Sport

O‘zbekiston FIFA reytingida bir pog‘ona pastladi

Published

on


Milliy jamoa umumiy reytingda 55-o‘ringa tushdi. Osiyo jamoalari orasida 6-o‘rinda qoldi.

Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA) 17 oktyabr kuni milliy jamoalarning yangi reytingini e’lon qildi.

O‘zbekiston milliy jamoasi o‘tgan oyga nisbatan bir pog‘ona pastlab 55-o‘ringa tushdi. Osiyo jamoalari orasida esa Yaponiya, Eron, Janubiy Koreya, Avstraliya va Qatardan keyin 6-o‘rinda qoldi.

O‘zbekiston milliy jamoasi yaqinda 2 ta o‘rtoqlik o‘yinini o‘tkazib, Kuvaytni 2:0 hisobida mag‘lub etgan va Urugvayga 1:2 hisobida yutqazgan edi.

Umumiy reytingda Ispaniya milliy jamoasi 2014 yildan beri ilk bor birinchi o‘ringa chiqdi. Ikkinchi o‘rinni Argentina, uchinchi o‘rinni Fransiya egallab turibdi.

Yuqori o‘ntalikda Angliya, Portugaliya, Niderlandiya, Braziliya, Belgiya, Italiya va Germaniya ham bor.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version