Sport

O‘zbekiston milliy terma jamoasini Fabio Kannavaro boshqaradi

Published

on


O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi 3 karra Jahon chempionati ishtirokchisi, 2006-yilgi Jahon chempionati g‘olibi, yaqin o‘tmishning eng yaxshi himoyachilaridan biri, taniqli mutaxassis — Fabio Kannavaro bilan shartnoma tuzdi.

Bu haqda O‘FA matbuot xizmati ma’lum qildi.

Italiyalik murabbiy jamoamizni AQSh, Kanada va Meksika maydonlarida o‘tadigan Jahon chempionatiga tayyorlaydi.

Murabbiylar shtabida Kannavaroga quyidagi mutaxassislar yordam beradi:


Aujeniyo Albarella — yordamchi murabbiy (Yaponiya terma jamoasi, «Yuventus», «Udineze» va «Dinamo Zagreb»da ishlagan);
Troize Fransesko — jismoniy tayyorgarlik bo‘yicha murabbiy («Benevento», «Udineze» va «Dinamo Zagreb»da faoliyat yuritgan);
Antonio Kimenti — darvozabonlar murabbiyi (Italiya yoshlar terma jamoasi, «Sampdoria» va «Spal» klublarida ishlagan).



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version