Connect with us

Iqtisodiyot

O‘zbekistonda benzin narxi rekord darajada qimmatlashdi. Sabab nima?

Published

on


O‘tgan oy birja savdolarida AI-92 markali benzin bahosi 11,2 foizga qimmatlashdi. Narxlarning keskin oshishi Rossiyadagi yonilg‘i taqchilligi bilan bir paytda yuz beryapti. O‘zbekistonda neft qazib olish va qayta ishlash quvvatlari mavjud bo‘lsada, ichki ehtiyojni to‘liq qoplash uchun importga bog‘liqlik yildan yilga oshib boryapti. Xususan, joriy yilning dastlabki 5 oyida  ichki talabning qariyb teng yarmi tashqaridan olib kirilayotgan benzin hisobiga qondirilgan bo‘lishi mumkin.

29 iyul kuni O‘zbekistondagi birja savdolarida 1 tonna AI-92 markali benzin bahosi 13 mln 919 mln so‘mgacha ko‘tarildi. Bu – rekord ko‘rsatkich sanaladi. 30 iyun kuni narx qisman arzonlashgan bo‘lsada, (1 tonna mahsulot uchun — 13 mln 844 ming so‘m) hali ham yuqoriligicha qolyapti.

Narxlar iyun oyining boshiga nisbatan 11,2 foizga oshgan. Xususan, 1 iyun kungi savdolarda 1 tonna AI-92’ning o‘rtacha narxi 12 mln 446 ming so‘mni tashkil etgan.

1 iyundan 5 iyungacha bo‘lgan davrda birjadagi taklifi hajmi eng kamida 3 ming tonnani tashkil qilgan. Masalan, 4 iyun kuni 4088 tonna mahsulot sotuvga qo‘yilgan. 16 iyun kungi savdolarda esa taklif hajmi 7705 tonnagacha yetgan.

Oyning ikkinchi yarmidan boshlab esa birjaga chiqarilgan benzin miqdori kamaya boshlagan. Xususan, 17 iyunda bu ko‘rsatkich 1650 tonnagacha qisqaradi. Aynan 17 iyundan 29 iyungacha bo‘lgan davrda taklif hajmi 2400 tonnaga ham yetmagan. Narxlarning keskin oshishi 4-8 iyun oralig‘ida yuz bergan. Bu davrda 1 tonna AI-92 12 mln 473 ming so‘mdan 13 mln 788 ming so‘mgacha yoki 10,5 foizga qimmatlashgan.

Benzin importiga qaramlik

O‘zbekistonda neft qazib olish va qayta ishlash quvvatlari mavjud bo‘lsada, ichki ehtiyojni to‘liq qoplash uchun importga bog‘liqlik yildan yilga oshib boryapti. Bojxona qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026 yilning yanvar-may oylarida 373 mln dollarlik 642 mln litr benzin import qilingan. Bu 2025 yilning mos davriga nisbatan miqdor jihatdan 84 foizga, qiymat jihatdan esa 85 foizga ko‘p. Oxirgi oylarda ichki talabning qariyb teng yarmi tashqaridan olib kirilayotgan benzin hisobiga qondirilyapti.

Ma’lumot uchun, joriy yilning 5 oyida O‘zbekistonda 502,2 ming tonna benzin ishlab chiqarilgan. Bu tahminan 670 mlndan 678 mln litrgacha bo‘lgan ko‘rsatkich.

O‘z navbatida ichki ishlab chiqarish hajmi ham oxirgi 2 yilda sezilarli darajada kamaydi. Masalan, 2023 yilda 1 mln 333 ming tonna benzin ishlab chiqarilgan bo‘lsa, bu ko‘rsatkich 2025 yilda 1 mln 200 ming tonnagacha yoki 10 foizga qisqargan.

Rossiyada taqchillik

Rossiyada bir oydan buyon yonilg‘i taqchilligi kuzatilyapti. Ukraina armiyasining neftni qayta ishlash zavodlari bo‘ylab to‘xtovsiz zarbalari neftni qayta ishlash hajmini keskin darajada qisqartirib yubordi. Ko‘plab yonilg‘i quyish shoxobchalariga benzin yetkazilishi to‘xtab qoldi, hududlardagi rasmiylar esa uni sotishga cheklovlar o‘rnatdi, shu bilan bir vaqtda, iste’molchilar talabni haddan tashqari oshirib yuborishda ayblanyapti. Inqirozning real ko‘lamini baholash qiyin, chunki Rossiya hukumati ko‘plab ma’lumotlarni ochiqlamayapti.

O‘zbekistondagi narxlarning oshishi ham Rossiyadagi yonilg‘i taqchilligi bilan bir paytda yuz beryapti. Chunki, mamlakatga import qilinadigan benzinning asosiy qismi Rossiyadan olib kelinadi.

Chakana narxlar o‘zgarishi

Birjadagi qimmatlashish shahobchalardagi chakana narxlarning oshishiga ham sabab bo‘lyapti. Xususan, iyun oyi boshidan beri poytaxtdagi AYoQShlarda import AI-92 narxi sezilarli darajada ko‘tarilgan.



