Iqtisodiyot
O‘zbekiston o‘rigi Iroqda ham sotilmoqda
Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston 2025-yilning yanvar–iyul oylarida 14 ta mamlakatga qiymati 18,8 mln AQSh dollariga teng 23,4 ming tonna o‘rik eksport qilgan.
O‘zbekiston 2025-yilning 7 oyida eng ko‘p o‘rik eksport qilgan davlatlar:
Rossiya — 17 111 tonna;
Qozog‘iston — 4 256 tonna;
Qirg‘iziston — 1 249 tonna;
Ukraina — 305 tonna;
Belarus — 218 tonna;
Iroq — 142 tonna;
Ozarbayjon — 40 tonna;
Polsha — 39 tonna;
Boshqa davlatlar — 86 tonna.