Iqtisodiyot
O‘zbekistonda iPhone narxlari qimmatlashdi. Nega?
Oxirgi 1 oy ichida O‘zbekistondagi savdo do‘konlarida iPhone 16 Pro smartfonining narxi xotira hajmiga qarab 100 dollardan 150 dollargacha, Pro Max versiyasi narxi esa 120 dollardan 190 dollargacha oshdi. Bunga qaysi omillar ta’sir qilyapti?
Foto: Dhiraj Singh/Bloomberg
O‘zbekiston bozorida Apple brendiga tegishli smartfonlarning narxi sezilarli darajada qimmatlashdi.
Xususan, Kun.uz o‘rgangan “Malika” savdo markazidagi do‘konlardan birida ham an’anaviy SIM-karta, ham e-sim’da ishlaydigan telefon narxlari oxirgi oylarda quyidagicha o‘zgargan (taqqoslashda smartfonning “natural titanium” rangi olindi):
2025 yil 20 iyun holatiga:
iPhone 16: 128 GB – 769 dollar, 256 GB – 919 dollar
iPhone 16 Pro: 128 GB – 1009 dollar, 256 GB – 1139 dollar, 512 GB – 1399 dollar, 1 TB – 1549 dollar
iPhone 16 Pro Max: 256 GB – 1239 dollar, 512 GB – 1439 dollar, 1 TB – 1679 dollar
2025 yil 20 iyul holatiga:
iPhone 16: 128 GB – 849 dollar, 256 GB – 999 dollar
iPhone 16 Pro: 128 GB – 1139 dollar, 256 GB – 1279 dollar, 512 GB – 1499 dollar, 1 TB – 1699 dollar
iPhone 16 Pro Max: 256 GB – 1399 dollar, 512 GB – 1629 dollar, 1 TB – 1799 dollar.
Kun.uz 20 iyundan avvalgi sanalarda amal qilgan narxlarni ham o‘rgandi va ko‘tarilish aynan iyun oyining ikkinchi yarmidan boshlangan, degan xulosaga keldi.
Yuqoridagi raqamlardan ko‘rinib turibdiki, oxirgi 1 oyda:
iPhone 16 narxi 9,5 foizga yoki 80 dollarga;
iPhone 16 Pro narxi 10,2 foizga yoki xotira hajmiga qarab 100 dollardan 150 dollargacha;
iPhone 16 Pro Max narxi 10,8 foizga yoki xotira hajmiga qarab 120 dollardan 190 dollargacha oshgan.
“Malika” savdo markazida joylashgan boshqa bir savdo do‘konining ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilib boradigan narxlari taqqoslanganda ham, 22 iyundan 22 iyulgacha bo‘lgan davrda:
iPhone 16 narxi 8 foizga yoki 70 dollarga;
iPhone 16 Pro narxi 10,8 foizga yoki xotira hajmiga qarab 130 dollardan 150 dollargacha;
iPhone 16 Pro Max narxi 10,7 foizga yoki xotira hajmiga qarab 120 dollardan 190 dollargacha oshgan.
1 maydan kuchga kirgan o‘zgarish
Premium telefonlar narxlarining sezilarli darajada qimmatlashishi qonunchilikka kiritilgan ayrim o‘zgarishlar ortidan ro‘y bermoqda. Xususan, 1 maydan boshlab jismoniy shaxslarning xorijdan bojsiz tovar olib kirish limitlari samolyotda kelayotganlar uchun 2000 dollardan 1000 dollarga, poyezdda kelayotganlar uchun esa 1000 dollardan 500 dollarga pasaytirildi.
Endilikda BAA yoki boshqa xorijiy davlatdan 1200 dollarga xarid qilingan iPhone 16 Pro Max uchun aeroportdagi bojxona postida 60 dollar boj to‘lashga to‘g‘ri keladi. Bunga qo‘shimcha 75 ming so‘mlik UzIMEI to‘lovi ham bor.
Agar yangi mobil qurilmani olib kirishda bojxona deklaratsiyasi to‘ldirilmasa, bu miqdor karrasiga oshib ketadi va 360 dollarni tashkil etadi. Chunki keyinchalik qurilmani ro‘yxatdan o‘tkazish uchun uzimei.uz saytida uning IMEI’sini kiritsangiz, tizim telefonni bojxona bazasidan qidiradi. Agar ma’lumot bo‘lmasa, mobil qurilma uchun bojxona qiymatining 30 foizi miqdorida boj to‘lash kerak. Chunki bu telefonlar O‘zbekistonda ishlab chiqarilmagan, shu sabab chet eldan olib kirilgan hisoblanadi.
O‘zi bilan SIM-kartali yangi qurilma olib kirayotgan jismoniy shaxs agar deklaratsiya to‘ldirmasa, IMEI-kodni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun 30 foizlik boj to‘lash talabi 2024 yil oktyabridan kuchga kirgandi. Bu yangilik muhokamalarga sabab bo‘lganida, Kun.uz ushbu tartib narxlar oshishiga 2 xil yo‘l bilan ta’sir qilishi mumkinligini yozgandi.
