Connect with us

Jamiyat

O‘zbekistonda Toshkent – Bali yo‘nalishida tarixdagi birinchi to‘g‘ridan to‘g‘ri reys yo‘lga qo‘yilmoqda

Published

on


8 kundan keyin Toshkentdan Baliga tarixdagi birinchi to‘g‘ridan to‘g‘ri reys amalga oshiriladi – Janubi-Sharqiy Osiyodagi talab yuqori bo‘lgan kurortlardan biriga to‘xtamasdan yetib olasiz.

Ushbu marshrut logistikani osonlashtiradi va Balini yanada yaqinroq qilgan holda, sayyohlar uchun yangi imkoniyatlarni taqdim etadi.

Yangi qulaylik darajasi

Shu kunga qadar Toshkentdan Baliga yetib olish uchun bir yoki bir necha marta boshqa samolyotga o‘tish bilan 15 soatdan 25 soatgacha vaqt ketgan. Yangi to‘g‘ridan to‘g‘ri reys yo‘ldagi umumiy vaqtni 9,5 soatgacha kamaytiradi, bu esa sayyohlarga ushbu orolga ko‘p vaqt ketkazmasdan va maksimal darajada qulaylik bilan yetib olishga imkon beradi.

Reyslar jadvali:


25 iyun – 5 iyul
5 iyul – 15 iyul
15 iyul – 25 iyul
25 iyul – 4 avgust
4 avgust – 14 avgust
14 avgust – 24 avgust
24 avgust – 3 sentabr

Narxi:

Toshkent – Bali: 725 USD;

Bali – Toshkent: 200 USD.

Ikki tarafga parvoz va mehmonxonada yashash bilan 10 kunlik turistik to‘plam narxi 1100 USDdan boshlanadi.

Ushbu yo‘nalish kimlar uchun:

• Xavfsiz va to‘laqonli dam olishni rejalashtirayotgan oilalar;

• Unikal taassurotlar va faol dam olishni xohlaydigan yoshlar;

• Romantik sayohat uchun ekzotik yo‘nalishni izlayotgan juftliklar;

• Balini tiklanish nuqtasi sifatida tanlaydigan sayohatchilar va dijital-nomadlar.

Bali — yozgi mavsumning yangi urg‘usi

Indoneziyaning ushbu oroli dunyodagi eng taniqli va jozibador turistik yo‘nalishlardan biri. To‘g‘ridan to‘g‘ri reys O‘zbekiston aholisiga Balida dam olishni charchatadigan uzoq parvozlar va qiyin marshrutlarsiz yangi tarafdan kashf etish imkonini beradi.

To‘g‘ridan to‘g‘ri reyslar 2025 yilning 25 iyun sanasidan boshlanadi

Sayyohlar va hamkor agentliklarning katta qiziqishi sababli reyslar turistik to‘plamlar sotuvi va mavsumiy takliflarni shakllantirish bilan amalga oshiriladi.

Ushbu yangi yo‘nalishning birinchi yo‘lovchilari tarixiy hodisa — O‘zbekiston va Bali o‘rtasida to‘g‘ridan to‘g‘ri aviatsion yo‘lak ochilishining bir qismi bo‘lishadi.

Yo‘nalish haqida batafsil ma’lumotni turoperator saytida topishingiz mumkin.

Mashhur yo‘nalishlar bo‘yicha “Asialuxe Travel”ning parvozlar dasturi:


Toshkent – Antaliya: har kuni;
Toshkent – Bodrum: har chorshanba kunlari;
Toshkent – Karlovi Vari: har payshanba kunlari;
Toshkent – Alaniya: har payshanba kunlari;
Toshkent – Denpasar (Bali): har 10 kunda;
Toshkent – Male (Maldiv): har yakshanba kunlari;
Toshkent – Sharm-El-Sheyx: haftasiga uch marta.

