Sport
Oktyabr oyidagi eng asosiy voqealar Setanta Spors’da: endi o‘zbekcha sharhlar bilan!
Setanta Spors endi sizga yanada yaqinroq! Endi Angliya Premer-ligasi va UFC janglarini Setanta Spors 1 hamda Setanta Spors 2 kanallarida o‘zbek tilidagi sharhlar bilan tomosha qiling. Dunyo sportining eng yorqin lahzalarini kuzating va sevimli sportchilaringizni o‘z tilingizda qo‘llab-quvvatlang!
Oktyabrda nimalarni tomosha qilish mumkin?
Futbol: Har hafta top uchrashuvlar
• APL (Angliya Premer-ligasi): Har hafta sizni yangi tur kutmoqda! “Manchester Siti”, “Liverpul”, “Arsenal”, “Chelsi”, “Manchester Yunayted” va boshqa grand jamoalarning o‘yinlarini kuzating.
• La Liga: “Real Madrid”, “Barselona” va “Atletiko” o‘rtasidagi kurash yanada keskinlashmoqda.
• Seriya A: “Inter”, “Yuventus”, “Napoli” va “Milan” har bir ochko uchun jon kuydirmoqda.
• Bundesliga: “Bavariya”ni “Borussiya D”, “Bayyer” va “RB Leypsig” kabi raqiblar sinovdan o‘tkazadi.
• Liga 1: oktyabr oyida “PSJ” – “Marsel” fransuz klassikosini, shuningdek, “PSJ” – “Lion” va “Monako” – “Marsel” o‘yinlarini o‘tkazib yubormang.
Oy jangi: UFC 321 – 25 oktyabr
• Tom Aspinall vs. Siril Gan. Britaniyalik chempion o‘z unvonini birinchi marta Abu-Dabida himoya qiladi.
Ushbu jangni va boshqa muhim UFC turnirlarini Setanta Spors’da tomosha qiling.
Janglar jadvali o‘zgarishi mumkin — aniq vaqtni ilovamizda tekshirib turing.
Formula-1: uch hafta – uchta Gran-pri
• 17–19 oktyabr: AQSh Gran-prisi
• 24–26 oktyabr: Meksika Gran-prisi
Osiyodan Shimoliy Amerikagacha – tezlik ixlosmandlari uchun klassik oktyabr marafoni!
Tennis: Osiyo va Yevropadagi turnirlar
• ATP: Erkaklar turi 1–13 oktyabr oralig‘ida Shanxay Masters 1000 turniri bilan boshlandi. Keyin ATP 250 (Antverpen, Stokgolm) va ATP 500 (Bazel, Vena) turnirlari davom etadi. 27 oktyabrdan esa Parijdagi Masters 1000 final bosqichi bilan yakun topadi. Bu kuzgi mavsumning cho‘qqisi.
• WTA: Ayollar turi esa oktyabr oyida Osiyodagi bir qator turnirlar bilan davom etadi.
Basketbol va xokkey mavsumlari boshlanmoqda
• NBA: 21 oktyabr kuni muntazam mavsum start oladi! Yangi yulduz duetlari, yorqin debyutlar va kutilmagan natijalarga tayyor turing.
• NHL: Katta xokkey 7 oktyabrdan muz ustiga qaytdi.
Nega aynan Setanta Spors?
• Eksklyuziv izohlar: APL va UFC janglarini o‘zbek hamda rus tillaridagi sharhlar bilan kuzating.
• Yagona ekotizim: Setanta Spors ilovasi orqali istalgan qurilmada tomosha qiling.
• Eng yaxshi kontent: Yevropa futboli, jang san’atlari, avtosport va tennis — barchasi bitta obunada.
Qanday tomosha qilish mumkin?
• OTT: Setanta Spors ilovasini yuklab oling, ro‘yxatdan o‘ting va sizga qulay formatda tomosha qiling. Jadval doimo ilovada yangilanib turadi.
