Connect with us

Iqtisodiyot

O‘zbekiston hukumatining «maxfiy qarori» Qozog‘iston sementiga keskin zarba bo‘ldi – QazCem rahbari

Published

on


Qozog‘istondan O‘zbekistonga sement yetkazib berish hajmi keskin qisqarib ketgan. Bunga O‘zbekiston hukumati tomonidan qabul qilingan «maxfiy hujjat» sabab bo‘lgani aytilyapti. «O‘zbekistonda Qozog‘istondan keltirilayotgan sementni 300 dollar narxda deklaratsiya qilishni va aynan shu summa asosida soliq to‘lashni majburiy qilib qo‘yishgan. Aslida biz sementni 30 dollar narxda olib kiramiz. Demak, soliqlar ham shunga yarasha past bo‘lishi kerak», deydi QazCem rahbari.

Qozog‘iston Tsement va beton ishlab chiqaruvchilari assotsiatsiyasi (QazCem) rahbari Yerbol Aqimbayev Forbes Kazakhstan’ga bergan intervyusida O‘zbekiston hukumati tomonidan qabul qilingan «maxfiy hujjat» haqida gapirdi. Aqimbayevga ko‘ra, mazkur «yashirin» qaror Qozog‘istondan eksport hajmining keskin kamayishiga sabab bo‘lyapti.

«O‘zbekistonda Qozog‘istondan keltirilayotgan sementni 300 dollar narxda deklaratsiya qilishni va aynan shu summa asosida soliq to‘lashni majburiy qilib qo‘yishgan. Aslida esa biz sementni 30 dollar narxda olib kiramiz. Demak, soliqlar ham shunga yarasha past bo‘lishi kerak», dedi QazCem rahbari.

Jurnalistning «Bu qonuniymi?» degan savoliga Aqimbayev holat juda nozik ekanligiga urg‘u berib, boshqa davlatning huquqiy hujjatlari qonuniy yoki yo‘qligini baholay olmasligini aytdi.

«Agar hujjat joriy etilgan bo‘lsa, demak, bojxona xodimlari uni bajarishga majbur. Ammo unda o‘zaro savdo hajmini oshirish haqidagi bayonotlar qayerda qoladi? Endi qarang: ular bu buyruqni kiritgach, so‘nggi yetti yil ichida birinchi marta bizning O‘zbekistonga eksportimiz nolga tenglashdi. Avgust oyida biz O‘zbekistonga bir tonna ham sement eksport qilmadik. Chunki ular majbur qilayotgan narxda sementni hech kim sotib olmaydi. Agar O‘zbekiston shunday yo‘l tutayotgan bo‘lsa, demak, Qozog‘iston ham javob choralarini ko‘rishga haqli», dedi QazCem rahbari.

Aqimbayevning iddao qilishicha, bu qaror yashirin tarzda qabul qilingan va uni ochiq manbalarda topishning imkoni yo‘q.

«Afsuski, bizda hozircha ishonchli dalil yo‘q. O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasining o‘sha qarori ochiq manbalarda topilmayapti. Faqatgina O‘zbekiston bojxonasidagi xodimning telefon ekranidan olingan suratgina bor. Bu go‘yoki «yetti muhr bilan yopilgan sir»ga aylangan. Nega? Chunki agar bu buyruq ochiq e’lon qilinsa, darhol katta shov-shuv ko‘tariladi», dedi u.

Ma’lumot uchun, O‘zbekistonga sement import qilish uchun 30 foizlik boj joriy qilingan.

Qozog‘iston sement bozoridagi vaziyat

Yerbol Aqimbayev Qozog‘iston ichki bozori to‘yingani fonida sement zavodlari yopila boshlagani haqida ham gapirdi.

«Bizda ortiqcha ishlab chiqarish inqirozi yuzaga kelgan. Ishlab chiqarish quvvatlarimiz hozirda mamlakat ehtiyojidan deyarli 1,5 baravar ko‘p, yaqinda esa bu ko‘rsatkich ikki baravarga chiqadi. Chunki bizda hozir yana uchta yangi zavod qurilyapti: ikkitasi Aqtobe viloyatida, bittasi esa G‘arbiy Qozog‘iston viloyatida. Takror aytaman, shundoq ham bizda yetarli darajada sement bor», dedi u.