Birinchidan, agar fuqarolarning shaxsiy ma’lumotlaridan noqonuniy foydalanish holatlariga yo‘l qo‘yilmasa, tadbirkorlar yangi qurilmalarni olib kirishda to‘liq boj va soliqlarni to‘lab, rasman IMEI’dan o‘tkazishga majbur bo‘ladi. Bu esa yangi telefonlar narxiga jiddiy ta’sir qiladi. Misol uchun, 1200 dollarlik iPhone Pro Max’ga 10 foizlik boj, 12 foizlik QQS va 75 ming so‘m IMEI to‘lovi qo‘shiladi. Qurilma taqriban 1470 dollarga aylanadi. Bunda hali tadbirkor o‘ziga qo‘shadigan foyda hisobga olinmagan.
Ikkinchidan, yangi telefon sotib olgan iste’molchilar agar qurilma IMEI ro‘yxatidan o‘tmagan bo‘lsa va sotuvchilar va’da qilganidek xarid amalga oshirilganidan keyin 1 hafta yoki 1 oy ichida bu jarayon amalga oshmasa, u holda IMEI’dan ro‘yxatdan o‘tkazish uchun 30 foizlik bojxona to‘lovini xaridorning o‘zi to‘lashi mumkin. Bu – yangi iPhone Pro Max misolida 360 dollarni tashkil etadi. Qo‘shimchasiga 75 ming so‘m IMEI to‘lovi ham bor.
Iqtisodiyot
Dollar qimmatladi, yevroda ham ko‘tarilish kuzatildi
Dollar qimmatladi, yevroda ham ko‘tarilish kuzatildi
Source link
Iqtisodiyot
Bojxona sohasida tadbirkorlar uchun bir qator yengilliklar joriy etiladi
Davlat bojxona xizmati organlari faoliyatini takomillashtirish va bojxona ma’murchiligida zamonaviy yondashuvlarni joriy etishga qaratilgan Prezident farmoni qabul qilindi.
Unga ko‘ra, bojxona sohasida bir qator yangi tartiblar belgilandi.
Jumladan, 2026 yil 1 oktyabrdan xavf darajasi past hamda QQS guvohnomasi faol bo‘lgan tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilariga tovarlarni import qilishda to‘lanadigan QQS summalarini o‘zaro hisobga olish imkoniyati yaratiladi.
Shuningdek, tovarlar eksportida nazorat jarayonlarining raqamlashtirilishi va takomillashtirilishi natijasida bojxona rasmiylashtiruvi, fitosanitariya sertifikati, fumigatsiya hamda tovarning kelib chiqish sertifikati uchun yig‘im va to‘lovlar miqdori 30 foizga kamaytiriladi.
2027 yil 1 yanvardan tovarlarning bojxona qiymatini nazorat qilish tartibi ham soddalashtiriladi. Xususan, xavf darajasi past bo‘lgan tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilari olib kirayotgan tovarlarning bojxona qiymati tovarlar erkin muomalaga chiqarilgandan keyin nazorat qilinadi.
Bundan tashqari, bojxona qiymatini nazorat qilish maqsadida tovarlar uchun qat’iy bojxona qiymatini belgilash taqiqlanadi. Bojxona qiymati bo‘yicha dastlabki qaror qabul qilish amaliyoti joriy etiladi hamda nazorat jarayonida rasmiy diller va distribyutorlarning narx ma’lumotlaridan foydalanish yo‘lga qo‘yiladi.
2027 yil 1 iyundan esa jismoniy shaxslar tomonidan notijorat maqsadlarda olib o‘tiladigan tovarlar bo‘yicha yagona bojxona to‘lovi miqdori to‘lanishi lozim bo‘lgan bojxona yig‘imlaridan kam bo‘lsa, ushbu yig‘imlar undirilmaydi.
Iqtisodiyot
Dushanba kuni ham dollar kursi pastlaydi
Markaziy bank 2026-yil 7-sentyabrdan valyutalarning yangi kursini belgiladi.
AQSh dollari 9,7 so‘mga tushib, 11 785,30 so‘m etib belgilandi.
Yevro kursi 3,01 so‘mga tushdi va 13 695,70 so‘m bo‘ldi. Funt-sterling 15 949,95 so‘mni tashkil qildi (+31,7).
Rossiya rubli 136,13 so‘m etib belgilandi (+0,33).
Iqtisodiyot
O‘zbekiston mahsulotlari AQShning eng yirik savdo tarmog‘i orqali Amerika bozoriga chiqishi mumkin
O‘zbekiston bosh konsuli Axror Burxanov «Costco Wholesale» kompaniyasi rahbariyati bilan uchrashuv o‘tkazdi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri.
