Iqtisodiyot
O‘zbekiston eng ko‘p giloslarni Rossiyaga eksport qilmoqda
Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning yanvar-may oylarida O‘zbekiston 11 ta xorijiy davlatga qiymati 36,5 mln AQSh dollariga teng bo‘lgan qariyb 16,8 ming tonna gilos eksport qildi.
Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 4,1 ming tonnaga kamaygan.
Shu bilan birga, o‘zbek gilosi tashqi bozorlarda talabgirligini saqlab qolgan bo‘lib, eksport geografiyasi 11 ta mamlakatni qamrab oldi.
Hisobot davrida O‘zbekistondan eng ko‘p gilos Rossiyaga eksport qilindi. Bu mamlakatga 11,7 ming tonna mahsulot yetkazib berilgan.
Ikkinchi o‘rinda Qirg‘iz Respublikasi bo‘lib, ushbu davlatga 2,6 ming tonna gilos eksport qilingan.
Shuningdek, Qozog‘istonga 2 ming tonna, Belarusga 135,3 tonna, BAAga 116,7 tonna, boshqa davlatlarga esa jami 140 tonna gilos yetkazib berilgan.
Statistika ma’lumotlari Rossiya bozori O‘zbekiston gilosi uchun asosiy eksport yo‘nalishi bo‘lib qolayotganini ko‘rsatmoqda. Eksport qilingan mahsulotning katta qismi aynan ushbu mamlakat hissasiga to‘g‘ri kelgan.
Iqtisodiyot
2026–2027 yillarda eng tez o‘sadigan iqtisodiyotlar ma’lum qilindi
Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (IHTT) prognoziga ko‘ra, 2026–2027 yillarda ham Hindiston dunyodagi eng tez o‘sadigan yirik iqtisodiyot maqomini saqlab qoladi. Indoneziya ikkinchi, Xitoy esa uchinchi o‘rinni egallashi kutilmoqda.
IHTT ma’lumotlariga ko‘ra, jahon yalpi ichki mahsuloti (YaIM) 2026 yilda 2,8 foizga, 2027 yilda esa 3,1 foizga o‘sishi prognoz qilinmoqda. G20 davlatlari iqtisodiyoti esa har ikki yilda ham o‘rtacha 3 foizlik o‘sishni namoyon qilishi kutilmoqda.
Tashkilot prognoziga ko‘ra, Hindiston eng yuqori iqtisodiy o‘sish sur’atini saqlab qoladi. Agar 2025 yilda mamlakat YaIM 7,6 foizga o‘sgan bo‘lsa, 2026 yilda bu ko‘rsatkich 6,3 foiz, 2027 yilda esa 6,4 foizni tashkil etishi kutilmoqda.
Indoneziya iqtisodiyoti ham barqaror o‘sishni davom ettiradi. 2025 yilda YaIM 5,1 foizga oshgan bo‘lsa, IHTT mamlakatning 2026–2027 yillarda ham o‘sish sur’ati bo‘yicha ikkinchi o‘rinni saqlab qolishini prognoz qilmoqda.
Xitoy iqtisodiyoti ham o‘sishda davom etadi, ammo sur’at biroz sekinlashishi mumkin. 2025 yilda YaIM 5 foizga o‘sgan bo‘lsa, 2026 yilda 4,5 foiz, 2027 yilda esa 4,3 foizlik o‘sish kutilmoqda.
IHTT tahlilchilariga ko‘ra, aksariyat mamlakatlarda 2026 yilda iqtisodiy o‘sish sur’ati biroz pasayadi. Bundan istisno sifatida Janubiy Koreya qayd etilgan. Mamlakat iqtisodiyoti 2025 yilda 1 foizga o‘sgan bo‘lsa, yarimo‘tkazgichlar (chiplar) sanoatidagi yuqori talab hisobiga 2026 yilda o‘sish 2,6 foizga yetishi mumkin.
Rossiya iqtisodiyoti ham o‘sishni davom ettiradi, biroq nisbatan past sur’atlarda. IHTT hisob-kitoblariga ko‘ra, mamlakat YaIM 2025 yilda taxminan 1 foizga oshgan. 2026 yilda o‘sish 0,5 foiz, 2027 yilda esa 0,8 foiz bo‘lishi kutilmoqda.
Mutaxassislar fikricha, kelgusi ikki yilda jahon iqtisodiyotida o‘sish saqlanib qoladi, biroq mamlakatlar o‘rtasidagi sur’atlar sezilarli darajada farq qilishi mumkin.
Iqtisodiyot
Dollar kursida keskin ko‘tarilish yuz berdi
Dollar kursida keskin ko‘tarilish yuz berdi
Source link
Iqtisodiyot
Eng katta qurilish ketayotgan hududlar ma’lum bo‘ldi
2026-yilning yanvar–may oylarida O‘zbekistonda 104,9 trln so‘mlik qurilish ishlari bajarildi, deb xabar berdi Milliy statistika qo‘mitasi.
Eng katta hajmdagi qurilish ishlari poytaxtda amalga oshirilmoqda.
