Connect with us

Mahalliy

O‘zbekistonda Sukuba universiteti hamkorligida yangi OTM ochilishi mumkin

Published

on


O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Tokioga rasmiy tashrifi doirasida Yaponiya ta’lim, madaniyat, sport, fan va texnologiyalar vaziri Matsumoto Yoxey, Yaponiya fanni ilgari surish jamiyati prezidenti Sugino Suyosi hamda Yaponiyaning Sukuba, Nagoya, Tottori universitetlari, Tokio qishloq xo‘jaligi va texnologiyalar universiteti, Nagoya iqtisodiyot universiteti kabi yetakchi oliy ta’lim muassasalarining rahbarlari bilan uchrashdi.

Davlatimiz rahbari Yaponiya «iqtisodiy mo‘’jizasi»ning asosini tashkil etuvchi ta’lim, fan va inson kapitalini rivojlantirishga investitsiyalar O‘zbekiston – Yaponiya hamkorligining strategik yo‘nalishlaridan biri ekanini ta’kidladi.

O‘zbekiston Prezidenti Yaponiya uzoq yillar davomida fanga sarflanadigan xarajatlar va ilmiy patentlar soni bo‘yicha yetakchilar safida turishini qayd etdi. Mamlakat ko‘plab atoqli olimlarni, xususan, fizika, kimyo va tibbiyot sohalarida Nobel mukofoti sovrindorlarini yetishtirib chiqardi.

Yaponiya maktab ta’limi modeli tabiiy fanlar va matematika bo‘yicha kuchli tayanch bazasi mavjudligi, dars o‘tishning yuqori sifati, mehnatsevarlik, jamoa bo‘lib ishlash va intizom madaniyati bilan ajralib turadi. Nufuzli yapon diplomlari, ayniqsa, muhandislik, robototexnika, tibbiyot va farmatsevtika sohalarida butun dunyoda yuksak qadrlanadi. Yaponiyada ta’lim va fan bilan sanoat va biznes o‘rtasida yaqin va mustahkam aloqalar o‘rnatilgani alohida e’tiborga loyiq.

Bugungi kunda 2,8 mingdan ortiq o‘zbekistonlik talaba Yaponiyaning yetakchi ta’lim muassasalarida tahsil olmoqda. Birgina JDS stipendiya dasturi bo‘yicha 440 dan ziyod davlat xizmatchilari Yaponiyada o‘qitildi.

Rektorlar forumi o‘zaro aloqalar uchun samarali maydonga aylandi. Oktyabr oyida Samarqandda ikki mamlakatning qariyb 50 ta universiteti rektorlari ishtirok etgan beshinchi forum muvaffaqiyatli o‘tkazildi.

Davlatimiz rahbari O‘zbekistonda ta’lim va fanni rivojlantirishga mamlakatni jadal modernizatsiya qilish, uning raqobatbardoshligi hamda global intellektual va texnologik makonga integratsiyalashuvini ta’minlashning asosi sifatida qaralishini ta’kidladi. So‘nggi 7-8 yil ichida bu sohada salmoqli ishlar amalga oshirildi. Biroq hal qilinishi kerak bo‘lgan vazifalar ham ko‘p.

Ilm-fanni tizimli transformatsiya qilish doirasida yangi avlod tadqiqotchilarini shakllantirish, soha faoliyatini klaster modeli asosida tashkil etish, muhim ilmiy yo‘nalishlar bo‘yicha resurslarni jamlash kabi ustuvor yo‘nalishlar belgilangan.

Bugungi uchrashuvda qatnashgan Yaponiya universitetlari mamlakatimiz uchun eng dolzarb bo‘lgan sun’iy intellekt va raqamli texnologiyalar, qishloq va suv xo‘jaligi, «yashil» energiya va barqaror rivojlanish, seysmologiya va «aqlli shahar» texnologiyalari kabi sohalar bo‘yicha mustahkam ilmiy-tadqiqot infratuzilmasiga va yuqori ilmiy hamda pedagogik salohiyatga ega ekanligi ta’kidlandi.

Ushbu yo‘nalishlar bo‘yicha O‘zbekiston universitetlari bilan yaqin hamkorlik boshlangan. Kuni kecha qo‘shma loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha qizg‘in muzokaralar bo‘lib o‘tdi va yangi kelishuvlarga erishildi.

Hamkorlikni yanada rivojlantirish uchun ta’lim va fan bo‘yicha qo‘shma komissiya, innovatsiyalar bo‘yicha konsorsium tashkil etish, flagman loyihalar, shu jumladan o‘quv jarayoniga SIni joriy etish loyihalarini amalga oshirish hamda muhandislik mutaxassisliklari bo‘yicha o‘quv dasturini ishga tushirish taklif qilindi.

Tadbir doirasida oliy ta’lim sohasida hamkorlik to‘g‘risidagi hukumatlararo bitim, Sukuba universiteti bilan birgalikda O‘zbekistonda oliy ta’lim muassasasini tashkil etish to‘g‘risidagi memorandum hamda ilmiy hamkorlik va kadrlar tayyorlash sohalarida bir qator boshqa hujjatlar imzolandi.

