Connect with us

Iqtisodiyot

O‘zbekiston va Germaniya o‘rtasidagi savdo aylanmasi 30 foizga oshdi

Published

on


Germaniya iqtisodiyoti Sharqiy qo‘mitasi rasmiy veb-saytida 2025 yilning birinchi yarmida ushbu mamlakatning Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyo bozorlari bilan savdo aylanmasi to‘g‘risida statistik ma’lumotlar e’lon qilindi.

Germaniya iqtisodiyotining Sharqiy qo‘mitasi tomonidan e’lon qilingan 2025 yilning birinchi yarmiga oid rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, GFRning Markaziy Osiyo davlatlari bilan umumiy savdo aylanmasi 2024 yilning shu davriga nisbatan 14,5 foizga pasaygan holda 5 milliard yevroni tashkil etdi.

Biroq, mazkur statistikada O‘zbekiston bilan Germaniya o‘rtasidagi savdo hajmi barqaror o‘sishni ko‘rsatgani qayd etilgan. “Xususan, O‘zbekiston va Germaniya o‘rtasidagi o‘zaro savdo aylanmasi 504 million yevrodan 658 million yevroga oshdi. O‘sish 30 foizga teng. O‘zbekistonning Germaniyaga eksport hajmi qariyb ikki barobarga — 82 foizga, import esa 27 foizga oshgan”, – deyilgan maqolada.

Mazkur o‘sish Germaniya biznes doiralari uchun O‘zbekistonni ishonchli va diversifikatsiyalangan savdo hamkor sifatida ko‘rish imkonini bermoqda. Shu bilan birga, ushbu tendensiya mintaqadagi ta’minot zanjirlarining qayta shakllanishi va transport-logistika yo‘nalishlarining transformatsiyasini ham aks ettiradi.

Nashr yakunida, “O‘zbekiston savdo-iqtisodiy sohada Germaniya uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochmoqda. Bu holat mintaqada yangi logistika yo‘llarining shakllanishi va ta’minot zanjirlarining qayta moslashuvi jarayonlarini ham o‘zida namoyon qilmoqda”, – deb yozgan.



Source link

Continue Reading
Click to comment

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Iqtisodiyot

Trampning o‘g‘illari Qozog‘iston volframiga sarmoya kiritdi

Published

on


Trampning o‘g‘illari Qozog‘istondagi juda istiqbolli tog‘-kon loyihasiga sarmoya kiritdi. Loyiha AQSh hukumati tomonidan faol qo‘llab-quvvatlandi.

Foto: Jeff J Mitchell/Getty Images

AQSh prezidenti Donald Trampning o‘g‘illari – kichik Donald Tramp va Erik Tramp Qozog‘istonning dunyodagi eng yirik volfram konini o‘zlashtirayotgan kompaniyada ulushga ega bo‘ldi, deb xabar berdi Financial Times.

Kelishuv, jumladan, loyiha AQSh hukumatidan 1,6 milliard dollargacha yordam olgani va prezident o‘g‘illarining sarmoyasi bu fakt ommaga ma’lum bo‘lishidan oldin amalga oshirilgani uchun e’tiborni tortdi.

Aka-ukalar 2025 yil avgust oyida Dominari Securities bilan bog‘liq maxsus investitsiya vositasi orqali Skyline Builders qurilish kompaniyasidagi ulushlarni sotib olishdi. Oktabr oyi oxirida ular deyarli 24 million dollarlik aksiyalarni xususiy joylashtirishda ishtirok etib, o‘z pozitsiyalarini oshirdilar – 22 sentabr kuni Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev Donald Trampga yirik volfram loyihasini Amerikaning Cove Kaz Capital guruhiga o‘tkazish niyati haqida xabar berganidan so‘ng.

31 oktabr kuni Skyline Nyu-Yorkdagi Cove Capital guruhining «shu’ba korxonasi» bo‘lgan Kaz Resources kompaniyasining 20 foiz ulushini 20 million dollarga sotib oldi. 6 noyabr kuni Cove Capital va Qozog‘istonning «Tayu-Ken Samruk» milliy tog‘-kon kompaniyasi dunyodagi eng yirik o‘zlashtirilmagan volfram resursi maqomiga da’vogar bo‘lgan Shimoliy Katpar va Yuqori Qayroqtini birgalikda o‘zlashtirishini rasman e’lon qildi. Kelishuv doirasida Cove Kaz loyihaning 70 foizini, Qozog‘iston tomoni esa 30 foizini oladi.

2026 yil 30 aprelda Cove Kaz Capital, Kaz Resources va Skyline birlashishni yakunladi va yangi birlashgan kompaniya Kaz Resources brendi ostida Nasdaq birjasiga chiqishni rejalashtirmoqda. Birorta ham rasmiy press-relizda kichik Donald yoki Erik Trampning ismi tilga olinmagan.

