Iqtisodiyot
08:10 Elektromobillar poygasi: kim dunyoda yetakchi?
08:10
Elektromobillar poygasi: kim dunyoda yetakchi?
Source link
Iqtisodiyot
O‘zbekistonning eng yirik savdo hamkorlari qaysi davlatlar?
Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yil yanvar–iyun oylarida O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi bo‘yicha Xitoy birinchi o‘rinni egalladi. Mamlakat bilan savdo hajmi 9 mlrd 500 mln AQSh dollarini tashkil etgan.
Rossiya Federatsiyasi 7 mlrd dollarlik ko‘rsatkich bilan ikkinchi o‘rinda. Uchinchi o‘rinda esa Qozog‘iston bo‘lib, ikki davlat o‘rtasidagi tashqi savdo aylanmasi 2 mlrd 800 mln dollarga yetgan.
Keyingi o‘rinlarni Turkiya — 1 mlrd 400 mln dollar, Afg‘oniston — 1 mlrd 100 mln dollar va Koreya Respublikasi — 940 mln dollar bilan egallagan.
Tashqi savdo aylanmasida Fransiya 890 mln 900 ming dollar bilan yettinchi o‘rinni egallagan. BAA bilan savdo hajmi 807 mln 700 ming dollarga yetgan.
Reytingning to‘qqizinchi o‘rnida Qirg‘iz Respublikasi qayd etilgan — 624 mln 600 ming dollar. O‘ninchi o‘rinni esa Germaniya egallagan bo‘lib, mamlakat bilan tashqi savdo aylanmasi 623 mln 200 ming dollarni tashkil etgan.
Iqtisodiyot
O‘zbekistonda investitsiyalar qaysi sohalarga ko‘proq yo‘naltirilmoqda?
Milliy statistika qo‘mitasiga ko‘ra, 2026-yil yanvar–iyun oylarida iqtisodiyot va ijtimoiy sohani rivojlantirish uchun barcha moliyalashtirish manbalari hisobidan 338 trln 900 mlrd so‘m asosiy kapitalga investitsiyalar o‘zlashtirilgan.
Bu ko‘rsatkich 2025-yilning mos davriga nisbatan 17,5 foizga oshgan. Investitsiyalarning eng katta qismi ishlab chiqarish sanoatiga to‘g‘ri kelib, bu yo‘nalishda 100 trln 500 mlrd so‘m mablag‘ o‘zlashtirilgan.
Keyingi o‘rinlarda qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi — 32 trln 900 mlrd so‘m, qurilish — 32 trln 500 mlrd so‘m, elektr energiyasi, gaz, bug‘ va konditsiyalangan havo yo‘nalishi — 29 trln 900 mlrd so‘m bilan qayd etilgan.
Turar joy qurilishiga 27 trln 300 mlrd so‘m, tog‘-kon sanoatiga 21 trln 800 mlrd so‘m, tashish va saqlash sohasiga 16 trln 300 mlrd so‘m investitsiya kiritilgan.
Ulgurji va chakana savdo, avtotransport vositalari va mototransport vositalarini ta’mirlashga 13 trln 700 mlrd so‘m, suv bilan ta’minlash, kanalizatsiya, chiqindilarni yig‘ish va qayta foydalanish sohasiga 7 trln 400 mlrd so‘m yo‘naltirilgan.
Ta’lim sohasida o‘zlashtirilgan investitsiyalar 7 trln 200 mlrd so‘m, axborot va aloqa sohasida 5 trln 800 mlrd so‘m, yashash va ovqatlanish xizmatlarida 5 trln 600 mlrd so‘mni tashkil etgan.
Kasbiy, ilmiy va texnik faoliyat hamda sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlarga 4 trln 600 mlrd so‘mdan, moliya va sug‘urta faoliyatiga 2 trln 400 mlrd so‘m sarflangan.
San’at, ko‘ngil ochish va dam olish sohasiga 2 trln so‘m investitsiya o‘zlashtirilgan. Boshqa faoliyat turlari hisobiga esa 24 trln 400 mlrd so‘m to‘g‘ri kelgan.
Iqtisodiyot
Dollar kursida yana pasayish yuz berdi
Dollar kursida yana pasayish yuz berdi
Source link
Iqtisodiyot
Senat «Enterprise Uzbekistan» markazining huquqiy asoslari bo‘yicha qonunni ma’qulladi
Oliy Majlis Senatining 18-yalpi majlisida «Raqamli texnologiyalar xalqaro markazi to‘g‘risida»gi Konstitutsiyaviy qonun muhokama qilindi. Qonun bilan respublika IT-park hududida «Enterprise Uzbekistan» raqamli texnologiyalar xalqaro markazini tashkil etishning huquqiy poydevori yaratilmoqda.
Mazkur hujjat Senatning 17-yalpi majlisida ham muhokama qilinib, takliflar asosida takomillashtirish uchun Qonunchilik palatasiga yuborilgan edi. Senatorlar va deputatlardan iborat kelishuv komissiyasi davlat organlari hamda tashkilotlar vakillari ishtirokida qonunni qayta ishladi.
Markazni tashkil etish, faoliyatini yo‘lga qo‘yish, hududlarini o‘zgartirish, strategik boshqarish va asosiy mansabdor shaxslarni tayinlash kabi masalalar Prezidentning tegishli farmon va qarorlari asosida amalga oshirilishi belgilanmoqda.
