Siyosat
O‘zbekiston 200 million dollarlik yangi hisoblash majmuasi bilan 300 ming yoshlar uchun IT-ish o‘rni yaratishni maqsad qilgan
Prezident Shavkat Mirziyoyev 1-may kuni O‘zbekistonda raqamli islohotlarning borishi hamda sun’iy intellekt (AI) va raqamlashtirish bo‘yicha strategik ustuvorliklari haqida ma’lumot berdi. Taqdimotning asosiy jihati mamlakatning yuqori texnologiyali kelajagini qo‘llab-quvvatlash maqsadida Nuraxshon shahrida yangi ilmiy-tadqiqot va ishlanmalar markazini tashkil etish rejasi bo‘ldi.
Foto: Prezident matbuot xizmati
Nuraftion kompaniyasining ulkan loyihasi 7,3 gektar maydonni egallaydi va oltita ilg‘or laboratoriya, startap kampusi va tijoratlashtirish markazini o‘z ichiga oladi. Eng muhimi, ob’ektda sun’iy intellektni rivojlantirishga bag’ishlangan 200 ta yuqori samarali GPU-larga ega bo’lgan keng ko’lamli hisoblash markazi joylashgan. Jami 200 million dollar sarmoyaga ega ushbu innovatsion markaz qurilishi 2027-2031 yillarga mo‘ljallangan.
Konferensiyada, shuningdek, mamlakatda IT ekotizimini keng ko‘lamli institutsional qo‘llab-quvvatlash masalalariga e’tibor qaratildi. Ayni paytda O‘zbekistonda startap-kompaniyalar soni 950 taga ko‘payib, o‘tgan yilga nisbatan 37,5 foizga oshgan, venchur kapital fondlari soni esa 22 taga yetgan. Hozirda startap ekotizimining umumiy qiymati 4,3 milliard dollarga baholanmoqda va 132 million dollar sarmoya jalb qilingan. Ushbu o’sishni yanada kuchaytirish uchun prezidentlik IT startap tanlovining mukofot puli 5 million dollargacha oshiriladi, qo’shimcha 1 million dollar esa yangi sun’iy intellektga yo’naltirilgan musobaqalar uchun ajratiladi.
Asosiy tarmoqlarda innovatsiyalarni rivojlantirishga qaratilgan yangi “Prezident AI mukofoti” taklif etildi. Tanlov besh strategik yo‘nalish: davlat boshqaruvi, sanoat va tadbirkorlik, sog‘liqni saqlash, ta’lim, yashil iqtisodiyot va qishloq xo‘jaligi texnologiyalari bo‘yicha o‘tkaziladi. Bu saʼy-harakatlar 2030-yilga borib IT sohasida 300 000 nafar yoshlarni ish bilan taʼminlash boʻyicha davlatning yirik maqsadining bir qismidir.
Ushbu milliy raqamli oʻtishni qoʻllab-quvvatlash maqsadida Prezident mintaqaviy raqamli infratuzilmani kengaytirish rejalarini koʻrib chiqdi. Bunga Samarqand, Namangan, Sirdaryo va Buxoroda yangi IT-park filiallarini tashkil etish kiradi. Raqamli iqtisodiyotni markazsizlashtirish orqali rasmiylar eksportga yo‘naltirilgan xizmatlar hajmini oshirish va Respublika bo‘ylab yoshlar uchun sifatli ish o‘rinlari yaratishni maqsad qilgan.
Siyosat
Shavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildi
Bugun, 25-sentyabr kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Xitoy Xalqaro madaniy kommunikatsiya markazi raisi Long Yuysyan va Gonkongning «JDB Group» kompaniyasi asoschisi Chan Xuntoni qabul qildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, O‘zbekiston bilan Xitoy o‘rtasidagi barcha sharoitlarda har tomonlama strategik sheriklik munosabatlarini yanada chuqurlashtirish va madaniy-gumanitar aloqalarni mustahkamlash masalalari ko‘rib chiqildi.
Markaz O‘zbekistonning Xitoy bilan ko‘p qirrali hamkorligini mustahkamlashga katta hissa qo‘shib kelayotgani qayd etildi. Birgalikda infratuzilmani rivojlantirish, investitsiyalar va «yashil» sanoat sohalarida qator loyihalar amalga oshirildi.
«JDB Group» kompaniyasining O‘zbekistondagi faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari sifatida zamonaviy shahar, transport va sanoat infratuzilmasini rivojlantirish hamda geologiya sohasi belgilandi.