QazCem rahbarining ta’kidlashicha, mavjud sement zavodlari talab oshgan taqdirda ham ichki ehtiyojni qoplay oladi.

«Hozirgi sement zavodlarining texnik salohiyati yiliga 18,5 million tonna. Agar qurilayotgan yangi zavodlarni ham inobatga olsak, bu raqam 22 million tonnaga yetadi. Ayni paytda ishlayotgan zavodlarning o‘zi yiliga 17 million tonna sement ishlab chiqarish imkoniga ega. So‘nggi 4–5 yil davomida Qozog‘istonda sementga bo‘lgan talabi atigi 11,5–12 million tonna atrofida bo‘lgan. Ya’ni hozirning o‘zida bizda 6 million tonna ortiqcha quvvat bor. Bu yil esa sementga bo‘lgan talab yiliga 15–20 foizga yoki qariyb 2 million tonnaga oshdi. Demak, yaqin yillarda umumiy talab 13–14 million tonna atrofida bo‘ladi. Shu jihatdan ishlab chiqarish quvvatlarimiz baribir talabdan ancha yuqori. Bundan tashqari, bizda import qiluvchilar juda agressiv siyosat yurityapti.

Bundan tashqari, bizda xorijiy o‘yinchilar bilan teng bo‘lmagan sharoit mavjud. 2015 yildan beri sement majburiy ravishda tovar birjalari orqali sotilishi lozim bo‘lgan mahsulotlar ro‘yxatiga kiritilgan. Bu, albatta, yaxshi. Ammo oradan o‘n yil o‘tdi, bir gramm import sement hanuzgacha birja orqali sotilgani yo‘q. Holbuki, bizda tovar birjalarini tartibga soluvchi Savdo qo‘mitasining rasmiy javobi bor — import sement majburiy tarzda birja orqali sotilishi kerak», dedi Yerbol Aqimbayev.



Source link

Continue Reading
Click to comment

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Iqtisodiyot

Shavkat Mirziyoyev Shinjon usulida yetishtirilgan paxta dalasini ko‘zdan kechirdi

Published

on


Prezident Shavkat Mirziyoyev G‘uzor tumanida «Qashqadaryo Jingu» korxonasi tomonidan Shinjon usulida paxta yetishtirilayotgan dalada bo‘ldi.

Davlatimiz rahbariga chigit ekish, g‘o‘zani sug‘orish va parvarishlashda qo‘llanayotgan texnologiyalar haqida ma’lumot berildi. Bu yerda 2,2 ming gektar maydonga chigit plyonka ostiga qo‘sh qatorlab ekilgan, tomchilatib sug‘orish to‘liq joriy qilingan.

Plyonka tuproqdagi namlik va haroratni saqlab, chigitning erta hamda bir tekis unib chiqishiga yordam beradi. Suv va o‘g‘it esa tomchilatib sug‘orish tizimi orqali bevosita g‘o‘za ildiziga yetkaziladi. Natijada suv sarfi 30-40 foizga, o‘g‘it sarfi qariyb 30 foizga kamayadi. Hosil an’anaviy maydonlarga nisbatan 10-15 kun oldin pishib yetiladi.

Prezidentimiz paxtazorda yetishtirilgan hosil va agrotexnik tadbirlarni tashkil etish jarayoni bilan tanishdi. An’anaviy usulda gektaridan 30-35 sentner paxta olinsa, Shinjon texnologiyasida bu ko‘rsatkich 60-70 sentnergacha yetishi mumkin. Korxona dalalarida hosildorlik gektariga 55 sentnerni, yalpi hosil esa 12,3 ming tonnani tashkil etmoqda.

Dala ishlarida agrodronlardan ham foydalanilmoqda. Bu ayrim agrotexnik tadbirlarni tezroq bajarish, yonilg‘i sarfini kamaytirish imkonini bermoqda.

Xitoy sarmoyasi ishtirokida tashkil etilgan «Qashqadaryo Jingu» agroklasteri Koson, Nishon, G‘uzor, Ko‘kdala va Mirishkor tumanlarida jami 18,3 ming gektar maydonda faoliyat yuritadi. Ushbu yerlarning katta qismi ilgari foydalanilmagan cho‘l va qarovsiz maydonlar bo‘lgan. Loyihaga 128 million dollar investitsiya kiritilib, 50 ta ish o‘rni yaratilgan. Eksport hajmi esa 8,5 million dollarni tashkil etadi.

