Iqtisodiyot
O‘zbekiston Yevrosiyo taraqqiyot bankiga a’zo bo‘ldi
Prezidentning “O‘zbekistonning Yevrosiyo taraqqiyot bankiga a’zo bo‘lish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.
Hujjat “O‘zbekistonning Yevrosiyo taraqqiyot bankini ta’sis etish haqidagi bitimga (Ostona, 2006 yil 12 yanvar) qo‘shilishi to‘g‘risida”gi qonun ijrosini ta’minlash maqsadida qabul qilindi.
Qayd etilishicha, YeOTBning ustav kapitalida O‘zbekistonga har birining nominal qiymati 1000 AQSh dollari bo‘lgan 777 777 ta aksiya taqsimot qilingan, shundan 168 411 tasi (21,7 foiz) – pul to‘lanadigan aksiya va 609 366 tasi (78,3 foiz) – talab bo‘yicha to‘lanadigan aksiyalar.
YeOTB ustav kapitalidagi aksiyalarni xarid qilish bo‘yicha O‘zbekiston tomonidan amalga oshiriladigan to‘lovlar jadvali tasdiqlandi.
Bu maqsadlar uchun Iqtisodiyot va moliya vazirligi 2025 yilda davlat budjeti mablag‘lari hisobidan Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligiga zarur mablag‘larni ajratadi, 2026 yildan boshlab esa davlat budjeti parametrlarida nazarda tutadi.