Connect with us

Iqtisodiyot

O‘zbekistonda investitsiyalar 35 yil ichida 14 barobarga oshgan

Published

on


Milliy statistika qo‘mitasiga ko‘ra, 2025-yilda iqtisodiyot va ijtimoiy sohani rivojlantirish uchun 591,1 trln so‘m miqdorida asosiy kapitalga investitsiyalar o‘zlashtirilgan.

Qayd etilishcha, ushbu ko‘rsatkich 1991-yilga nisbatan 14,2 barobarga oshgan. Jumladan, 1991 yilda asosiy kapitalga investitsiyalar 11,6 mlrd rublni tashkil etgan bo‘lsa, 2000-yilga kelib bu ko‘rsatkich 744,5 mlrd so‘mga yetgan.

Shuningdek, 2010-yilda investitsiyalar hajmi 16,4 trln so‘mni tashkil etgan bo‘lsa, 2015-yilda 44,8 trln so‘mga yetgan.

So‘nggi besh yilda esa o‘sish yanada tezlashgan. 2020-yilda 210,1 trln so‘m bo‘lgan investitsiyalar 2024-yilga kelib 507,4 trln so‘mga yetgan, 2025-yilda esa 591,1 trln so‘mni tashkil etgan.



Source link

Continue Reading
Click to comment

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Iqtisodiyot

08:10 Elektromobillar poygasi: kim dunyoda yetakchi?

Published

on



08:10

Elektromobillar poygasi: kim dunyoda yetakchi?



Source link

Continue Reading

Iqtisodiyot

O‘zbekiston oltin-valyuta zaxiralari keskin kamaydi

Published

on


O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari ketma-ket yetti oylik o‘sishdan keyin mart oyida sezilarli darajada qisqardi. Markaziy bank ma’lumotlariga ko‘ra, 1-aprel holatiga xalqaro aktivlar hajmi 68,99 mlrd dollarni tashkil etgan.

Bir oy davomida zaxiralar 8,09 mlrd dollarga yoki qariyb 10 foizga kamaygan. Xususan, mart oyida oltin narxi 5174,1 dollardan 4553,95 dollargacha tushgan. Bu esa Markaziy bank balansdagi oltin aktivlarining qiymatini sezilarli ravishda kamaytirgan.

Markaziy bank zaxiralaridagi oltin qiymati ketma-ket sakkiz oylik o‘sishdan keyin 6,82 mlrd dollarga kamayib, 60,85 mlrd dollarga tushdi. Shuningdek, oltinning fizik hajmi aksincha oshdi. U 0,3 mln troy unsiyaga ko‘payib, 13,4 mln troy unsiyaga, ya’ni 416,8 tonnaga yetgan.

Valyuta zaxiralari ham qisqarishda davom etdi. Mart oyida ular 1,26 mlrd dollarga kamayib, 7,57 mlrd dollarni tashkil etgan.

Shu bilan birga, xorijiy markaziy banklar va Xalqaro valyuta jamg‘armasidagi mablag‘lar 1,3 mlrd dollarga yetgan, xorijiy banklardagi aktivlar esa 4,71 mlrd dollar bo‘lgan.

Ayni paytda Markaziy bank tomonidan xorijiy qimmatli qog‘ozlarga investitsiyalar ham davom etmoqda. Ularning umumiy qiymati 1,545 mlrd dollarga yetgan bo‘lib, jami zaxiralardagi ulushi 2,24 foizni tashkil qiladi.



Source link

Continue Reading

Iqtisodiyot

Dollar kursi to‘xtovsiz o‘sib bormoqda

Published

on


Markaziy bank 2026-yil 9-apreldan valyutalarning yangi kursini belgiladi. 

AQSh dollari 20,50 so‘mga oshib, 12 228,58 so‘m etib belgilandi.

Yevro kursi 166,78 so‘mga oshdi va 14 282,98 so‘m bo‘ldi. Funt-sterling 16 416,87 so‘m bo‘ldi (+221,63).

Rossiya rubli 155,96 so‘m etib belgilandi (+0,96).