Amerika Eksimbanki loyihani moliyalashtirish uchun 900 million dollargacha, Xalqaro taraqqiyot korporatsiyasi (DFC) esa yana 700 million dollargacha mablag‘ ajratishga tayyorligini bildirdi. Cove Capital rahbari Pini Altxaus nashrga prezident Tramp, davlat kotibi Marko Rubio va savdo vaziri Hovard Lyutnikdan «bevosita yordam» olganini aytdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, u shaxsan Trampning o‘g‘illari bilan gaplashmagan va ularning Skyline’dagi ulushining aniq miqdorini bilmaydi.

Kichik Donald Trampning vakili uni «passiv investor» deb atadi va u «hech qanday kompaniyalar nomidan federal organlar bilan hamkorlik qilmasligini» ta’kidladi. FT nashrining yozishicha, aka-ukalar aksiyalarni dastlabki sotib olish paytida bo‘lajak shartnoma haqida bilgan yoki uning tuzilishiga ta’sir ko‘rsatgan deb hisoblashga asos yo‘q. Shunga qaramay, demokratlar aniq manfaatlar to‘qnashuviga ishora qilmoqda – bu kichik Trampning 1789 Capital venchur fondi unga sarmoya kiritganidan so‘ng davlat shartnomasini qo‘lga kiritgan Vulcan Elemens noyob yer elementlari bilan bog‘liq voqeaga o‘xshaydi.

Volfram zirhli snaryadlar, burg‘ulash asboblari va kinetik raketalar ishlab chiqarishda qo‘llaniladi. Tog‘-kon sanoati bo‘yicha strateg Kristofer Ekklstounning so‘zlariga ko‘ra, «volfram hozir Pentagonning asosiy istagi, ular uni har qanday narxda xohlaydi». Biroq, tahlilchilarning ogohlantirishicha, Qozog‘iston konlari juda erta bosqichda bo‘lib, sanoat darajasiga chiqish uchun ancha vaqt va sarmoya talab qiladi.



Source link

Continue Reading

Iqtisodiyot

O‘zbekistonda aholi daromadlari qariyb 8 foizga oshdi

Published

on


2026-yilning yanvar–mart oylarida O‘zbekiston aholisining umumiy daromadlari 263,2 trln so‘mni tashkil etdi. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasining ma’lumotlarida keltirilgan.

Qayd etilishicha, inflyasiya ta’siri inobatga olinganda, aholi daromadlarining real o‘sish sur’ati 7,8 foizni tashkil etgan. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan shakllangan.

Shu bilan birga, aholi daromadlarining o‘sishi ichki iste’mol bozori faolligiga ham ta’sir ko‘rsatmoqda.

Hisobot davrida aholi jon boshiga umumiy daromadlar 6,9 mln so‘mni tashkil etdi. Bu ko‘rsatkichning nominal o‘sish sur’ati 113,5 foiz bo‘lgan bo‘lsa, real o‘sish 105,8 foiz darajasida qayd etilgan.



Source link

Continue Reading

Iqtisodiyot

Dushanba kunidan dollar qimmatlaydi

Published

on



Dushanba kunidan dollar qimmatlaydi



Source link

Continue Reading

Iqtisodiyot

Erondagi urush fonida gigiyena vositalarining narxi ham qimmatlashyapti

Published

on


Dove, Axe, Rexona, Domestos, Cif kabi brendlarga egalik qiluvchi Unilever kompaniyasi yaqin vaqtlarda mahsulotlari narxini oshiradi. Bunga asosiy sabab sifatida Yaqin Sharqda davom etayotgan urush sababli xomashyo, ishlab chiqarish va logistika xarajatlari qimmatlashgani keltirilyapti.

Unilever kompaniyasi (Dove, Axe, Rexona, Domestos, Cif kabi brendlar egasi) yaqin vaqtlarda mahsulotlari narxini oshirishini e’lon qildi, deya xabar berdi Reuters.

Asosiy sabab — xomashyo, ishlab chiqarish va ayniqsa logistika xarajatlari qimmatlashgani. Bu AQSh va Eron o‘rtasidagi keskinlik va mintaqadagi vaziyat bilan bog‘liq. Unilever 2026 yil uchun savdo hajmi va foyda prognozini saqlab qolgan, biroq London kompaniyasi rahbariyati mahsulot narxlarini asta-sekin 2–3 foizga ko‘tarish haqida ogohlantiryapti. Kompaniya vakillarining aytishicha, yil davomida umumiy xarajatlar inflatsiyasi 750–900 million yevroni tashkil etadi, bu dastlabki 350–500 million yevrolik prognozdan ancha yuqori.

