Iqtisodiyot
Oltin narxi tarixda birinchi marta unsiya uchun 5000 dollardan oshdi
Oltin yillik nisbatda 80 foizdan ko‘proqqa, oxirgi 3 yil ichida esa 2,6 barobarga qimmatlashdi. Narxlarning keskin oshishi geosiyosiy keskinlikning saqlanib qolayotgani, dollar kursining pasayishi hamda AQSh Federal zaxira tizimining (FZT) asosiy foiz stavkasini tushirishi mumkinligi haqidagi kutilmalar fonida yuz beryapti.
25 yanvar kungi savdolarda oltin narxi tarixda ilk bor bir unsiyasi uchun 5 ming dollardan oshdi. Ayni paytda narxlar 5100 dollarga yaqinlashyapti.
Qimmatbaho metall yillik nisbatda 80 foizdan ko‘proqqa, oxirgi 3 yil ichida esa 2,6 barobarga qimmatlashdi.
Investorlar uchun “xavfsiz bandargoh” hisoblangan oltin geosiyosiy keskinlik kuchayishi, AQSh prezidenti Donald Tramp ma’muriyatining tarif urushlari, rivojlanayotgan mamlakatlar markaziy banklarining zaxiralarga oltinni faol xarid qilayotgani fonida sezilarli darajada ko‘tarilyapti. Bundan tashqari, dollar kursining pasayishi hamda AQSh Federal zaxira tizimining (FZT) asosiy foiz stavkasini tushirishi mumkinligi haqidagi kutilmalar qimmatbaho metalni yanada jozibador aktivga aylantirdi.
Prognozlar qanday?
ICBC Standard Bank’ning xomashyo bozorlar bo‘yicha katta strategi Juliya Du oltin narxi bir unsiya uchun 7150 dollargacha ko‘tarilishi mumkinligini prognoz qilmoqda. Bank hisob-kitoblariga ko‘ra, 2026 yilda oltinning o‘rtacha narxi 6050 dollarni tashkil etadi. Kutilayotgan savdo diapazoni esa 4100–7150 dollar oralig‘ida bo‘lishi mumkin.
Goldman Sachs’ning xomashyo bozorlarini tadqiq etish bo‘limi rahbari Dan Struyvenning ta’kidlashicha, xususiy investorlar sarmoyalarini turli kanallar orqali oltin xarid qilish hisobiga diversifikatsiya qila boshlagan. Oltin bilan ta’minlangan ETF’larga mablag‘ oqimi ushbu siljishning yaqqol dalillaridan biri hisoblanadi, biroq chakana talabni institutsional oqimlardan aniq ajratish qiyin.
«Biz oltinning 2026 yil dekabr oyidagi narxi bo‘yicha prognozni bir troya unsiyasi uchun 5400 dollargacha oshirdik, chunki o‘sishning asosiy xavfi oltin hisobiga xususiy investitsiyalarning diversifikatsiyalanishi amalga oshishni boshladi», dedi Struyven.
Iqtisodiyot
O‘zbekistonda qaysi fintex ilovalar ko‘p yuklab olinmoqda?
2026-yil 1-may holatiga ko‘ra, «Soliq» mobil ilovasidan foydalanish ko‘rsatkichlari O‘zbekistondagi fintex platformalar orasida eng yuqori natijalardan birini qayd etdi.
Ushbu ilova foydalanuvchilari soni 16,9 milliondan oshgan. Shundan 15,8 million nafar foydalanuvchi faol hisoblanadi. Shaxsi tasdiqlangan foydalanuvchilar soni esa 12,3 million nafarga yetgan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, 2026-yil aprel oyi holatida to‘lov va moliyaviy xizmatlar bozoridagi reytingda «Soliq» ilovasi 60,3 foiz ulush bilan birinchi o‘rinni egallagan. Bu yo‘nalishda keyingi o‘rinlardan «Alif», «Xazna», «Uzum Bank» va «Payme» platformalari joy olgan.
39,7 foizlik ikkinchi segmentda esa «Paynet» birinchi o‘rinni qayd etgan. Keyingi pog‘onalarda «Payme», «Click SuperApp», «Uzum Bank» va «Hamkor» ilovalari joylashgan.
Shuningdek, reytingda «TBC UZ», «Anorbank», «AVO» va «Ipak yo‘li Mobile» platformalari ham qayd etilgan.
Iqtisodiyot
Eskrou orqali tuzilgan bitimlar soni 40 mingdan oshdi
Eskrou orqali tuzilgan bitimlar soni 40 mingdan oshdi
Source link
Iqtisodiyot
O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari yana oshdi
O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari aprel oyida yana o‘sib, qariyb 71 milliard dollarga yetdi. Markaziy bank ma’lumotlariga ko‘ra, 1-may holatida mamlakatning xalqaro aktivlari 70,89 milliard dollarni tashkil etgan. Bu mart oyiga nisbatan 1,9 milliard dollarga yoki 2,76 foizga ko‘pdir.