Qanday qilib band qilish mumkin

1111 qisqa raqamiga qo‘ng‘iroq qiling — menejerlarimiz sizga mos mehmonxona, sanatoriy va dasturni tanlashga yordam berishadi. Shuningdek, turni saytimizda, ilovada, “Asialuxe Travel” ofislarida va mamlakatdagi barcha turistik agentliklarda xarid qilishingiz mumkin.

24/7 aloqa-markazi: 1111

Sayt: asialuxe.uz

Facebook: fb.com/asia.luxe.travel

Instagram: @asialuxe.travel

Telegram: t.me/Asialuxe

Reklama huquqi asosida





Source link

Continue Reading
Click to comment

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Jamiyat

Imom Buxoriy masjid-majmuasida ilk hayit namozi o‘qildi (foto)

Published

on


Samarqand viloyatining Payariq tumanida, qayta bunyod etilgan Imom Buxoriy majmuasidagi 10 ming kishilik yangi masjidda ilk hayit namozi o‘qildi.

Hayit namozida muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar boshchiligida O‘zbekistonning turli hududlaridan kelgan ulamolar, bosh imom-xatiblar, nuroniylar va bir necha ming kishilik jamoat ishtirok etdi.

Ma’lumot uchun: besh yil davomida qayta qurilgan masjid-majmua kecha, 19-mart kuni hayit arafasida keng jamoatchilik uchun ochilgan edi.

«Duolar ijobat bo‘ladigan saodatli lahzalarda muftiy hazratlari boshchiligidagi jamoat Haq taolodan butun olamga tinchlik-omonlik, yurtimizga qut-baraka va xalqimiz farovonligini so‘rab duo-yu iltijo qildilar», — deyiladi O‘zbekiston musulmonlari idorasi xabarida.



Source link

Continue Reading

Jamiyat

16:36 Bir guruh hatayliklar Navro‘zni O‘zbekistonda nishonlamoqda

Published

on



16:36

Bir guruh hatayliklar Navro‘zni O‘zbekistonda nishonlamoqda



Source link

Continue Reading

Jamiyat

Bir guruh hatayliklar (Turkiya) Navro‘z kunlarida O‘zbekistonga keladi

Published

on


Shu yilning 20–24 mart kunlari Hatay viloyatidan Turkiya fuqarolari delegatsiyasining O‘zbekistonga tashrifi bo‘lib o‘tadi.

«Dunyo» AAning eslatishicha, ushbu tashrif O‘zbekiston Prezidentining Navro‘z bayrami munosabati bilan ilgari surilgan va 2026-yil 29-yanvar kuni bo‘lib o‘tgan Oliy darajadagi strategik hamkorlik kengashining to‘rtinchi yig‘ilishi doirasida bildirilgan tashabbusiga muvofiq tashkil etilmoqda.

Ta’kidlanishicha, tashabbus Turkiyadagi mahalliy OAVlarda keng yoritilgan. Jumladan, «Haberler», «Ensondakika», «İlkhaber Gazetesi», «Sondakika» kabi yetakchi elektron nashrlar, shuningdek, «Ülke TV» va «Bengü Türk» telekanallari bo‘lajak tashrifni faol yoritmoqda.

Xususan, Hatay viloyati gubernatori Mustafo Masatli va viloyat aholisining tashakkurnomasi e’lon qilinib, unda O‘zbekiston tomoniga taklif uchun minnatdorlik bildirilgan.

Ma’lum qilinishicha, delegatsiya tarkibidan Turkiya ommaviy axborot vositalari vakillari ham o‘rin olgan bo‘lib, ular tashrifning borishi va O‘zbekistonda Navro‘z bayrami doirasida o‘tkazilayotgan tadbirlar haqida Turkiya jamoatchiligini muntazam ravishda xabardor qilib boradi. 