Erishilgan kelishuvlarni tizimli va o‘z vaqtida amalga oshirishni ta’minlash uchun «yo‘l xaritasi» qabul qilinadi.



Source link

Continue Reading
Click to comment

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Mahalliy

Maxsus pedagoglar uchun aniq malaka talablari joriy etildi

Published

on


Alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalar uchun davlat ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalarida tarifikatsiya ro‘yxatlarini shakllantirish tartibi belgilandi. 

Adliya vazirligi Alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalar uchun davlat ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalarida sinflarni komplektlash hamda tarifikatsiya ro‘yxatlarini shakllantirish tartibi to‘g‘risidagi idoraviy hujjatni davlat ro‘yxatidan o‘tkazdi (ro‘yxat raqami 3819, 16.04.2026-y.).

Nizomga ko‘ra, maxsus pedagoglar uchun aniq malaka talablari joriy etildi. 

Xususan, ular korreksion pedagogika va defektologiya yo‘nalishida oliy ma’lumotga ega bo‘lishi hamda o‘quvchilarning ehtiyojiga mos maxsus metodikalarni (imo-ishora tili, Brayl alifbosi, nutq nuqsonlarini bartaraf etish usullari) bilishi shart.

Hujjatda dars soatlarini taqsimlashning ustuvor tartibi ham belgilandi. 

Unga ko‘ra, dars yuklamalari avvalo malaka toifasi yuqori bo‘lgan, milliy yoki xalqaro sertifikatlarga ega pedagoglarga beriladi. 

Shuningdek, 1 pedagog uchun yuklama odatda 0,5 stavkadan kam va 1 stavkadan ortiq bo‘lmasligi, ayrim holatlarda esa 1,5 stavkagacha ruxsat etilishi nazarda tutilgan.

Nizom bilan tarifikatsiya ro‘yxatini shakllantirish, ko‘rib chiqish va tasdiqlashning aniq muddatlari belgilandi. 

Jumladan, dars soatlari 17-sentabrga qadar elektron tizimga kiritiladi, 25-sentabrga qadar esa vakolatli organ tomonidan tasdiqlanadi.

 



Source link

Continue Reading

Mahalliy

Rektor lavozimiga nomzodlarni tayyorlash bo‘yicha dastur yo‘lga qo‘yiladi – Hukumat qarori

Published

on


Vazirlar Mahkamasining joriy iyl 16-apreldagi «Yangi O‘zbekiston» universitetida «Rektorlar maktabi» dasturini yo‘lga qo‘yish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 177-son qabul qilindi.

Qarorga ko‘ra, 2026-yil 1-iyuldan «Yangi O‘zbekiston» universitetida davlat oliy ta’lim tashkilotlari rektori (direktori) lavozimiga nomzodlarni tayyorlash bo‘yicha «Rektorlar maktabi» dasturi (Dastur) yo‘lga qo‘yiladi.

Dastur davlat oliy ta’lim tashkilotlari rektori (direktori) lavozimiga nomzodlar zaxirasini shakllantirish maqsadida tashkil etiladi.

Dastur doirasida quyidagi mezonlarga mos keluvchi shaxslar ochiq tanlov asosida o‘qishga qabul qilinadi:


30 yoshga to‘lgan;
kamida magistr akademik darajasiga ega;
oliy ta’lim sohasida kamida 5 yillik ish tajribasiga ega, shu jumladan, 2 yil rahbarlik lavozimlarida ishlagan .

Dastur tinglovchilarida quyidagi yo‘nalishlarda bilim va ko‘nikmalar rivojlantiriladi:


akademik, moliyaviy, ilmiy va innovatsion boshqaruv;
sun’iy intellekt va raqamlashtirish;
strategik boshqaruv va transformatsiya .

Dasturning o‘quv jarayonlari masofaviy (onlayn) va ishlab chiqarishdan ajralgan holda (offlayn) 6 oygacha bo‘lgan muddatda tashkil etiladi.

Dasturga har yili 80 nafar tinglovchi qabul qilinadi.

Dastur yakunlari bo‘yicha eng yaxshi natija ko‘rsatgan 40 nafargacha tinglovchi Garvard universiteti (AQSh) va (yoki) boshqa xorijiy nufuzli oliy ta’lim tashkilotlariga malaka oshirishga yuboriladi. 



Source link

Continue Reading

Mahalliy

Maktablarda yakuniy davlat imtihonlari sanasi e’lon qilindi

Published

on


Maktablarda yakuniy davlat imtihonlari kunlari e’lon qilindi. Bu haqda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi xabar berdi. 

