qolishiga ta’sir ko‘rsatmoqda.

2025 yil I yarim yilligida imzolangan uy-joy oldi-sotdi shartnomalar soni 177,5 mingtani tashkil etib, 2024 yilning mos davriga nisbatan 11 foizga oshgan.

Tug‘ilishning kamayishi uy-joyga talabni susaytirishi mumkin

O‘zbekistonning demografik o‘sish sur’atlarida kuzatilayotgan pasayish dinamikasi kelgusida ko‘chmas mulk bozorida talabni pasaytirishi mumkin.

So‘nggi yillarda O‘zbekiston doimiy aholisining o‘sish sur’atlari sekinlashmoqda. 2025 yilning 1 iyul holatiga, doimiy aholi sonining yillik o‘sish sur’ati 2 foizni tashkil etib, 37,9 mln kishiga yetdi. Bunda, mamlakat hududining 1 km2 hududiga 84 kishi to‘g‘ri kelgan. O‘zbekistonda aholi zichligi Markaziy Osiyo va Kavkaz davlatlari mediana ko‘rsatkichiga nisbatan 5 kishiga yuqori shakllangan..

Ipoteka to‘layotganlar soni oshishda davom etmoqda

Mehnatga layoqatli aholi orasida ipoteka krediti mavjud qarzdorlar ko‘lami kengayishda davom etmoqda. 2025 yilning 1 iyul holatiga ko‘ra, har 1 000 ta mehnatga layoqatli yoshdagi doimiy aholining 19 tasida ipoteka krediti mavjud bo‘lib, ushbu ko‘rsatkich 2024 yilning mos davriga nisbatan 7 foizga oshgan.

Shuningdek, 2025 yilning I yarim yilligida ajratilgan ipoteka kreditlarining o‘rtacha hajmi qariyb 300 mln so‘mni tashkil etgan. Bu davrda aholiga ajratilgan ipoteka kreditlarining o‘rtacha tortilgan foiz stavkasi 19,2 foizni tashkil etib, 2024 yilning mos davriga nisbatan 0,4 foiz bandga pasaygan. Aholiga ajratilgan ipoteka kreditlarining o‘rtacha tortilgan so‘ndirish muddati 0,5 yilga uzayib, 17,2 yilni tashkil etdi.



Source link

Continue Reading
Click to comment

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Iqtisodiyot

Dollar va yevro qiymatlari oshdi

Published

on


Markaziy bank 2025-yil 10-dekabrdan valyutalarning yangi kursini belgiladi. 

AQSh dollari 13,09 so‘mga oshib, 12 003,18 so‘m etib belgilandi.

Yevro kursi 12,86 so‘mga oshdi va 13 987,31 so‘m bo‘ldi. Funt-sterling 16 020,64 so‘m (+18,67).

Rossiya rubli 156,68 so‘m etib belgilandi (-1,27).



Source link

Continue Reading

Iqtisodiyot

O‘zbekistonning oltin-valuta zaxiralari 61 mlrd dollardan oshdi

Published

on


Noyabr oyida zaxiralar 1,9 milliard dollarga o‘sdi, yil boshidan esa ular 20 milliard dollarga oshdi. Bu, avvalo, oltin narxi va hajmining ortishi bilan bog‘lanmoqda.

2025 yil 1 dekabr holatiga ko‘ra, O‘zbekistonning oltin-valuta zaxiralari 61,23 milliard dollarga yetdi. Bu haqda Markaziy bank ma’lum qildi.

Noyabr oyida zaxiralar 1,9 milliard dollarga o‘sdi, yil boshidan esa ular 20 milliard dollarga oshdi. Bu, avvalo, oltin narxi va hajmining ortishi bilan bog‘lanmoqda.

Oltinning fizik hajmi ketma-ket ikkinchi oy oshdi. Noyabrda u 310 ming troya unsiyaga (9,64 tonna) oshib, 12,23 million unsiyaga (380,4 tonna) yetdi.

Oltin zaxiralarining qiymati 3 milliard dollarga oshib, 50,86 milliard dollarga yetdi.

Zaxiralarning valuta qismi esa 1,1 milliard dollarga kamayib, 9,8 milliard dollarni tashkil etdi.

