Iqtisodiyot

O‘zbekiston va Malayziya tadbirkor ayollarni qo‘llab-quvvatlash sohasida hamkorlik qiladi

Published

on


O‘zbekistonning Malayziyadagi elchisi Karomiddin Gadoyev Malayziya xalqaro ayol tadbirkorlar uyushmasi (IWEM) prezidenti Norazizax Borxan bilan uchrashdi.

Muloqot davomida O‘zbekiston va Malayziya ayol tadbirkorlari o‘rtasidagi sheriklik aloqalarini rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

Xabar qilinishicha, IWEM prezidenti Norazizax Borxan O‘zbekiston ayollarini tadbirkorlikka o‘qitish va amaliy ko‘nikmalarini yanada rivojlantirish maqsadida o‘zbek tomoni bilan hamkorlik qilishga yuqori qiziqish bildirdi.

“U O‘zbekistonda tadbirkor ayollarning salohiyatini yanada oshirish dasturini birgalikda ishlab chiqishni taklif qildi. Ushbu dastur biznes ko‘nikmalarini rivojlantirish, raqamli tadbirkorlikni o‘zlashtirish, rahbarlik va muzokara olib borish qobiliyatlarini shakllantirish, o‘z brendini yaratish hamda xalqaro savdoga tayyorgarlik ko‘rish kabi vazifalarni qamrab oladi”, deyiladi xabarda.

Malayziya tomoni, shuningdek, O‘zbekistonda ayollar biznesi va tadbirkorligini rivojlantirio‘ O‘zbekiston-Malayziya qo‘shma sammitni o‘tkazish, ayol trenerlar va spikerlar almashinuvi dasturini yo‘lga qo‘yish, ayollarni tadbirkorlikka o‘qitish va rivojlanish markazini tashkil etish kabi tashabbuslarni ilgari surdi.

Muloqot davomida “ASeAN-Markaziy Osiyo o‘zgarishlar yaratuvchi ayollar mukofoti” kabi platforma yaratish xususida fikr almashildi. 

Ushbu tashabbuslar bilan batafsil tanishtirish va ularni amalga oshirish yo‘llarini muhokama qilish maqsadida shu yil sentabr oyida IWEM va Malayziya ta’lim provayderlari uyushmasi vakillari ishtirokida Kuala-Lumpur shahrida davra suhbatini o‘tkazishga kelishib olindi.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version