Connect with us

Jamiyat

“Opasida 8, ukasida esa 8,5 ball” – IELTS’dan yuqori ball olgan kitobxonlar oilasi

Published

on


Ma’mura Qutliyeva farzandlariga haqiqiy namuna — u 1000 dan ortiq turli mavzudagi kitoblarni o‘qib tugatgan. Farzandlari uchun uyida kichik kutubxona tashkil qilgan. Opa-uka yosh bo‘lishiga qaramay 200 dan ortiq kitobni mutolaa qilib ulgurgan. Ular yaqinda IELTS imtihonini topshirib, birinchi urinishdayoq yuqori ballarni qo‘lga kiritdi. Bolalar ayni vaqtda 3 ta tilda erkin so‘zlasha oladi. Kun.uz muxbiri oilaning mehmoni bo‘lib, u yerdagi muhit, yosh kitobxonlarning maqsadlari haqida gaplashdi.

{Yii::t(}

O’tkazib yuborish 6s

O’tkazib yuborish

Bugungi kunda ko‘plab ota-onalar farzandlarini telefon va ijtimoiy tarmoqlardan ajratib, ilmga qiziqtirishni istaydi. Z (zed) avlod xarakteridan kelib chiqilsa, bilim olishni bolalarning o‘zi ichdan istamasa, ularni bu yo‘lga boshlash oson ish emas. Bunday sharoitda kimdir farzandini o‘qishga tergab majburlaydi, kimdir qo‘shimcha kurslarga yuboradi. Ammo Ma’mura Qutliyeva umuman boshqacha yo‘l tutdi – u o‘zi kitob o‘qidi, bilimni qadrladi va shu bilan farzandlariga namuna ko‘rsatdi.

Ayol har kuni tong va tunda mutolaa bilan vaqt o‘tkazib, bolalariga jonli misol bo‘ldi. Onaning kitobga mehri orqali bolalarda ham ilmga qiziqish uyg‘ondi. Bugunga kelib uning o‘smir yoshdagi farzandlari 200 dan ortiq asarni mustaqil mutolaa qilishga ulgurgan.

“Farzandlarimni kitobga qiziqtirish uchun ularni majburlashni istamadim. Chunki bolaga “o‘qi”, “bilim ol” deb qayta-qayta gapirishdan ko‘ra, amalda namuna ko‘rsatish kuchliroq ta’sir qiladi. Shu sabab har kuni mutolaa bilan o‘z ustimda ishlashni odat qildim. Ularga shaxsiy misol bo‘ldim. Meni ko‘rib, bolalarim ham o‘qishga qiziqa boshladi, vaqt o‘tib kitob o‘qish ularning eng sevimli mashg‘ulotiga aylandi. Uyimizda kitobxonlik muhiti shakllandi. Hozirda har birimiz o‘qigan asarimizni birga muhokama qilamiz, fikr almashamiz. Bu jarayon bilimimizni boyitadi, oilaviy mehr-muhabbatni ham mustahkamlaydi. Bolalarim kitobga shunday qattiq bog‘langanki, biror bayramda nima sovg‘a qilaylik deb so‘rasak, faqat kitob talab qilishadi”, – deydi Ma’muraxon Qutliyeva.

Avgust oyida uning 6- va 7-sinfda o‘qiydigan farzandlari IELTS imtihoni topshirib, birinchi urinishdayoq 8 va 8,5 ballni qo‘lga kiritdi. Bolalar imtihonga tayyorgarlik jarayoni haqida gapirar ekan, yaxshi natijaga erishishlarida oilasida bilim olish uchun hozirlangan qulay muhit va ota-ona quvvatlovi katta yordam berganini ta’kidladi.

“Ingliz tilini o‘rganishni 1-sinfdan boshlaganmiz. IELTS’ga ikki yildan buyon tayyorlanamiz. Boshida umuman qiziqmagandim, bu sertifikatning nima uchun kerakligi, kelajakda menga qanday imkoniyatlar berishi mumkinligini bilganimdan keyin o‘zim xohlab o‘rgandim. Ertalab soat 07:00-08:00 dan 23:00 gacha, ba’zan undan ham kech qolib ketardik qo‘shimcha kurslarda. Biroq ota-onam bizni doim tushunib, har tomonlama o‘qishga rag‘batlantirishdi. Uy ishlariga ham deyarli jalb qilishmasdi. Yuqori ball olish uchun ertalabdan kechgacha boshqa narsalarga chalg‘imay, faqat tayyorlandik”, – deydi oilaning katta farzandi Zabarjadbonu Safarova.