2025–2026-o‘quv yilida umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida 9- va 11-sinf bitiruvchilari uchun yakuniy davlat attestatsiyasi imtihonlari kunlari e’lon qilindi. Imtihonlar jadvali quyidagicha: 

9-sinf — majburiy fanlar:

Ona tili va adabiyot / Davlat tili — 1- iyun

Matematika — 4-iyun

O‘zbekiston tarixi — 8-iyun

Jismoniy tarbiya — 1–6-may

11-sinf — majburiy fanlar:

Ona tili va adabiyot / Davlat tili — 2-iyun

Matematika (asosiy / chuqurlashtirilgan) — 5-iyun

O‘zbekiston tarixi — 9-iyun

11-sinf — tanlov fanlar (barcha bitiruvchilar uchun majburiy):

Fizika, kimyo, biologiya, geografiya, davlat huquq asoslari, ona tili va adabiyoti (qardosh tillar), tet tili — 12-iyun va 15-iyun kunlari bo‘lib o‘tadi.

(O‘quvchi 2 ta tanlov fan tanlaydi: 1-fan 12-iyunda, 2-fan 15-iyunda o‘tkaziladi)

 



Source link

Continue Reading

Mahalliy

Agrar universitetda 3 yillik ta’lim joriy etiladi

Published

on


Prezidentning 2026-yil 11-apreldagi qaroriga muvofiq, Toshkent davlat agrar universiteti faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha qator chora-tadbirlar belgilandi. Unga ko‘ra, 2026–2027-o‘quv yilidan boshlab agrar oliy ta’lim muassasalarida ayrim yo‘nalishlar bo‘yicha 3 yillik ta’lim dasturlari joriy etiladi.

Hujjatda 2030-yilga qadar universitetni xalqaro reytinglarning top-500 taligiga kiritish, ilmiy ishlanmalarni tijoratlashtirish hajmini 3 baravarga oshirish va akkreditatsiyadan o‘tgan dasturlar sonini 4 baravar ko‘paytirish vazifalari belgilangan.

Shuningdek, yangi ta’lim modeli nazariy bilimlar va amaliy ko‘nikmalar uyg‘unligini ta’minlashga qaratilgan bo‘lib, talabalarni bozor talablariga mos kadr sifatida tayyorlash maqsad qilingan.

Yangi tizimga ko‘ra, o‘quv jarayoni bosqichma-bosqich amaliyotga yo‘naltiriladi. Birinchi kursda darslarning 60 foizi nazariy, 40 foizi amaliy bo‘ladi.

Ikkinchi kursda nazariy va amaliy mashg‘ulotlar tenglashtirilib, har biri 50 foizni tashkil etadi. Uchinchi kursda esa asosiy e’tibor amaliyotga qaratilgan bo‘lib, 70 foiz amaliy, 30 foiz nazariy darslardan iborat bo‘ladi.

Bundan tashqari, yuqori kurs talabalari uchun o‘qish jarayonidan ajralgan holda 4 oylik uzluksiz dual ta’lim joriy etiladi.

Qarorda universitetning xalqaro nufuzini oshirishga alohida e’tibor qaratilgan. Xususan, xalqaro reyting tashkilotlari bilan hamkorlikni kuchaytirish va ta’lim sifatini global standartlarga moslashtirish rejalashtirilgan.

Ilmiy tadqiqotlarni tijoratlashtirish orqali universitetning moliyaviy barqarorligini oshirish ham ustuvor vazifalardan biri sifatida belgilangan.



Source link

Continue Reading

Mahalliy

Oliy ta’limni rivojlantirish va global hamkorlik markazi tuziladi

Published

on


Ilm-fan salohiyati yanada oshiriladi. «Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar tizimini takomillashtirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida» gi Prezident Farmoni (PF–58-son, 10.04.2026-y.) qabul qilindi.

Farmonga ko‘ra, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari markazi negizida Oliy ta’limni rivojlantirish va global hamkorlik markazi tashkil etiladi.

Respublika davlat oliy ta’lim tashkilotlarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga muayyan o‘quv yili uchun ajratilgan grant kvotalarining to‘lmay qolgan qismi hisobidan har yili 500 nafargacha bo‘lgan iqtidorli chet el fuqarolariga oliy ta’lim tashkilotlarida ta’lim olish uchun grant berishni nazarda tutuvchi «Yangi O‘zbekiston stipendiyasi» dasturi amalga oshiriladi.

2026/2027 o‘quv yilidan oliy ta’lim tashkilotlariga xorijiy talabalarni qabul qilishning amaldagi tartibiga qo‘shimcha tariqasida «Study in Uzbekistan» platformasi orqali qabul qilish yo‘lga qo‘yiladi.

2026/2027 o‘quv yilidan ta’lim dasturini xorijiy tilda yakunlagan talabalar ta’limning keyingi bosqichi uchun hujjat topshirishda xorijiy tilni bilish to‘g‘risidagi sertifikatni taqdim etishdan ozod etiladi.

Quyidagilar tashkil etiladi:

– Raqamli ta’lim texnologiyalarini rivojlantirish markazi negizida Raqamli ta’lim va sun’iy intellektni rivojlantirish markazi;

– Innovatsiyalarni joriy qilish va texnologiyalar transferi milliy ofisi hamda Yoshlar akademiyasi negizida Yoshlarning innovatsion tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash ofisi.

 



Source link

Continue Reading

Trending

Copyright © 2025 Xabarlar. powered by Xabarlar.