Iqtisodiyot
O‘zbekiston to‘qimachilik mahsulotlarining Misrga eksporti oshadi
Mamlakat elchixonasi diplomatlari Misrning Baxt Textile va Egypt Cotton kompaniyalari rahbarlari bilan onlayn muzokara o‘tkazdi.
Misr vakillari O‘zbekiston paxtasi va yuqori sifatli ip-kalava hamda tayyor kiyim-kechaklarni xarid qilish istagida bildirdi.
“O‘zbekistonning ip-kalava mahsulotlarining sifati juda yuqori ekanligini yaxshi bilamiz. Shu bois, yurtimizdan xorijga eksport ko‘lamini oshirish, yangi bozorlarga chiqish va chet ellik hamkorlar safini kengaytirish uchun kompaniyamiz imkoniyatlarini ishga solishga tayyormiz”, – dedi Egypt Cotton kompaniyasi rahbari Sameh Muhammad.
Muloqot yakunida Baxt Textile va Egypt Cotton kompaniyalari va O‘zbekiston korxonalar o‘rtasida hamkorlik aloqalarini o‘rnatish hamda mamlakatdan mahsulotlar eksportini yo‘lga qo‘yishga kelishib olindi.