Uchrashuv yakunida mazkur kompaniya ishtirokida amalga oshirilayotgan va yangi loyihalarni jadallashtirish yuzasidan kelishuvga erishildi.
Siyosat
Saida Mirziyoyeva Diyene Keyta bilan demografik barqarorlik va inson kapitali bo‘yicha hamkorlikni muhokama qildi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva BMT Bosh kotibi o‘rinbosari, BMT Aholishunoslik jamg‘armasi (UNFPA) ijrochi direktori Diyene Keyta bilan uchrashdi.
Muloqotda demografik barqarorlik, inson kapitali va aholi farovonligini ta’minlash bo‘yicha hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.
Saida Mirziyoyeva O‘zbekistonning asosiy kapitali yosh avlod ekanini ta’kidladi. U demografik salohiyatni kelgusida dividend manbaiga aylantirish uchun inson, ayniqsa, ayollar va bolalarning salomatligi, ta’limi hamda xavfsizligiga investitsiya kiritish zarurligini bildirdi.
Saida Mirziyoyeva o‘zining Telegram kanalida demografik prognozlash tizimini yo‘lga qo‘yilayotganini ma’lum qildi. Shuningdek, «Demografik dividend — 2050» strategiyasini ishlab chiqish rejalashtirilayotganini aytdi.
Tomonlar demografik barqarorlikni faqat aholi soni bilan bog‘liq masala sifatida emas, balki ta’lim, sog‘liqni saqlash, bandlik, ijtimoiy himoya va oilalarni qo‘llab-quvvatlashni qamrab oladigan uzoq muddatli taraqqiyot masalasi sifatida ko‘rish zarurligini ta’kidladi.
Shuningdek, demografik ma’lumotlar va tahliliy prognozlar asosida qarorlar qabul qilish hamda inson kapitali va ijtimoiy xizmatlarga investitsiyalarni kuchaytirish bo‘yicha xalqaro hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.
Muloqotda aholining farovonligini oshirish va demografik jarayonlarni samarali boshqarishda ma’lumotlar hamda prognozlarning ahamiyatiga e’tibor qaratildi.
Siyosat
Saida Mirziyoyeva Nyu-Yorkda «BlackRock» rahbariyati bilan uchrashdi
Prezident administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Nyu-Yorkda «BlackRock» rahbariyati bilan uchrashdi.
Unda kompaniya prezidenti Robert Kapito, vitse-rais Tomas Donilon, «Global Infrastructure Partners» raisi va bosh ijrochi direktori Adebayo Ogunlesi, Moliyaviy va strategik investorlar guruhi global rahbari hamda kompaniyaning Yaqin Sharq mintaqasi bo‘yicha rahbari Charlz Hatami qatnashdi.
Muloqot davomida 2027-yilda Toshkent xalqaro moliya markazi faoliyatini yo‘lga qo‘yish masalasini muhokama qilindi. «BlackRock» ushbu Markaz konsepsiyasi va tuzilmasini ishlab chiqishda ko‘maklashmoqda.
AQSh ishbilarmon doiralari vakillari ishtirokidagi qo‘shma davra suhbatida O‘zbekiston hamda mintaqamizning yaqin o‘n yilliklarga mo‘ljallangan rivojlanish istiqbollari yuzasidan fikr almashildi.
O‘zbekiston yirik, samarali, sifatli sarmoyalar uchun yangi imkoniyatlar maydoniga aylanmoqda, dedi Saida Mirziyoyeva.
Siyosat
Mudofaa vaziriga ikki o‘rinbosar tayinlandi
Mudofaa vaziriga ikki o‘rinbosar tayinlandi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.
Jumladan, Prezidentning tegishli qaroriga muvofiq, polkovnik Zoidov Qahramonjon Obidjonovich O‘zbekiston mudofaa vazirining qurollanish va qurollantirish bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.
Adliya polkovnigi Muratov Jahongir Dilshatovich vazirning komplayens va korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.
Siyosat
Shavkat Mirziyoyev Andijonga tashrif buyuradi
Prezident Shavkat Mirziyoyev Andijon viloyatiga tashrif buyuradi.
Ikki kunlik safar dasturidan hududning sanoat va investitsiya salohiyati, energetika, qishloq xo‘jaligi, transport, turizm va boshqa sohalardagi loyihalar bilan tanishish o‘rin olgan. Davlatimiz rahbari mahallalardagi bunyodkorlik ishlarini ham ko‘zdan kechiradi. Qator yangi quvvatlarni ishga tushirish va istiqbolli loyihalar qurilishini boshlash ko‘zda tutilgan.
Shuningdek, Andijon viloyatini yanada rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tadi.