Source link

Continue Reading
Click to comment

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Iqtisodiyot

Saida Mirziyoyeva Gonkongning Henderson Land Group xoldingi boshqaruvi raisi bilan uchrashdi

Published

on


Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva XXRning Gonkong maxsus ma’muriy hududidagi eng yirik xoldinglardan biri — Henderson Land Group boshqaruvi raisi Piter Li bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Tomonlar qayta tiklanuvchi energetika, Yangi Toshkent infratuzilmasini rivojlantirish va ta’lim sohalaridagi istiqbolli qo‘shma loyihalarni muhokama qildi.

«Mamlakatimiz investitsiyalar uchun ochiq va biz Gonkongning yetakchi biznes doiralari bilan hamkorlikdan manfaatdormiz. Sheriklikdagi tashabbuslarni, jumladan, yangi tashkil etilayotgan Toshkent xalqaro moliya markazi orqali ham qo‘llab-quvvatlashga tayyormiz», — deb yozdi Saida Mirziyoyeva.

Administratsiya rahbari O‘zbekiston va Gonkong o‘rtasida uzoq muddatli iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish uchun katta imkoniyatlar borligiga ishonch bildirdi.



Source link

Continue Reading

Iqtisodiyot

Dollar kursi tinimsiz ko‘tarilib boryapti

Published

on


Markaziy bank 2026-yil 9-oktyabrdan valyutalarning yangi kursini belgiladi. 

AQSh dollari 37,38 so‘mga oshib, 11 846,57 so‘m etib belgilandi.

Yevro kursi 34,69 so‘mga oshdi va 13 240,91 so‘m bo‘ldi. Funt-sterling 15 631,55 so‘mni tashkil qildi (29,25).

Rossiya rubli 138,95 so‘m etib belgilandi (+0,8).



Source link

Continue Reading

Iqtisodiyot

Dollar, yevro va rublning yangi qiymatlari belgilandi

Published

on


Markaziy bank 2026-yil 6-oktyabrdan valyutalarning yangi kursini belgiladi. 

AQSh dollari 5,5 so‘mga oshib, 11 778,45 so‘m etib belgilandi.

Yevro kursi 25,62 so‘mga tushdi va 13 198,93 so‘m bo‘ldi. Funt-sterling 15 580,53 so‘mni tashkil qildi (+31,99).

Rossiya rubli 138,35 so‘m etib belgilandi (-2,79).



Source link

Continue Reading

Iqtisodiyot

O‘zbekiston shokolad importining qariyb 70 foizi Rossiyaga to‘g‘ri kelmoqda

Published

on


Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yil yanvar–iyul oylarida O‘zbekistonga 46 davlatdan qariyb 28,5 ming tonna shokolad mahsulotlari olib kirilgan.

Import qilingan mahsulotlarning umumiy qiymati 123,7 mln AQSh dollarini tashkil etgan. Bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 1,6 ming tonnaga yoki 6 foizga ko‘p.

Import hajmi bo‘yicha Rossiya keskin ustunlik qilgan. Yilning dastlabki yetti oyida Rossiyadan O‘zbekistonga 19,5 ming tonna shokolad mahsulotlari yetkazib berilgan.

Rossiyadan kelgan shokolad mahsulotlari umumiy importning qariyb 70 foizini tashkil etgan. Keyingi o‘rinda Ukraina bo‘lib, undan 2,2 ming tonna mahsulot import qilingan.

Qozog‘istondan 914 tonna, Belarusdan 805,2 tonna shokolad mahsulotlari olib kirilgan. Litvadan import 746,2 tonnani tashkil etgan.

Turkmaniston 715,2 tonna, Turkiya esa 569,5 tonna ko‘rsatkich bilan keyingi o‘rinlarda qayd etilgan. Qolgan davlatlar hisobiga 3 ming tonna mahsulot to‘g‘ri kelgan.



Source link

Continue Reading

Iqtisodiyot

Andijonda Shavkat Mirziyoyev raisligida yig‘ilish boshlandi

Published

on


Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida Andijon viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash va aholi daromadlarini oshirish masalalari bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazilmoqda.

Joriy yilning birinchi yarmida viloyat iqtisodiyoti 8,8 foiz, sanoat 9,2 foiz, xizmatlar 16,1 foiz, investitsiyalar 8,9 foizga o‘sgani qayd etildi.

– Bizga o‘sishdagi raqamlar emas, balki har bir ko‘rsatkich har bir oilaning kundalik hayotiga qanday o‘zgarish olib kirgani muhim,– dedi davlatimiz rahbari.

Andijonda yer va tabiiy boyliklar cheklangan bo‘lsa-da, harakatchan aholi, kuchli tadbirkorlik ruhi, ko‘p sonli yoshlar, sanoat maktabi va katta bozor kabi imkoniyatlar borligi ta’kidlandi.

So‘nggi o‘n yilda viloyatga respublika budjetidan 20 trillion so‘m, banklar tomonidan tadbirkorlik uchun 90 trillion so‘m yo‘naltirildi. Birgina joriy yilda aholi farovonligini oshirishga 6 trillion so‘m ajratildi.

Hokimlarga berilgan vakolatlar va yaratilgan moliyaviy imkoniyatlar shunga munosib natijaga aylanishi zarurligi ko‘rsatib o‘tildi.



Source link

Continue Reading

Trending

Copyright © 2025 Xabarlar. powered by Xabarlar.