Dunyodan
Myanmadagi portlash 46 kishining hayotiga zomin bo’ldi: tafsilotlar
Myanmada portlash oqibatida o‘nlab odamlar halok bo‘ldi va yaralandi.
Fojia Myanma shimoli-sharqidagi Kaungtap qishlog‘ida (Nam Xam tumani) yuz berdi. Mahalliy qutqaruvchilarning aytishicha, kon kompaniyasi binosida portlovchi moddalar saqlangan bo‘lishi mumkin.
Associated Press va Washington Post mahalliy favqulodda xizmatlarga tayanib, portlash oqibatida 46 kishi halok bo‘ldi, 70 dan ortiq kishi jarohatlandi.
Halok bo‘lganlar orasida bolalar ham borligi aytilmoqda.
Qidiruv-qutqaruv ishlari davom etmoqda. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, portlash joyi yaqinidagi o‘nlab uylar zarar ko‘rgan. Katta hodisaga gelignit portlashi sabab bo’lishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, may oyi oxirida Xitoyning ko‘mir konida portlash yuz berib, 80 dan ortiq ishchi halok bo‘lgan edi.