Iqtisodiyot
O‘zbek tarvuzi qaysi mamlakatlarga ko‘p sotilyapti?
O‘zbekiston 2025-yilning yanvar–iyun oylarida xorijga qiymati 29,9 mln AQSh dollariga teng 130,6 ming tonna tarvuz eksport qildi, deb xabar berdi Milliy statistika qo‘mitasi.
Ta’kidlanishicha, eksport hajmi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 52,7 ming tonnaga oshgan.
O‘zbekiston 2025-yilning 6 oyida eng ko‘p tarvuz eksport qilgan davlatlar:
Rossiya — 66 ming tonna
Qozog‘iston — 44 ming tonna
Qirg‘iziston — 19 ming tonna
Belarus — 968 tonna
Mo‘g‘uliston — 618 tonna
Latviya — 76 tonna
Gruziya — 66 tonna
Polsha — 61 tonna
Boshqa davlatlar — 121 tonna