Shu yerda davlatimiz rahbariga viloyat qishloq xo‘jaligida amalga oshirilayotgan ishlar haqida ham axborot berildi.



Source link

Continue Reading

Iqtisodiyot

O‘zbekiston «Wabtec» kompaniyasi bilan lokomotivlar parkini yangilashni muhokama qildi

Published

on


O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev «Wabtec» kompaniyasi direktorlar kengashi raisi va bosh ijrochi direktori Rafael Santanani qabul qildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Uchrashuvda mamlakatda temir yo‘l infratuzilmasi va tranzit salohiyati rivojlanayotganini hisobga olib, lokomotivlar parkini yangilash va kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.

AQSh moliya institutlari ishtirokida lokomotivlarni uzoq muddatli servis xizmati bilan birga yetkazib berish imkoniyatlari muhokama qilindi.

Shuningdek, O‘zbekistonda texnik xizmat ko‘rsatishni yo‘lga qo‘yish, butlovchi qismlar ishlab chiqarish va mutaxassislar tayyorlash masalalari ko‘rib chiqildi.

Tog‘-kon korxonalari karer texnikasiga xizmat ko‘rsatuvchi servis markazini tashkil etish hamda dizel-generator qurilmalari bo‘yicha hamkorlik qilishga ham e’tibor qaratildi.

«Wabtec» lokomotivlar, temir yo‘l texnikasi, raqamli va servis yechimlarini ishlab chiqarish bo‘yicha jahondagi yetakchi kompaniyalardan biri hisoblanadi. Kompaniya Markaziy Osiyo mamlakatlarida ham loyihalarni amalga oshirmoqda.



Source link

Continue Reading

Iqtisodiyot

Saida Mirziyoyeva Gonkongning Henderson Land Group xoldingi boshqaruvi raisi bilan uchrashdi

Published

on


Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva XXRning Gonkong maxsus ma’muriy hududidagi eng yirik xoldinglardan biri — Henderson Land Group boshqaruvi raisi Piter Li bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Tomonlar qayta tiklanuvchi energetika, Yangi Toshkent infratuzilmasini rivojlantirish va ta’lim sohalaridagi istiqbolli qo‘shma loyihalarni muhokama qildi.

«Mamlakatimiz investitsiyalar uchun ochiq va biz Gonkongning yetakchi biznes doiralari bilan hamkorlikdan manfaatdormiz. Sheriklikdagi tashabbuslarni, jumladan, yangi tashkil etilayotgan Toshkent xalqaro moliya markazi orqali ham qo‘llab-quvvatlashga tayyormiz», — deb yozdi Saida Mirziyoyeva.

Administratsiya rahbari O‘zbekiston va Gonkong o‘rtasida uzoq muddatli iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish uchun katta imkoniyatlar borligiga ishonch bildirdi.



Source link

Continue Reading

Iqtisodiyot

Dollar kursi tinimsiz ko‘tarilib boryapti

Published

on


Markaziy bank 2026-yil 9-oktyabrdan valyutalarning yangi kursini belgiladi. 

AQSh dollari 37,38 so‘mga oshib, 11 846,57 so‘m etib belgilandi.

Yevro kursi 34,69 so‘mga oshdi va 13 240,91 so‘m bo‘ldi. Funt-sterling 15 631,55 so‘mni tashkil qildi (29,25).

Rossiya rubli 138,95 so‘m etib belgilandi (+0,8).



Source link

Continue Reading

Iqtisodiyot

Dollar, yevro va rublning yangi qiymatlari belgilandi

Published

on


Markaziy bank 2026-yil 6-oktyabrdan valyutalarning yangi kursini belgiladi. 

AQSh dollari 5,5 so‘mga oshib, 11 778,45 so‘m etib belgilandi.

Yevro kursi 25,62 so‘mga tushdi va 13 198,93 so‘m bo‘ldi. Funt-sterling 15 580,53 so‘mni tashkil qildi (+31,99).

Rossiya rubli 138,35 so‘m etib belgilandi (-2,79).



Source link

Continue Reading

Trending

Copyright © 2025 Xabarlar. powered by Xabarlar.