Unilever nafaqat gigiyena vositalari, balki oziq-ovqat mahsulotlarini ham ishlab chiqaradi. Masalan, Carte D’Or, Cornetto muzqaymoqlari, Lipton choyi va Knorr mahsulotlari ham shu kompaniyaga tegishli.

Reuters Yaqin Sharqdagi urush boshlanganidan beri 200 dan ortiq kompaniya bayonotlarini tahlil qildi. Ulardan 36 tasi allaqachon mojaro sabab narxlarni oshirganini ma’lum qilgan — ular orasida Nestlé va Procter & Gamble kabi Unilever raqobatchilari ham bor. 



Source link

Continue Reading

Iqtisodiyot

Eng ko‘p soliq va bojxona imtiyozini olgan kompaniyalar ma’lum qilindi

Published

on


​​​​​​​2025 yilda O‘zbekistonda 178 trln so‘mdan ko‘proq soliq va bojxona imtiyozlari taqdim etildi. Xususan, Uzbekistan GTL 2,8 trln so‘mlik, Uzbekistan Airways 2,4 trln so‘mlik, O‘zbekneftgaz esa 1,7 trln so‘mlik soliq imtiyozidan foydalangan. Tabiiy gazni markazlashgan tartibda xarid qilish va sotish funksiyasini bajaruvchi UzGasTrade’ga eng ko‘p bojxona imtiyozlari berilgan – 2,1 trln so‘m. Shuningdek, temiryo‘l relslari uchun temirbeton shpal ishlab chiqaruvchi RWS Optimum – 1,4 trln so‘mlik, Enter Engineering Qorao‘zak IES 1,1 trlnlik bojxona imtiyozidan bahramand bo‘lgan.

 

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi Soliq va Bojxona qo‘mitalaridan olingan ma’lumotlar asosida soliq to‘lovchilarning 2025 yil yakuni bo‘yicha soliq va bojxona imtiyozlaridan foydalanish holatlarini tahlil qildi.

O‘tgan yilda umumiy soliq va bojxona imtiyozlari qiymati 178,1 trln so‘mni (2023 yilda 127,1 trln so‘m, 2024 yilning birinchi yarmida 63,4 trln so‘m) tashkil etgan. Ya’ni shuncha mablag‘ korxona va tashkilotlarning ixtiyorida qoldirilgan.

178,1 trln so‘m imtiyozdan 119 trln so‘m soliq, 59,1 trln so‘mini bojxona imtiyozlari tashkil etadi.

Navoiy va Olmaliq kon-metallurgiya kombinatlari hamda banklardan tashqari eng ko‘p imtiyozdan foydalangan tashkilot – Uzbekistan GTL. Kompaniyaga 2,8 trln so‘mlik soliq imtiyozlari berilgan. Keyingi o‘rinlarda Uzbekistan Airways (2,4 trln so‘m) va O‘zbekneftgaz (1,7 trln so‘m). Kuchli beshlikdan O‘zbekiston temiryo‘llari (1,1 trln so‘m) hamda UzAuto Motors (899 mlrd so‘m) ham joy olgan.

O‘zbekistonda tabiiy gazni markazlashgan tartibda xarid qilish va sotish funksiyasini bajaruvchi UzGasTrade 2025 yilda eng ko‘p bojxona imtiyozlaridan foydalangan – 2,1 trln so‘m. Shuningdek, temiryo‘l relslari uchun temirbeton shpal ishlab chiqaruvchi RWS Optimum’ga – 1,4 trln so‘m, Enter Engineering Qorao‘zak IES’ga 1,1 trln so‘m imtiyoz berilgan.

Doimiy ravishda bojxona imtiyozidan eng ko‘p foydalangan 5 ta tashkilotning 4 tasi Enter Engineering’ga aloqador tuzilmalar. Ular 1,8 trln so‘mdan ortiq imtiyozdan foydalangan.

Shuningdek, 2025 yil davomida Markaziy Osiyo – Xitoy gaz quvurlari tarmog‘ining O‘zbekistondan o‘tgan qismi operatori – Asia Trans Gas 860 mlrd so‘mlik, My Freighter MChJ 660 mlrd so‘mlik, Humo to‘lov tizimi 542 mlrd so‘mlik soliq imtiyozidan, Trest 12 qurilish kompaniyasi  519 mlrd so‘mlik, Gorilla Energy MChJ esa 414 mlrd so‘mlik bojxona imtiyozidan bahramand bo‘lgan.



Source link

Continue Reading

Trending

Copyright © 2025 Xabarlar. powered by Xabarlar.