Iqtisodiyot
O‘zbekiston energetika sohasiga Britaniyaning ilg‘or texnologiyalari yo‘naltiriladi
O‘zbekiston elchixonasida Cavitas Energy kompaniyasi rahbari Grem Makney bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Suhbat chog‘ida O‘zbekistonda neft-gaz sohasida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish, shu jumladan, energetika sohasiga ilg‘or texnologiyalar va innovatsion yechimlarni joriy etish imkoniyatlari keng muhokama qilindi.
Shuningdek, Cavitas Energy kompaniyasining zamonaviy texnologiyalari orqali iqtisodiy jihatdan samarasiz deb baholangan neft konlarini tijorat jihatdan rentabel aktivlarga aylantirish imkoniyatlari ham batafsil ko‘rib chiqildi.
Mazkur yondashuv nafaqat mavjud resurslardan oqilona foydalanish, balki mamlakat energetika salohiyatini yanada yuksaltirishga xizmat qilishi ta’kidlandi.
“Cavitas Energy kompaniyasi O‘zbekiston bilan uzoq muddatli va amaliy hamkorlik o‘rnatishga tayyor, – dedi Grem Makney. – Shu bilan birga, kompaniyamiz o‘zining ilg‘or texnologiya va yechimlarini O‘zbekiston energetika sohasi rivojiga yo‘naltirishga katta qiziqish bildirmoqda”.