Dunyodan
Eron va AQSh barcha muzokaralarni to’xtatdi
Tasnim agentligining xabar berishicha, Eron AQSh bilan muzokaralarni to‘xtatgan.
Eron axborot agentligining xabar berishicha, Eronning muzokara guruhi Livanga qilingan hujum tufayli AQSh bilan vositachilar orqali aloqani uzgan.
Bundan tashqari, Eron Yaman, Livan va Iroqdagi shia ittifoqchilari bilan Hormuz bo‘g‘ozini butunlay to‘sib qo‘yish rejalarini ishlab chiqayotgani aytiladi.
Eron va Qo’shma Shtatlar o’rtasidagi sulh barcha jabhalarga, jumladan, Livanga ham so’zsiz amal qiladi.
Avvalroq Isroil harbiylari Bayrutning janubiy chekkalari aholisini evakuatsiya qilishni buyurgani va “Hizbulloh” Isroil shahar va qishloqlarini raketa otishda davom etsa, hududdagi nishonlarga hujum qilishi haqida ogohlantirgani xabar qilingandi.