Iqtisodiyot
O‘zbekiston quritilgan meva-sabzavotlarni Iroqqa eksport qiladi
O‘zbekiston elchixonasi ko‘magida Samarqand viloyati Payariq tumanidagi Nassar Trading Agro kompaniyasi ta’sischisi Nael Nasir va Kuvaytning Sky Logistics Gen. Trading & Contracting Co. kompaniyasi bosh direktori Muhammad Rizo o‘rtasida onlayn uchrashuv tashkil etildi.
Suhbat avvalida O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan o‘zgarishlar, o‘zbek mahsulotlarining eksporti uchun taqdim etilayotgan imtiyozlar, xorijiy importyorlar uchun yaratilgan qulayliklar haqida aytib o‘tildi.
Muzokaralarda O‘zbekistondan quritilgan meva-sabzavotlarni Kuvayt va Iroq bozorlariga eksportini yo‘lga qo‘yish imkoniyatlari muhokama qilindi.
Tomonlar eksport qilinadigan tovarlarning qadoqlash tizimi bo‘yicha fikrlar almashdi. Shuningdek, o‘zbek mahsulotlarini Kuvaytga olib kelish uchun transport-logistika tizimi, O‘zbekiston mahsulotlarini namoyish etish uchun shou-rumlar tashkil etish va savdo uylarini ochish takliflari ko‘rib chiqildi.