Iqtisodiyot

O‘zbekiston va BAA o‘rtasida investitsiyalar bo‘yicha bitim tasdiqlandi

Published

on


“Xalqaro shartnomani tasdiqlash to‘g‘risida”gi prezident qarori qabul qilindi. 

Qarorga ko‘ra, O‘zbekiston hukumati bilan Birlashgan Arab Amirliklari hukumati o‘rtasida imzolangan Investitsiyalarni o‘zaro rag‘batlantirish va himoya qilish to‘g‘risidagi bitim tasdiqlandi.

Bitim 2025 yil 15 yanvar kuni Abu-Dabi shahrida imzolangan. 

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi mazkur xalqaro shartnomani amalga oshirish uchun mas’ul vakolatli organ etib belgilandi. 

Vazirlar Mahkamasi hamda tegishli vazirlik va idoralarning rahbarlari ushbu xalqaro shartnoma kuchga kirgandan keyin belgilangan tartibda uning qoidalari amalga oshirilishi ustidan nazoratni ta’minlaydi.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version