Hududlar kesimida qurilish ishlari hajmi:
Toshkent shahri — 28 trln so‘m;
Toshkent viloyati — 10,7 trln so‘m;
Buxoro viloyati — 7,2 trln so‘m;
Farg‘ona viloyati — 6,9 trln so‘m;
Qashqadaryo viloyati — 6,7 trln so‘m;
Samarqand viloyati — 6,6 trln so‘m;
Namangan viloyati — 5,4 trln so‘m;
Andijon viloyati — 5,3 trln so‘m;
Xorazm viloyati — 5,3 trln so‘m;
Surxondaryo viloyati — 5,3 trln so‘m;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi — 5,2 trln so‘m;
Navoiy viloyati — 4,1 trln so‘m;
Jizzax viloyati — 3,2 trln so‘m;
Sirdaryo viloyati — 2,2 trln so‘m.
Iqtisodiyot
Qaysi xizmat turlari eng tez o‘smoqda?
Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning yanvar–may oylarida O‘zbekistonda ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmi 533,1 trln so‘mni tashkil etdi.
O‘sish sur’atlari eng yuqori xizmatlar — moliya, aloqa va axborotlashtirish hamda ta’lim sohalari.
Xizmatlar turlari bo‘yicha o‘sish sur’atlari quyidagicha:
moliyaviy xizmatlar — 124,9 foiz;
aloqa va axborotlashtirish xizmatlari — 122,2 foiz;
ta’lim sohasidagi xizmatlar — 121,0 foiz;
ijara xizmatlari — 117,6 foiz;
ko‘chmas mulk bilan bog‘liq xizmatlar — 117,5 foiz;
me’morchilik va muhandislik sohasidagi xizmatlar — 115,3 foiz;
sog‘liqni saqlash sohasidagi xizmatlar — 114,7 foiz;
yashash va ovqatlanish xizmatlari — 114,1 foiz;
savdo xizmatlari — 114,0 foiz;
transport xizmatlari — 113,3 foiz;
kompyuter va maishiy tovarlarni ta’mirlash bo‘yicha xizmatlar — 113,0 foiz;
shaxsiy xizmatlar — 111,6 foiz;
boshqa xizmatlar — 115,8 foiz.
Iqtisodiyot
XVJ O‘zbekistondagi valuta kursining “suzuvchi” rejimini tan oldi
Valuta kursi shakllanishida Markaziy bank aralashuvining minimallashishi – iqtisodiyotning tashqi shoklarga chidamliligini oshiradi.
Xalqaro valuta jamg‘armasi O‘zbekistonning de-fakto valuta kursini “sekin o‘zgaruvchi” (crawl-like) rejimdan “suzuvchi” (floating) rejimga qayta tasnifladi.
Bu haqda XVJ missiyasining O‘zbekistonga 2026 yilgi tashrifi yakunlari bo‘yicha hisobotida ma’lum qilingan.
Qayd etilishicha, 2025 yil aprelidan boshlab valuta kursi moslashuvchanligi oshganidan kelib chiqib, O‘zbekistonning de-fakto valuta kursi 2025 yil 8 maydan e’tiboran “suzuvchi” rejimda deya e’tirof etilgan.
Xalqaro tashkilotga ko‘ra, iqtisodiyotning tashqi shoklarga chidamliligini oshirish, xalqaro zaxiralarni asrash, valuta risklarini sug‘urtalash (hedjirlash)ni rag‘batlantirish hamda inflyatsion targetlash rejimi samaradorligini ta’minlash maqsadida valuta kursining “suzuvchi” rejimini saqlab qolish tavsiya etiladi.
Shu maqsadda XVJning Pul-kredit va kapital bozorlari departamenti tomonidan valuta bozori faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha berilgan texnik ko‘mak tavsiyalarini amalga oshirish, jumladan, ixtiyoriy intervensiyalar ulushini kamaytirish uchun xavflarga asoslangan, aniq belgilab qo‘yilgan valuta intervensiyasi strategiyasini joriy etish tavsiya etilgan.
Ta’kidlanishicha, valuta bozori likvidligini chuqurlashtirish likvidlikni yanada samarali boshqarish imkonini beradi hamda sterilizatsiya xarajatlarini kamaytiradi.
-
Siyosat5 days agoO‘zbekiston va Gruziya strategik sheriklik deklaratsiyasini imzoladi
-
Siyosat5 days agoShavkat Mirziyoyev Gruziyaning oliy milliy mukofoti bilan taqdirlandi
-
Jamiyat5 days agoO‘zbekistonda ayollar umr ko‘rish bo‘yicha erkaklardan oldinda
-
Iqtisodiyot4 days ago
Dollar kursida keskin pasayish yuz berdi
-
Jamiyat5 days agoToshkentda qurilish tashkiloti markaziy kanalizatsiya quvurini uzib yubordi
-
Jamiyat5 days agoOliy sud Plenumida inson huquqlari va sud amaliyotiga oid muhim qarorlar qabul qilindi
-
Siyosat5 days agoO‘zbekiston va Gruziya oliy darajadagi muzokaralarda 1 milliard dollarlik tovar ayirboshlash maqsadini belgiladi
-
Sport5 days agoMessi JChning «abadiy» rekordini yangilay oladimi?
