Jamiyat
O‘zbekistonda umumxalq hashari o‘tkaziladi
Joriy yil 13–14 mart kunlari mamlakat bo‘ylab keng ko‘lamli umumxalq hashari bo‘lib o‘tadi.
Vazirlar Mahkamasining 72-sonli farmoyishiga muvofiq, hasharlar «Yurt obodligi, avvalo, mahalladan boshlanadi!» shiori ostida tashkil etiladi.
Qayd etilishicha, ushbu tashabbus mahallalar obodligini ta’minlash, aholi yashash sharoitini yanada yaxshilash hamda yurtimizning sanitariya holatini mustahkamlashga qaratilgan.
Hashar doirasida mahalla ko‘chalari, ichki yo‘llar, bolalar maydonchalari, qabristonlar va ziyoratgohlar atrofi tartibga keltiriladi, ariq-zovurlar tozalanadi, daraxt va gul ko‘chatlari ekiladi. Shuningdek, ko‘p qavatli uylar hovlilari va ijtimoiy ob’yektlar atrofini obodonlashtirish ishlari amalga oshiriladi.
Jamiyat
Samarqandda sudya 300 dollar olayotganda ushlangan – manba
Kun.uz manbasiga ko‘ra, fuqarolik ishlari bo‘yicha Past Darg‘om tumanlararo sudi sudyasi tezkor tadbirda qo‘lga olingan. U alimentni bekor qilib berish evaziga pul talab qilgani aytilmoqda.
FIB Past Darg‘om tumanlararo sudi sudyasi (sudyaning shaxsi tahririyatga ma’lum) pora bilan ushlangan. Buni Kun.uz’ning sud tizimidagi manbasi tasdiqladi.
Manbaga ko‘ra, sudya alimentni bekor qilib berish evaziga 300 dollar olayotganda ushlangan. Hozirda u protsessual tartibda ushlab turilibdi. Biroq hozircha bu haqda rasmiy axborot berilmadi.
Kun.uz holat yuzasidan Oliy sud matbuot xizmati rahbari Aziz Obidov bilan bog‘landi. U sudya qo‘lga olinganini inkor etmadi.
Avvalroq JIB Xonobod shahar sudi sobiq raisi uzoq muddatga qamalgan edi. U boshqa sud tomonidan tayinlangan ozodlikdan mahrum qilish jazo muddatini kamaytirishni va’da qilib, sudlangan shaxsning onasidan 30 ming dollar olgan vaqtda ushlangandi.
Jamiyat
Tabiiy gaz uchun qishki bazaviy me’yor barcha hududlar uchun uzaytirildi
Tabiiy gaz uchun isitish mavsumida belgilangan bazaviy me’yor Respublikaning barcha hududlarida 15-martga qadar uzaytirildi.
Energetika vazirligiga ko‘ra, bu – ob-havo prognozlarining yangilangan kutilmalariga muvofiq amallga oshirilmoqda.
«Sovuq havo massasi mamlakatimizning boshqa hududlariga ham kirishi ehtimoli tufayli isitish mavsumi uchun belgilangan 500 kub metr bazaviy me’yor barcha hududlarda 2026-yilning 15-martiga qadar uzaytirildi», – deyiladi rasmiy xabarda.
Qo‘shimcha qilinishicha, 15-martdan keyin esa ob-havo sharoitidan kelib chiqib, zarur bo‘lsa, qo‘shimcha choralar ko‘riladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq mazkur uzaytiruv faqat Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyati uchun amal qilish belgilangan edi.
Jamiyat
Qatarda 91 nafar o‘zbekistonlik turar joy bilan ta’minlandi
4 mart kuni O‘zbekiston elchixonasi vakillari turli sabablarga ko‘ra Qatarda bo‘lib turgan vatandoshlar holidan xabar olib, ularga zarur amaliy va axborot ko‘magini ko‘rsatdi.
Ma’lum qilinishicha, O‘zbekistonning Qatardagi favqulodda va muxtor elchisi Ashraf Xo‘jayev Doha portiga tashrif buyurib, Celestine cruises kemasida bo‘lgan 71 nafar vatandosh bilan uchrashdi. Suhbatda ularga yuzaga kelgan vaziyat bo‘yicha batafsil ma’lumot berilgan.
Xususan, O‘zbekiston hukumati Qatarning tegishli idoralari bilan hamkorlikda vatandoshlar xavfsizligini ta’minlash, shuningdek, vaziyatdan kelib chiqib ularni vatanga qaytarish mexanizmlarini ishlab chiqayotgani ta’kidlangan.
Shuningdek, Qatar turizm tashkiloti bilan kelishilgan holda 91 nafar fuqaro munosib turar joy bilan ta’minlandi.