Source link

Continue Reading

Jamiyat

Toshkent viloyatida Abdulla Oripov uy-muzeyi ochildi

Published

on


Toshkent viloyatining Qibray tumanidagi «Do‘rmon» qo‘rg‘onida Abdulla Oripov uy-muzeyining ochilishiga bag‘ishlangan tantanali marosim bo‘lib o‘tdi.

Tantanali marosimda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi Ruslanbek Davletov hamda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari – Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Zulayho Mahkamova ishtirok etdi.

Abdulla Oripov – o‘zbek xalqining ardoqli farzandi, atoqli shoiri, ozod O‘zbekiston madhiyasi matnining muallifi. Sobiq ittifoqning bir yoqlama mafkurasi qilichi ziyolilarimizning qutlug‘ qoni bilan bo‘yalgan va bu qon hali qurib ulgurmagan, ijodkorlarimiz boshi uzra qatag‘on siyosati ko‘lankasi solib turgan tahlikali davrda «O‘zbekiston – Vatanim manim!» deya o‘z yurtini baralla tarannum etish uchun hamma ham o‘zida jur’at topmagan. Mana shunday jasur qalam ahli eslanganida, shubhasiz, Abdulla Oripov nomi birinchilar qatorida zikr qilinadi. Qolaversa, millionlab qalblarni o‘zining lirik nazmiy asarlari orqali ezgulik va mehr-oqibat, pokiza ishq va vatanparvarlik tuyg‘usi bilan to‘ldirgan ham Abdulla Oripov edi.

Do‘rmon ijod uyiga tutash hovlida Abdulla Oripov 1996-2016 yillarda yashab, ijod qilgan. Joriy yil qahramon shoirimiz tavalludiga 85 yil to‘ldi…

— Bu uy-muzeyini tashkil etishda davlatimiz rahbarining tashabbusiga minnatdorlik bildirgan holda katta bunyodkorlik va o‘zgarishlarga beminnat ko‘mak bergan atoqli shoirimiz oilasi, jumladan, Hanifa aya Mustafoyevaga minnatdorlik bildiramiz, — dedi Toshkent viloyati hokimi, senator Zoyir Mirzayev tantanali tadbirda. — Chunki o‘z e’tibor berilmaganida, bugun bu yangi uy-muzeyining, pirovardida, kelajak avlodning madaniy mulkiga aylangan noyob eksponatlar, tarixiy qo‘lyozma va suratlar ko‘z qorachig‘idek asrab-avaylanmaganida, ularning yo‘q bo‘lib ketish ehtimoli ham yo‘q emasdi.

Tadbirda davlat va jamoat arboblari, shoir va yozuvchilar, xususan, Abdulla Oripovning shogirdlari so‘zga chiqdi, xalqimizning yangi madaniyat dargohi bilan samimiy tabrikladi.

Toshkent viloyatida ochilgan ushbu maskan Abdulla Oripovning betakror ijodiy merosini keng targ‘ib etish, ayniqsa, yoshlar qalbida Vatanga sadoqat, milliy g‘ururni mustahkamlash, avlodlarni yuksak insoniy fazilatlar ruhida tarbiyalashga xizmat qiladi.



Source link

Continue Reading

Jamiyat

Ramazon hayiti munosabati bilan xorijiy hamkorlardan samimiy qutlovlar

Published

on


Butun musulmon ummati uchun muqaddas bo‘lgan, ruhiy poklik, mustahkam imon, mehr-oqibat, rahm-shafqat, birodarlik va birdamlik kabi yuksak qadriyatlarni o‘zida mujassam etgan Ramazon oyi hamda muborak Iyd al-Fitr bayrami munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev nomiga xorijiy davlatlar va hukumatlar, yirik xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar rahbarlari, taniqli din va jamoat arboblaridan samimiy qutlovlar kelmoqda.

