Sport
O‘zbekiston U23 terma jamoasi Osiyo Kubogidagi raqiblarini bilib oldi
O‘zbekistonliklarga C guruhida Livan, Eron va Janubiy Koreya raqiblik qiladi.
2026 yil 7–25 yanvar kunlari Saudiya Arabistonida o‘tkaziladigan 23 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi Osiyo Kubogi final bosqichiga qur’a tashlandi.
Qur’a natijasiga ko‘ra, O‘zbekiston U23 terma jamoasi C guruhidan joy oldi. Unga Livan, Eron va Janubiy Koreya raqiblik qiladi. Guruhda dastlabki ikki o‘rinni egallagan jamoalar pley-off bosqichiga chiqadi.
Barcha guruhlar tarkibi quyidagicha:
A guruhi: Saudiya Arabistoni, Vetnam, Iordaniya, Qirg‘iziston
B guruhi: Yaponiya, Qatar, BAA, Suriya
C guruhi: O‘zbekiston, Livan, Eron, Janubiy Koreya
D guruhi: Iroq, Avstraliya, Tailand, Xitoy
Ushbu turnir 2024 yilgi musobaqadan bir jihati bilan farq qiladi: unda olimpiada yo‘llanmasi o‘ynalmaydi.
2024 yilda Qatarda o‘tkazilgan U23 Osiyo Kubogida O‘zbekiston terma jamoasi finalgacha yetib borib, Yaponiyaga 0:1 hisobida yutqazgan, shu bilan birga, Parij-2024 olimpiadasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan edi.
2018 yilda Xitoyda o‘tkazilgan U23 Osiyo Kubogida O‘zbekiston terma jamoasi oltin medalni qo‘lga kiritgan.