Iqtisodiyot
O‘zbekiston mahsulotlari uchun Afrika bozorlariga yo‘l ochiladi
O‘zbekiston diplomatlari Misr–Afrika tadbirkorlari uyushmasi (YeAVA) rahbariyati bilan muzokara o‘tkazdi.
Muloqot chog‘ida O‘zbekiston va Afrika davlatlari o‘rtasida savdo-iqtisodiy aloqalarni o‘rnatish va rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi.
Tomonlar O‘zbekiston va EABA o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari, jumladan, sanoat, qishloq xo‘jaligi, farmatsevtika, to‘qimachilik va logistika sohalarida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish imkoniyatlari yuzasidan fikr almashdi.
Uyushma a’zolarining O‘zbekistonga, mamlakat kompaniyalarining esa Afrika bozorlariga kirib kelishiga ko‘maklashish, o‘zaro investitsiya va eksport salohiyatini oshirish, tadbirkorlar o‘rtasida to‘g‘ridan to‘g‘ri aloqalarni yo‘lga qo‘yish borasida yaqindan hamkorlik qilishga kelishib olindi.