Source link

Continue Reading

Iqtisodiyot

Telefon yoki karta boshqaning nomida bo‘lsa: Markaziy bank izoh berdi

Published

on


22-apreldan masofaviy moliyaviy xizmatlarda xavfsizlik bo‘yicha qanday yangiliklar kiritiladi? Markaziy bank bu bo‘yicha izoh berib o‘tdi. 

Ko‘pchilik «Telefon raqam o‘z nomimda bo‘lmasa, ilovadan foydalanish imkonsiz» deb hisoblamoqda. Aslida esa 22-apreldan faqat yangi mijozlar uchun tadbiq etiladi: 

– telefon raqami, JShShIR va bank karta kimga tegishli — bir-biriga mos keladimi yoki yo‘q. 

Agar barcha ma’lumotlar o‘zaro mos bo‘lsa — hech qanday muammo yuzaga kelmaydi va siz ilovadan odatdagidek foydalanishda davom etasiz. 

Agar telefon raqam ota-onam, opam yoki qizim nomida bo‘lsa-chi?  Agar telefon raqam yaqin qarindoshingiz nomida bo‘lsa: bularga ota- ona, opa – singil, turmush o‘rtog‘i, farzand kiradi. Bunda siz ilovadan foydalanishda davom etishingiz mumkin. Ya’ni, yaqinlar o‘rtasida bu tartib hech qanday muammo tug‘dirmaydi. 

Qachon muammo kelib chiqishi mumkin? 

Muammo faqat bitta holatda paydo bo‘ladi:  Agar telefon raqam yoki bank karta sizga umuman aloqasi bo‘lmagan begona shaxs nomida bo‘lsa. Masalan: 

– begona odam nomiga rasmiylashtirilgan telefon raqam; 

-boshqa odamning bank kartasi. 

Bu yangilik hamma uchun amal qiladimi? 

Yo‘q. 

Bu tartib asosan 22-apreldan keyin yangi ro‘yxatdan o‘tadiganlar uchun. Agar siz allaqachon ilovadan foydalanayotgan bo‘lsangiz — hammasi avvalgidek qoladi. 



Source link

Continue Reading

Iqtisodiyot

Samarasiz ishlayotgan davlat korxonalari soni e’lon qilindi

Published

on


Prezident Shavkat Mirziyoyev 6-aprel kuni iqtisodiyotda davlat ishtirokini qisqartirish va xususiylashtirish jarayonlarini jadallashtirishga doir takliflar taqdimoti bilan tanishdi.

Mamlakatimizda keyingi yillarda xususiy sektorni rivojlantirish va investitsiyalar jalb qilish bo‘yicha salmoqli ishlar amalga oshirildi. Bugungi kunda iqtisodiyotda davlat ulushi 42 foizni, davlat ishtirokidagi korxonalarning soni esa 1 ming 685 tani tashkil etmoqda. Xususan, o‘tgan yili qariyb 30 trillion so‘mlik davlat aktivlari xususiylashtirilib, budjetga 10 trillion so‘mdan ortiq tushum ta’minlandi. Yer uchastkalarini sotish hajmi ham izchil oshib, 6 trillion so‘mlik natijaga erishildi.

Xususiylashtirishdan manfaatdorlik tizimi joriy etilib, viloyatlarda 2,6 trillion so‘m, mahallalarda esa 7 milliard so‘m mablag‘ qoldi. Davlat korxonalari esa budjetga 49 trillion so‘m dividend to‘ladi. Umuman, so‘nggi besh yilda xususiylashtirish hisobidan davlat korxonalari soni 60 foizga kamaydi.

Tanqidiy ruhda o‘tgan yig‘ilishda sohada hal etilishi lozim bo‘lgan masalalar ham borligi ko‘rsatib o‘tildi.

Eng avvalo, xususiylashtirish jarayonlarida ish o‘rinlarini saqlab qolish, yangi mulkdorlar tomonidan zamonaviy texnologiyalar joriy etilishi va ishlab chiqarish samaradorligi oshirilishi bo‘yicha talablarni kuchaytirish zarurligi ta’kidlandi. O‘tgan yili samarasiz ishlayotgan davlat korxonalarining soni 362 taga yetgani bu boradagi ishlarni yanada jadallashtirishni talab qiladi.