U til sertifikatini olish uchun ukasi bilan bir xil tayyorgarlik ko‘rgan. Imtihondan avvalgi testlar (mock exam)da Zabarjadbonuda ballar yuqori chiqqan. Biroq imtihondan keyin natijalar mutlaqo boshqacha bo‘ldi: uka opasini 0,5 ballga ortda qoldirdi. Oilaning ikkinchi farzandi Ibodullo Safarov buning o‘ziga bo‘lgan ishonch natijasi ekanini aytadi.

“Listening va reading qismini kitob o‘qib, kino ko‘rib mustahkamladik, bu ikki yo‘nalish bo‘yicha ballarimiz imtihondan avvalgi testlarda ham 9 chiqayotgan edi. Writing qismi bilan ko‘p shug‘ullana olmadim. Speaking’dan 7-7,5 ball kutayotgandim, biroq taxminlarimdan yuqoriroq chiqdi. Hamma savollarga aniqlik va kuchli ishonch bilan javob berganim opamdan balandroq ball olishimga turtki bo‘ldi. Aslida opamda imtihondan avvalgi testlarda mendan yuqoriroq natijalar qayd etilayotgan edi”, – deydi u.

Intervyuni to‘liq holda Kun.uzʼning YouTube’dagi sahifasida tomosha qilishingiz mumkin.

Jurnalist: Diyoraxon Nabijonova,

operatorlar: Ziyaddin Mamatjonov, Abdulloh Hasanov,

montaj ustasi: Shohruzbek Abduraimov.



Source link

Continue Reading
Click to comment

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Jamiyat

Poytaxtning uch va Toshkent viloyatining bir tumani elektrsiz qoldi

Published

on


Toshkent shahrining Mirobod, Chilonzor va Yakkasaroy hamda Toshkent viloyatining Zangiota tumanlarining ayrim hududlarida elektr ta’minotida vaqtincha uzilish kuzatilmoqda.

Bugun, 28 iyun soat 20:45 da Toshkent shahridagi «Yuksak» podstansiyasida nosozlik bo‘ldi.

Buning oqibatida Toshkent shahrining Mirobod, Chilonzor va Yakkasaroy hamda Toshkent viloyatining Zangiota tumanlarining ayrim hududlarida elektr ta’minotida vaqtincha uzilish kuzatilmoqda.

Hozirgi vaqtda energetiklar tomonidan nosozliklarni bartaraf etish hamda iste’molchilarning elektr ta’minotini qayta tiklash choralari ko‘rilmoqda.

 



Source link

Continue Reading

Jamiyat

Toshkentda “svet” o‘chishi oqibatida attraksionda qolib ketgan odamlar tushirib olindi

Published

on


Avvalroq Toshkent shahridagi «Yuksak» podstansiyasida yuz bergan nosozlik sababli poytaxtning Mirobod, Chilonzor va Yakkasaroy hamda Toshkent viloyatining Zangiota tumanlarining ayrim hududlarida elektr ta’minotida vaqtincha uzilish sodir bo‘lgani xabar qilingandi.

Bugun, 28 iyun kuni Toshkent shahri, Chilonzor tumani, Bunyodkor shohko‘chasida joylashgan Dream Park istirohat bog‘idagi «Charxpalak» attraksionida fuqarolar qolib ketganligi to‘g‘risida Toshkent shahar FVBBga xabar tushgan.

Shunga ko‘ra, qutqaruv bo‘linmalari zudlik bilan hodisa joyiga yetib borgan va hozirda barcha fuqarolar charxpalakdan xavfsiz joyga tushirib olingan.

“Vaziyat Toshkent shahar FVBB tomonidan to‘liq nazoratga olingan. Hodisa oqibatida jarohat olganlar yo‘q”, deyiladi FVV xabarida.

Avvalroq Toshkent shahridagi «Yuksak» podstansiyasida yuz bergan nosozlik sababli poytaxtning Mirobod, Chilonzor va Yakkasaroy hamda Toshkent viloyatining Zangiota tumanlarining ayrim hududlarida elektr ta’minotida vaqtincha uzilish sodir bo‘lgani xabar qilingandi.