Qimmatli qog‘ozlar hajmi avvalgi oyga nisbatan 503,3 million dollarga ko‘payib, 1,53 milliard dollarni tashkil etdi.



Source link

Continue Reading

Iqtisodiyot

O‘zbekistonliklar sog‘liqni saqlashga qariyb 17 trln so‘m sarfladi

Published

on


O‘zbekistonliklar sog‘liqni saqlash sohasidagi xizmatlar uchun 10 oyda 16,5 trln so‘m sarflagan.

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilning yanvar-oktyabr oylarida sog‘liqni saqlash sohasidagi bozor xizmatlari hajmi 16,5 trln so‘mga yetdi.

Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirganda 15,4 % ga oshgan. Jami ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmida ushbu xizmat turining ulushi 2 % ni tashkil etgan.

Hududlar kesimida sog‘liqni saqlash sohasidagi xizmatlar hajmi:

Toshkent shahri – 7,7 trln so‘m

Toshkent viloyati – 1,6 trln so‘m

Samarqand viloyati – 1,2 trln so‘m

Farg‘ona viloyati – 1,1 trln so‘m

Namangan viloyati – 747,7 mlrd so‘m

Andijon viloyati – 739 mlrd so‘m

Buxoro viloyati – 640,1 mlrd so‘m

Qashqadaryo viloyati – 612,8 mlrd so‘m

Xorazm viloyati – 557,8 mlrd so‘m

Surxondaryo viloyati – 416,8 mlrd so‘m

Jizzax viloyati – 398,8 mlrd so‘m

Sirdaryo viloyati – 293,1 mlrd so‘m

Qoraqalpog‘iston Resp. – 285,6 mlrd so‘m

Navoiy viloyati – 269 mlrd so‘m. 



Source link

Continue Reading

Iqtisodiyot

Xitoylik investorlar Jizzaxdagi volfram konini ishga tushirmoqda

Published

on


Qayd etilishicha, Nurota tog‘ tizmasining janubi-g‘arbiy qismida joylashgan ushbu kon O‘zbekiston tog‘-kon sanoatida strategik ahamiyatga ega bo‘lgan yirik obektlardan biri hisoblanadi.

Jizzax viloyatida 2,5 million tonna volfram zaxirasiga ega Qo‘ytosh koni ishga tushish arafasida, deb xabar berdi viloyat hokimligi matbuot xizmati.

Xabarga ko‘ra, xitoylik investorlar yil oxirigacha konni tozalash ishlarini tugallaydi. Kelasi yilda esa ruda qazib olish jarayonlari boshlanadi. 

Kon hududida volframni ajratib olish bo‘yicha zamonaviy qayta ishlash zavodi barpo etiladi.

Qayd etilishicha, Nurota tog‘ tizmasining janubi-g‘arbiy qismida joylashgan ushbu kon O‘zbekiston tog‘-kon sanoatida strategik ahamiyatga ega bo‘lgan yirik obektlardan biri hisoblanadi.

Loyihaning birinchi bosqichida 100 nafarga yaqin fuqaro ish bilan ta’minlanadi va yiliga 150 ming tonna ruda qazib olinadi.



Source link

Continue Reading

Iqtisodiyot

O‘zbekistonning xalqaro zaxiralari 61,23 mlrd dollarga yetdi

Published

on


O‘zbekiston oltin-valyuta zaxiralari, 1-dekabr holatiga, 61,23 mlrd dollarga yetdi. Bu haqda Markaziy bank ma’lumot berdi.

Zaxiralar noyabrda 1,9 mlrd dollarga (+3,2 foiz) o‘sdi, yil boshidan esa 20 mlrd dollarga (+48,7 foiz) oshdi. Bu avvalo oltin narxi va hajmining ortishi bilan bog‘lanmoqda.

Qolaversa, Markaziy bank sotib olgan qimmatli qog‘ozlar qiymati ham sezilarli darajada oshgan — noyabrda 503 mln dollarga ko‘payib, $1,52 mlrdga yetgan.



Source link

Continue Reading

Trending

Copyright © 2025 Xabarlar. powered by Xabarlar.