Siyosat

O‘zbekiston va Paragvay savdo va sarmoyaviy aloqalarni kengaytirish masalalarini muhokama qildi

Published

on


O‘zbekiston sarmoya, sanoat va savdo vaziri Raziz Qudratov Asunson shahriga tashrifi doirasida Paragvay prezidenti Santyago Penya bilan uchrashdi.

O‘zA xabariga ko‘ra, tomonlar bozorga kirishni bosqichma-bosqich liberallashtirish va o‘zaro savdo imkoniyatlarini kengaytirish chora-tadbirlarini muhokama qildilar.

Uchrashuv Prezident Shavkat Mirziyoyev va Prezident Penya oʻrtasida 2025-yil dekabrida imzolangan savdo, sarmoya, energetika va oziq-ovqat xavfsizligi sohalarida hamkorlikni chuqurlashtirish toʻgʻrisidagi kelishuvning mantiqiy davomi sifatida baholanmoqda.

Savdo masalalaridan tashqari, tomonlar foydali qazilmalarni qidirish va qazib olishga ilg’or texnologiyalar va sarmoyalarni jalb qilish imkoniyatlarini o’rgandilar. Bu boradagi qo‘shma loyihalarni amalga oshirish istiqbollari ham muhokama qilindi.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version