Taqdimotda davlat korxonalarini tahlil qilish tizimida zamonaviy raqamli vositalar va sun’iy intellekt imkoniyatlaridan yetarli darajada foydalanilmayotgani qayd etildi. Moliyaviy holati og‘irlashgan 451 ta korxona 2024 yilda 14 trillion so‘m, o‘tgan yili esa 362 ta korxona 4 trillion so‘m zarar ko‘rgani aytildi. Shu munosabat bilan davlat ishtirokidagi korxonalar faoliyatini chuqur tahlil qilish, moliyaviy barqarorligini baholash va muammolarni barvaqt aniqlashning yangi mexanizmini joriy etish zarurligi ko‘rsatib o‘tildi. 

Xususiylashtirishda tahliliy yondashuv yetarlicha qo‘llanilmayotgani qayd etildi. Bundan buyon mazkur jarayon tarmoq yondashuvi asosida tashkil etilib, har bir soha alohida tahlil qilinishi, uning ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlari baholanishi, raqobat muhiti o‘rganilishi hamda takliflar shu asosda ishlab chiqilishi belgilandi.

Hududlarda davlat mulkidan oqilona foydalanish, bo‘sh turgan maydonlarni iqtisodiy faoliyatga jalb qilish bo‘yicha mavjud imkoniyatlar to‘liq ishga solinmayotgani qayd etildi. Shu munosabat bilan davlat ko‘chmas mulki ob’yektlarini bosqichma-bosqich yagona boshqaruv tizimiga o‘tkazish, bir xodimga to‘g‘ri keladigan o‘rtacha maydonni 27 kvadrat metrdan 12-15 kvadrat metrgacha qisqartirish taklif etildi. Bu orqali 4,9 million kvadrat metr maydonni iqtisodiy aylanmaga kiritish, bo‘sh binolarni savdo va ijaraga chiqarish, shuningdek, saqlash va kommunal xarajatlarni qisqartirish imkoniyati yaratiladi.

Yig‘ilishda tadbirkorlarga ajratilgan, lekin iqtisodiy aylanmaga to‘liq kiritilmagan yer uchastkalari masalasiga ham alohida e’tibor qaratildi. Xususan, 2022-2025 yillarda berilgan 11,4 ming gektar yerning 3,1 ming gektarida iqtisodiy faoliyat to‘liq yo‘lga qo‘yilmagani ta’kidlandi.

Shu bois, yer uchastkalarining haqiqiy holatini onlayn monitoring qilish, ularni tayyor loyihalar asosida auksionga chiqarish va investitsiya kiritish shartini kuchaytirish zarurligi ko‘rsatib o‘tildi. Buning uchun “E-auksion”, “Yerelektron”, O‘zbekkosmos agentligi, “Shaffof qurilish” va “UzKAD” kabi axborot tizimlarini o‘zaro integratsiya qilgan holda samarali foydalanilmayotgan yerlarni aniqlash tizimini joriy etish taklif qilindi.

Ushbu yerlarni iqtisodiy aylanmaga kiritishda joylardagi hokimliklarning rolini oshirish topshirildi. Endilikda tadbirkorlik maqsadlari uchun yer maydonlari ruxsat beruvchi hujjatlari bilan birga tayyor biznes loyihasi sifatida auksionga chiqariladi.

Shuningdek, yirik aktivlar, jumladan, “UzAuto Motors” va uning tarkibidagi korxonalar, “Navoiyazot”, issiqlik elektr stansiyalarini xususiylashtirishga tayyorlash ishlari haqida axborot berildi.

Davlat aktivlarini boshqarish agentligida raqamli texnologiyalar loyiha ofisini tashkil etish taklifi bildirildi. Ushbu tizim doirasida xususiylashtirishning barcha jarayonlari onlayn kuzatib boriladi, davlat korxonalarining moliyaviy tahlili va tushumlarni taqsimlash jarayonlariga sun’iy intellekt elementlari joriy qilinadi.

Davlatimiz rahbari iqtisodiyotda davlat ishtirokini yanada qisqartirish, aktivlardan samarali foydalanish va xususiylashtirish jarayonlarini zamonaviy yondashuvlar asosida tezlashtirish bo‘yicha mutasaddilarga tegishli topshiriqlar berdi.



Source link

Continue Reading

Trending

Copyright © 2025 Xabarlar. powered by Xabarlar.