Asosiy ulush yana oltin hissasiga to‘g‘ri kelmoqda. Regulyator omborlaridagi oltin qiymati aprel davomida 743,6 million dollarga oshib, 61,59 milliard dollarga yetgan. Shu bilan birga, oltinning jismoniy hajmi qisqarib, 13,3 million troy unsiyasi yoki taxminan 413,7 tonnani tashkil etdi.
Markaziy bank 2025-yil sentyabridan beri ilk bor tashqi bozorda oltin sotgani qayd etildi. Aprel oyida zaxiralar qariyb 0,1 million unsiyaga, ya’ni 3,1 tonnaga kamaygan. Bu davrda jahon bozorida oltin narxi yuqori darajada saqlangani fond aktivlari qiymatining o‘sishiga ta’sir qildi.
Aprel oyida mamlakatning valyuta zaxiralari ham sezilarli ko‘paydi. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, valyuta aktivlari 1,15 milliard dollarga yoki 15,2 foizga oshib, 8,72 milliard dollarga yetgan.
Xususan, xorijiy markaziy banklar va Xalqaro valyuta jamg‘armasida saqlanayotgan mablag‘lar 1,24 milliard dollargacha ko‘tarilgan. Xorijiy banklardagi valyuta mablag‘lari esa 5,92 milliard dollarni tashkil etgan.
Markaziy bankning xorijiy qimmatli qog‘ozlarga kiritgan investitsiyalari ham oshdi. Qimmatli qog‘ozlar portfeli qiymati 1,549 milliard dollarga yetgan bo‘lsa-da, ularning umumiy zaxiralardagi ulushi 2,2 foizgacha pasaygan.
Iqtisodiyot
Bankdan 500 dollargacha naqd valutani pasporsiz olishga ruxsat beriladi
Amaldagi tartibga ko‘ra, ushbu summa 100 AQSh dollarini tashkil etadi.
Bankdan shaxsni tasdiqlovchi hujjatlarsiz 500 dollargacha naqd chet el valutasini olishga ruxsat beriladi. Adliya vazirligi tashabbusi bilan ishlab chiqilgan bu haqdagi idoraviy hujjat 2026 yil 8 mayda davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.
Qayd qilinishicha, endi mijozlar bankdan 500 AQSh dollarigacha bo‘lgan naqd chet el valutasini pasport, ID-karta yoki ularning o‘rnini bosadigan boshqa hujjatlarsiz olishi mumkin. Amaldagi tartibga ko‘ra, ushbu summa 100 AQSh dollarini tashkil etadi.
Mazkur tartib 3 oydan keyin kuchga kiradi.
Iqtisodiyot
xorijiy kompaniyalar O‘zbekistonga qancha soliq to‘ladi?
2026-yilning birinchi choragida O‘zbekistonda elektron xizmat ko‘rsatuvchi 89 ta xorijiy kompaniya tomonidan 65,7 milliard so‘m soliq to‘landi. Soliq qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 81 foizga ko‘p.
Eng katta soliq to‘lovchisi sifatida «Apple» qayd etildi. Kompaniya uch oyda O‘zbekiston budjetiga 16,1 milliard so‘m soliq o‘tkazgan. Keyingi o‘rinlarni «Google» — 14,9 milliard so‘m va «Meta» — 13,9 milliard so‘m bilan egalladi.
Shuningdek, «Valve Corp.» 8 milliard so‘m, sun’iy intellekt texnologiyalari bilan tanilgan «OpenAI» esa 2,5 milliard so‘m soliq to‘lagan. «Anthropic» kompaniyasi hissasi 1,5 milliard so‘mni tashkil etdi.
Ro‘yxatdan «Midasbuy» — 1,3 milliard so‘m, «TikTok» — 868,3 million so‘m, «Booking.com» — 694,7 million so‘m va «Netflix» — 570,4 million so‘m soliq to‘lagani ham o‘rin olgan.
-
Siyosat3 days agoOliy sud 161 nafar Sovet repressiyasi qurbonlarini reabilitatsiya qiladi
-
Dunyodan4 days agoXitoyda pirotexnika zavodining portlashi oqibatida 26 kishi halok bo‘ldi
-
Siyosat3 days agoOʻzbekistonda Mudofaa vazirligi tarkibida sunʼiy intellekt boʻlimi va kiberxavfsizlik instituti tashkil etildi
-
Iqtisodiyot4 days ago
budjet tarkibida qaysi soliqlarning ulushi ko‘proq?
-
Jamiyat3 days ago
Askiya nozikfahm zakiylar bahsi, «tor» hazillar emas!
-
Iqtisodiyot3 days ago
Dollar kursi 12 100 so‘mdan oshib ketdi
-
Dunyodan4 days agoTahlilchilar neft haqida xavotirli ma’lumotlarni e’lon qilishdi
-
Jamiyat2 days ago
Jizzax viloyati hokimiga o‘rinbosar tayinlandi