Muloqot avvalida O‘zbekistonning qishloq xo‘jaligi, to‘qimachilik va hunarmandchilik sohalaridagi eksport salohiyati haqida ma’lumot berildi. Kompaniya vakillariga AQSh bozoriga olib kirishga ruxsat etilgan oliy navli o‘zbek mayizi va quritilgan o‘rik namunalari ham taqdim etildi.
O‘z navbatida, «Costco» vakillari o‘zbek mayizining sifati va tashqi ko‘rinishini yuqori baholab, uni savdo tarmog‘ida sotuvga chiqarish bo‘yicha zarur choralarni ko‘rishga tayyorligini bildirdi.
Suhbat davomida pista, grek yong‘og‘i, bodom, golubika, gilos, uzum, anor va boshqa yangi hamda quritilgan mevalarni yetkazib berish istiqbollari yuzasidan fikr almashildi.
Shuningdek, uchrashuvda o‘zbekistonlik eksportchilarni AQShdagi qadoqlash va markirovkalash korxonalari bilan bog‘lash, shuningdek, kelgusi yil fevral oyida o‘tkaziladigan mahsulotlar taqdimotida ishtirok etishga ko‘maklashish masalalari ham muhokama qilindi.
Bundan tashqari, o‘zbek tekstili, milliy kulolchilik buyumlari, idish-tovoq va qo‘l mehnati asosida tayyorlangan dekorativ mahsulotlarni «Costco» orqali sotish imkoniyatlari ko‘rib chiqildi.
Kompaniya vakillari raqobatbardosh mahsulotlar aniqlangan taqdirda, ularni global xarid jamoalariga taqdim etishdan manfaatdor ekanini qayd etdi.
Iqtisodiyot
Prezidentning bojxona xizmatiga oid farmoni qabul qilindi
Davlat bojxona xizmati organlari faoliyati takomillashtiriladi. «Davlat bojxona xizmati organlari faoliyatini takomillashtirish va bojxona ma’murchiligida zamonaviy yondashuvlarni joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Prezident Farmoni (PF–174-son, 27.08.2026-y.) qabul qilindi.
Farmonga ko‘ra, 2026–2030-yillarga mo‘ljallangan «Yangi O‘zbekiston bojxonasi – 2030» strategiyasi (Strategiya) tasdiqlandi hamda quyidagilar Strategiyaning ustuvor yo‘nalishlari etib belgilandi:
– bojxona jarayonlarida tadbirkorlik subyektlariga va jismoniy shaxslarga qulay shart-sharoitlar yaratish;
– bojxona organlari infratuzilmasini yaxshilash va sun’iy intellekt texnologiyalarini keng joriy etish orqali raqamlashtirish darajasini yuqori bosqichga olib chiqish;
– bojxona ma’murchiligini yanada takomillashtirish va boshqalar.
2026 yil 1 sentyabrdan quyidagi talablar bekor qilinadi:
– tashqi savdo shartnomasini tuzmasdan invoys asosida importni amalga oshirishda xorijiy hamkorga oldindan to‘lov o‘tkazish cheklovi;
– tashqi savdo shartnomasini tuzmasdan invoys asosida eksportni amalga oshirishda oldindan 50 foiz tushumni ta’minlash;
– tovarlar eksportini milliy valyutada amalga oshirishda oldindan to‘lovni ta’minlash yoki to‘lovning kafolatli shakllarini (akkreditiv, bank kafolati, sug‘urta polisi) taqdim etish;
– oziq-ovqat mahsulotlarini sinovdan o‘tkazish uchun mahsulot namunasi yetarli bo‘lmaganda, sanitariya-epidemiologik xulosani rasmiylashtirish;
– bojxona rasmiylashtiruvi jarayonida biologik aktiv va yangi kimyoviy moddalar, oziq-ovqat qo‘shimchalari, polimer, parfyumeriya-kosmetika mahsulotlarini olib kirish uchun ruxsatnoma, shuningdek, dori vositalari hamda tibbiy jihozlar davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnomani taqdim etish.
-
Jamiyat4 days ago
Toshkentda yana bir BRT yo‘lagi foydalanishga topshirildi
-
Sport3 days ago
Husan Botirov Biatlon federatsiyasi raisi etib saylandi
-
Jamiyat3 days ago
Prezidentning xususiylashtirishga oid farmoni e’lon qilindi
-
Siyosat3 days ago
Shavkat Mirziyoyev Serbiyaga yetib bordi
-
Jamiyat3 days ago
Sudyalikka nomzodlar uchun yosh senzi 30 yoshga tushirilishi mumkin
-
Jamiyat1 day ago
Hokim yordamchilarining 9 ta asosiy vazifasi belgilab berildi
-
Iqtisodiyot3 days agoDollar qimmatladi, yevroda ham ko‘tarilish kuzatildi
-
Jamiyat15 hours ago
Asadjon Xodjayev Raqamli texnologiyalar vaziri o‘rinbosari etib tayinlandi
