Iqtisodiyot
O‘zbekiston qariyb 30 mln dollarlik tarvuz eksport qildi
Iqtisodiyot | 11:05
1616
1 daqiqa o‘qiladi
O‘zbekiston 2025 yilning yanvar-iyun oylarida xorijga qiymati 29,9 million AQSh dollariga teng bo‘lgan 130,6 ming tonna tarvuz eksport qildi.
Foto: Kun.uz
Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, ushbu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 52,7 ming tonnaga oshgan.
O‘zbekiston 2025 yilning 6 oyida eng ko‘p tarvuz eksport qilgan davlatlar:
Rossiya – 66 ming tonna;
Qozog‘iston – 44 ming tonna;
Qirg‘iziston – 19 ming tonna;
Belarus – 968 tonna;
Mo‘g‘uliston – 618 tonna;
Latviya – 76 tonna;
Gurjiston – 66 tonna;
Polsha – 61 tonna;
boshqa davlatlar – 121
tonna.