Qonun doirasida markaz uchun moslashuvchan soliq va bojxona rejimi joriy etilishi, ayrim faoliyat turlari bo‘yicha soliq imtiyozlari berilishi ko‘zda tutilgan. Asbob-uskuna, texnologiya va materiallarni olib kirish tartibi ham soddalashtiriladi.
Shuningdek, markaz ishtirokchilarini ro‘yxatdan o‘tkazish va boshqarish uchun «yagona darcha» mexanizmi yaratiladi. Intellektual mulk va investitsiyalarni himoya qilish kafolatlari ham nazarda tutilmoqda.
Markaz faoliyati natijasida 2030-yilga qadar raqamli xizmatlar eksportini 5 milliard AQSh dollariga yetkazish hamda iqtisodiyotda 300 mingdan ortiq yangi ish o‘rni yaratish maqsad qilingan.
Qonun qabul qilinishi xorijiy investorlarning mulkiy va intellektual huquqlarini xalqaro standartlar asosida kafolatlashga xizmat qilishi ta’kidlandi. Bu esa «Apple», «Google», «Microsoft» va «Amazon» kabi yirik IT kompaniyalarining O‘zbekiston bozoriga kirib kelishini rag‘batlantirishi kutilmoqda.
Senatorlar fikricha, yangi huquqiy mexanizm IT sohasining yalpi ichki mahsulotdagi ulushini oshirish, to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar va IT xizmatlari eksportini ko‘paytirish, shuningdek, yangi ish o‘rinlari yaratishga xizmat qiladi.
Muhokama yakunida Konstitutsiyaviy qonun Senat tomonidan ma’qullandi.
Iqtisodiyot
Xitoy kompaniyasi Qashqadaryoda 150 mln dollarlik chiqindidan elektr energiyasi ishlab chiqaruvchi zavod qurmoqda
Qashqadaryo viloyatida to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar hisobidan chiqindilarni qayta ishlash va muqobil elektr energiyasi ishlab chiqarish loyihasi amalga oshirilmoqda.
Ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekistonda yiliga 14 million tonnadan ortiq maishiy chiqindi hosil bo‘ladi. Qashqadaryo viloyatida esa bu ko‘rsatkich 930 ming tonnani tashkil etadi.
Qarshi tumanida barpo etilayotgan zavod loyihasining qiymati 150 million dollar bo‘lib, uni Xitoy kompaniyasi amalga oshirmoqda. Korxona 8 gektar maydonni egallaydi.
Loyiha doirasida zavodda kuniga 1 500 tonna, oyiga esa 45 ming tonna chiqindi qayta ishlanishi rejalashtirilgan. Korxona ishga tushgach, yiliga 240 million kilovatt-soatdan ortiq elektr energiyasi ishlab chiqarilishi kutilmoqda.
Loyiha vakillarining ta’kidlashicha, korxonada chiqindilarni qayta ishlash jarayonida atmosferaga zararli gazlar chiqishining oldini olishga alohida e’tibor qaratilgan. Zavodga ekologik ta’sirni kamaytiruvchi zamonaviy filtrlar o‘rnatilmoqda. Atmosferaga chiqarilayotgan gazlar viloyat Ekologiya boshqarmasi tomonidan muntazam monitoring qilib boriladi.
Hozirda zavod qurilishi jadal davom etmoqda. Qurilish ishlariga 30 ga yaqin zamonaviy texnika, 300 dan ortiq mahalliy va xitoylik ishchi hamda mutaxassislar jalb qilingan.
Loyiha doirasida mahalliy kadrlarni tayyorlashga ham e’tibor qaratilmoqda. Hozirga qadar 20 nafarga yaqin mahalliy talaba xitoylik mutaxassislar ishtirokida o‘qitilgan. Kelgusi besh yilda korxona xodimlarining 80–90 foizini mahalliy kadrlar tashkil etishi rejalashtirilgan.
Zavod uchun Xitoydan zamonaviy texnologiyalar olib kelingan. Loyiha chiqindilarni qayta ishlash hajmini oshirish, ekologik vaziyatni yaxshilash va elektr energiyasi ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishga qaratilgan.
-
Jamiyat2 days ago
Namanganda katta miqdorda sifati noma’lum dorilar aniqlandi
-
Iqtisodiyot5 days ago
Markaziy bank dollar bo‘yicha yangi ma’lumot berdi
-
Jamiyat4 days ago
Xotira va miya holatini yaxshilovchi meva nomi aytildi
-
Sport2 days ago
Lionel Messining otasi vafot etdi
-
Iqtisodiyot2 days ago
Iyun oyida cheklari eng ko‘p o‘tkazilgan korxonalar ma’lum qilindi
-
Iqtisodiyot1 day ago
Senat «Enterprise Uzbekistan» markazining huquqiy asoslari bo‘yicha qonunni ma’qulladi
-
Iqtisodiyot23 hours ago
Dollar kursida yana pasayish yuz berdi
-
Jamiyat2 days ago
Uning jinoyat ishi 12 ming 192 varaqni tashkil etgan – Usmon Nosir qanday shaxs bo‘lgan?