Source link

Continue Reading

Jamiyat

Chilonzor va Yakkasaroy tumanlarining bir qismida elektr ta’minoti qayta tiklandi

Published

on


Energetiklar tomonidan nosozlikni bartaraf etish va barcha iste’molchilarning elektr ta’minotini bosqichma-bosqich qayta tiklash ishlari davom ettirilmoqda.

Foto: Energetika vazirligi

Bugun, 28 iyun soat 20:45 da Toshkent shahridagi «Yuksak» podstansiyasida nosozlik yuz berishi oqibatida poytaxtning Mirobod, Chilonzor va Yakkasaroy hamda Toshkent viloyatining Zangiota tumanlarining ayrim hududlarida elektr ta’minotida vaqtincha uzilish kelib chiqqani xabar qilingandi.

FVV xabariga ko‘ra, “svet” o‘chishi oqibatida Chilonzor tumanida joylashgan Dream Park istirohat bog‘idagi «Charxpalak» attraksionida qolib ketgan fuqarolar xavfsiz joyga tushirib olingan.

Xabar qilinishicha, ayni paytda Energetika vazirligi hamda “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ rahbariyati podstansiyada bo‘lib, ular tomonidan nosozlikni tiklash ishlari nazoratga olingan.

Energetiklar tomonidan nosozlikni bartaraf etish va barcha iste’molchilarning elektr ta’minotini bosqichma-bosqich qayta tiklash ishlari davom ettirilmoqda.



Source link

Continue Reading

Jamiyat

Dubayda og‘ir ahvolga tushib qolgan oila O‘zbekistonga qaytarildi

Published

on


Aviareyslarda kechikish va Yaqin Sharq mintaqasidagi keskin vaziyat sababli oila mamlakatni tark eta olmagan. Shuningdek, vizasiz yurish muddati tugagani uchun ular jarimaga tortilgan.

BAAda og‘ir vaziyatga tushib qolgan oila O‘zbekistonning Dubaydagi Bosh konsulxonasi ko‘magida vatanga qaytarildi.

Qayd etilishicha, P.G. va uning farzandi A.Z. 2025 yilda mavsumiy ishlash maqsadida BAAning Dubay shahriga borgan.

Biroq moliyaviy qiyinchiliklar sababli 2026 yil yanvarida O‘zbekistonga qaytish uchun aviachiptalar xarid qilgan. Aviareyslarda kechikish va Yaqin Sharq mintaqasidagi keskin vaziyat tufayli ular mamlakatni tark eta olmagan.

Shuningdek, vizasiz yurish muddati tugagani uchun oila vakillari jarimaga tortilgan.

O‘zbekistonning BAAdagi Bosh konsulxonasi tomonidan Dubay immigratsiya xizmati bilan olib borilgan muzokaralar natijasida ularning mamlakatni jarimasiz tark etishiga ruxsat olindi.

Ushbu oila a’zolari uchun 26 iyun kuni “Dubay–Toshkent” yo‘nalishi bo‘yicha aviachiptalar xarid qilindi hamda ularning O‘zbekistonga qaytishi ta’minlandi.

 

 



Source link

Continue Reading

Jamiyat

Toshkent davlat agrar universiteti sport kompleksida yong‘in sodir bo‘ldi

Published

on


Qayd etilishicha, hodisa oqibatida tan jarohati olganlar yo‘q.

Bugun, 28 iyun kuni Toshkent davlat agrar universitetida yong‘in sodir bo‘ldi.

Xabar qilinishicha, soat 15:17 da «112» tizimidan Toshkent viloyati FVBBga Toshkent davlat agrar universiteti sport kompleksi binosining tom qismi yonayotganligi to‘g‘risida xabar kelib tushgan.

Xabarga asosan, qutqaruv bo‘linmalari voqea joyiga yetib borgan. Yong‘in soat 15:59 da qurshab olingan hamda soat 16:15 da to‘liq bartaraf etilgan.

Qayd etilishicha, hodisa oqibatida tan jarohati olganlar yo‘q.

Yong‘in sababi va zarari aniqlanmoqda.

 



Source link

Continue Reading

Trending

Copyright © 2025 Xabarlar. powered by Xabarlar.