Elchixona vakillari Grand Regal, Hampton, Jouri Al Murwab va Retaj Al Rayyan mehmonxonalariga tashrif buyurib, u yerlarda vaqtincha istiqomat qilayotgan fuqarolar haqida aniq ma’lumot to‘plagan hamda ularning ro‘yxatini shakllantirgan. Qayd etilishicha, bu ehtimoliy evakuatsiya yoki boshqa tashkiliy chora-tadbirlarni muvofiqlashtirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Ayni paytda Qatar havo hududi yopiqligicha qolmoqda. Mamlakatda bo‘lib turgan xorijiy sayyohlar esa qo‘shimcha rasmiy ma’lumot berilishini kutmoqda.
Jamiyat
Rossiyada halok bo‘lgan bolaning jasadi O‘zbekistonga olib kelindi
O‘zbekistonning Rostov-Don shahridagi Bosh konsulxonasi ko‘magida Rossiyaning Rostov viloyatida yuz bergan yong‘in oqibatida halok bo‘lgan voyaga yetmagan O‘zbekiston fuqarosining jasadi vatanga qaytarildi.
Ma’lum qilinishicha, Bosh konsulxonaga Rostov viloyatining Bataysk shahrida yashovchi B.Yu. murojaat qilib, uyida yuz bergan yong‘in natijasida voyaga yetmagan nabirasi X.A. halok bo‘lgani hamda uning jasadini O‘zbekistonga olib kelishda yordam so‘ragan.
Aniqlanishicha, murojaatchi Rostov viloyatidagi qurilish obektlarida mehnat faoliyatini amalga oshirib kelgan. Baxtsiz hodisa oqibatida marhum bolaning barcha hujjatlari yong‘inda yonib ketgan. Shu sababli hujjatlarni rasmiylashtirish va jasadni yurtimizga qaytarish jarayonida Rossiya tomoni bilan ayrim muammolar yuzaga kelgan.
O‘zbekiston Bosh konsulxonasi mazkur holat yuzasidan zudlik bilan Rossiyaning vakolatli tibbiyot tashkilotlari bilan muzokaralar o‘tkazib, voyaga yetmagan bolaning jasadini vatanga tezkorlik bilan qaytarish bo‘yicha zarur choralarni ko‘rdi.
Murojaatchi nomiga Bosh konsulxona tomonidan vatanga qaytish guvohnomasi rasmiylashtirildi. Shuningdek, Migratsiya agentligi jamg‘armasi hisobidan marhumning jasadi Uzbekistan Airways aviakompaniyasining Krasnodar — Toshkent yo‘nalishi orqali O‘zbekistonga olib kelindi.
Jamiyat
Chirchiq daryosi sohilida tozalash ishlari boshlandi
Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent viloyati Quyi Chirchiq tumanida Chirchiq daryosi sohili chiqindilar bilan to‘lib ketgani haqidagi xabarlar yuzasidan mutasaddi idoralar tomonidan joyiga chiqib o‘rganish ishlari olib borildi.
Foto: Toshkent viloyati Ekologiya va iqlim o‘zgarishi bosh boshqarmasi
Toshkent viloyati Ekologiya va iqlim o‘zgarishi bosh boshqarmasi Quyi Chirchiq tuman bo‘limi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan o‘rganish davomida Quyi Chirchiq tumani “Mevazor” MFY hududidan oqib o‘tuvchi Chirchiq daryosi sohiliga noma’lum fuqarolar tomonidan turli xil maishiy chiqindilar tashlab ketilgani aniqlandi.
Ayni paytda inspektorlar tomonidan maxsus texnikalar jalb etilgan holda hududni tozalash va chiqindilarni bartaraf etish ishlari amalga oshirilmoqda.
Toshkent viloyati Ekologiya va iqlim o‘zgarishi bosh boshqarmasi fuqarolardan belgilanmagan joylarga chiqindi tashlamaslik va ularni yoqmaslikni so‘radi. Shuningdek, bu kabi qonunbuzilish holatlari uchun amaldagi qonunchilikka muvofiq tegishli choralar ko‘rilishi eslatib o‘tildi.
-
Iqtisodiyot3 days agoYanvarda tashqi savdo aylanmasi 1,3 mlrd dollarga oshdi
-
Iqtisodiyot2 days ago
O‘zbekiston–Yaponiya: startaplar yo‘nalishida hamkorlik imkoniyati mavjud
-
Siyosat3 days agoEnergetika vazirligi 1 martdan tabiiy gaz narxi oshishi haqidagi mish-mishlarni rad etadi
-
Iqtisodiyot2 days agoAQSh Eronga zarbalarni qo‘llab-quvvatlamagan Ispaniya bilan savdoni to‘xtatadi
-
Turk dunyosi4 days agoTurkiya Eron chegarasida bir kunlik sayohatlar toʻxtatilganini eʼlon qildi
-
Siyosat2 days agoO‘zbekiston mudofaa qobiliyatini mustahkamlash masalalari muhokama qilindi
-
Jamiyat4 days ago“Qanot beradigan mehnat” – Toshkentda tashkil qilingan maxsus markazdan reportaj
-
Dunyodan2 days ago
Ozarbayjon: Genotsid qurbonlari xotirasi abadiylashtiriladi
