Iqtisodiyot
Oppenheimer O‘zbekistonda xususiy sektorni moliyalashtiradi
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Oppenheimer Holdings kompaniyasi prezidenti va bosh ijrochi direktori Robert Loventalni qabul qildi.
Foto: Prezident matbuot xizmati
Oppenheimer – Amerikaning mustaqil investitsiya banki bo‘lib, dunyo miqyosida investitsiya va bank xizmatlari, moliyaviy maslahat, kapital bozorlari va aktivlarni boshqarish xizmatlarini taqdim etadi.
Holdingning O‘zbekistonda xususiy biznes loyihalarini rivojlantirish va yevrobondlar chiqarishga qo‘shayotgan hissasi qayd etildi. Xususiy sektorni moliyalashtirish dasturlarini kengaytirish rejalari qo‘llab-quvvatlandi.