Tabriknomalarda ko‘p millatli O‘zbekiston xalqiga tinchlik, totuvlik, farovonlik va ravnaq tilaklari izhor etilib, mamlakatimiz bilan do‘stona munosabatlar va o‘zaro manfaatli sheriklikni yanada mustahkamlash va kengaytirishga intilish qat’iy ekani bildirilgan.

Xususan, quyidagilar o‘z tabriklarini yo‘llagan:


Saudiya Arabistoni Podshohi Salmon bin Abdulaziz Ol Saud;
Saudiya Arabistoni Valiahdi, Vazirlar Mahkamasi Raisi Muhammad bin Salmon bin Abdulaziz Ol Saud;
Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘an;
Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev;
Qirg‘iz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov;
Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon;
Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov;
Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev;
Qozog‘iston Respublikasining birinchi Prezidenti Nursulton Nazarboyev;
Birlashgan Arab Amirliklari Prezidenti Shayx Muhammad bin Zoid Ol Nahayon;
Birlashgan Arab Amirliklari Vitse-prezidenti, Bosh vaziri, Dubay amirligi hokimi Shayx Muhammad bin Roshid Ol Maktum;
Birlashgan Arab Amirliklari Vitse-prezidenti Shayx Mansur bin Zoid Ol Nahayon;
Misr Arab Respublikasi Prezidenti Abdulfattoh as-Sisi;
Eron Islom Respublikasi Prezidenti Mas’ud Pezeshkiyon;
Pokiston Islom Respublikasi Prezidenti Asif Ali Zardoriy;
Pokiston Islom Respublikasi Bosh vaziri Shahboz Sharif;
Kuvayt Davlati Amiri Shayx Mish’al al-Ahmad al-Jobir as-Saboh;
Kuvayt Davlati Valiahdi Shayx Saboh al-Holid al-Hamad as-Saboh;
Iordaniya Hoshimiylar Podshohligi Podshohi Abdulla II;
Hindiston Respublikasi Bosh vaziri Narendra Modi;
O‘mon Sultoni Haysam bin Toriq Ol Said;
Bahrayn Podshohi Shayx Hamad bin Iso al-Xalifa;
Jazoir Xalq Demokratik Respublikasi Prezidenti Abdulmajid Tabbun;
Falastin Davlati Prezidenti Mahmud Abbos;
Liviya Davlati Prezident kengashi rahbari Muhammad Yunus al-Manfi;
Afg‘oniston Bosh vaziri Mulla Muhammad Hasan Oxund;
Komor orollari Ittifoqi Prezidenti G‘azaliy Usmoniy;
Isroil Davlati Prezidenti Itsxak Gersog;
Birlashgan Millatlar Tashkilotining Ta’lim, fan va madaniyat masalalari bo‘yicha tashkiloti (UNESCO) bosh direktori Holid al-Ananiy;
Shanxay hamkorlik tashkiloti bosh kotibi Nurlan Yermekbayev;
Shanxay hamkorlik tashkiloti Mintaqaviy aksilterror tuzilmasi Ijroiya qo‘mitasi direktori Ularbek Sharsheyev;
Turkiy davlatlar tashkiloti bosh kotibi Kubanichbek Omuraliyev;
Turkiy davlatlar tashkiloti Oqsoqollar kengashi raisi Binali Yildirim;
Islom hamkorlik tashkiloti bosh kotibi Husayn Ibrohim Toha;
Ta’lim, fan va madaniyat masalalari bo‘yicha islom tashkiloti (ICESCO) bosh direktori Salim al-Malik;
Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti bosh kotibiAsad Xon;
Ko‘rfaz arab davlatlari hamkorlik kengashi bosh kotibi Jasim Muhammad al-Budayviy;
Kavkaz musulmonlari idorasi raisi Shayxulislom Ollohshukur Poshozoda,
Al-Azhar majmuasi rahbari Ahmad at-Toyib.

Tabriklar kelishda davom etmoqda.



Source link

Continue Reading

Trending

Copyright © 2025 Xabarlar. powered by Xabarlar.