• TV: Setanta Spors 1 va Setanta Spors 2 kanallarini o‘z teleoperatoringiz orqali ulang.
Xalqaro musobaqalar jadvali tashkilotchilar va translyatorlar qarorlariga ko‘ra o‘zgarishi mumkin. Har doim dolzarb tarmoq jadvalini Setanta Spors ilovasida yoki Setanta Spors 1/2 kanallarida tekshiring.
Setanta Spors da eng yaxshi musobaqalarni tomosha qiling.
Youtube: @SetantaSporsUzbekistan
Reklama huquqi asosida
Sport
Samarqandda 46-Butunjahon shaxmat olimpiadasi boshlanadi
15-sentyabr kuni Samarqand shahrida 46-FIDE Butunjahon shaxmat olimpiadasiga start beriladi. O‘zbekiston nufuzli musobaqaga ilk bor mezbonlik qilmoqda.
Olimpiada 15–27 sentyabr kunlari Silk Road Samarkand xalqaro ko‘rgazma markazida o‘tkaziladi. Ilk tur bahslari 16 sentyabrda boshlanadi. Jamoalar ochiq va ayollar toifasida 11 tur davomida g‘oliblik uchun kurashadi.
Musobaqada qariyb 400 ta terma jamoa, 4 mingdan ortiq shaxmatchi, murabbiy va delegatsiya a’zosi ishtirok etishi kutilmoqda.
Olimpiada bilan bir vaqtda Samarqandda FIDE Kongressi ham o‘tkaziladi. 24-sentyabrda shaxmatni ta’limga integratsiya qilishga bag‘ishlangan FIDE ta’lim sammiti, 25-sentyabrda esa hududiy saylovlar bo‘lib o‘tadi.
26–27 sentyabr kunlari FIDE Bosh assambleyasi o‘tkaziladi. 26-sentyabrda tashkilotning keyingi to‘rt yillik rahbariyati saylanadi. Shuningdek, Bosh assambleyada 2030-yilgi Butunjahon shaxmat olimpiadasi mezboni ham aniqlanadi.
Olimpiadaning so‘nggi turi va yopilish marosimi 27-sentyabrga belgilangan.
Sport
Messi Ispaniya futbol klubini sotib oladi — OAV
Argentinalik hujumchi Lionel Messi Ispaniyaning «Eldense» futbol klubini sotib oladi. Bu haqda Marca xabar berdi.
Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, 39 yoshli «Inter Mayami» futbolchisi klubning amaldagi egalari bilan kelishuvga erishgan. «Oltin to‘p»ning sakkiz karra sohibi «Eldense» aksiyalarining 100 foizini sotib olishni rejalashtirmoqda.
«Lionel Messi bilan aksiyalarni sotib olish bo‘yicha dastlabki kelishuvga erishildi. Natijada u klubning nazorat paketini egallaydi. Ayni paytda qolgan yuridik va shartnomaviy jarayonlar, jumladan, kompleks tekshiruv hamda Ispaniya Milliy sport kengashidan zarur ruxsatni olish ishlari yakunlanmoqda», — deyiladi klub bayonotida.
Aprel oyida Messi Ispaniya futbolining beshinchi divizionida ishtirok etadigan «Kornelya» klubining egasiga aylangan edi.
«Eldense» joriy mavsumda Ispaniyaning ikkinchi kuchli ligasi — Segundada ishtirok etmoqda. Jamoa ikki ochko jamg‘argan va turnir jadvalida 20-o‘rinni egallab turibdi.
Sport
«Paxtakor» futbolchisi Muhammadrasul Abdumajidov Fransiya jamoasiga o‘tadi
«Paxtakor» bosh murabbiyi Kamoliddin Tojiyev matbuot anjumanida himoyachi Muhammadrasul Abdumajidovning Fransiya jamoasiga o‘tishini tasdiqladi.
«Abdumajidov 1 yanvardan e’tiboran “Brest” a’zosiga aylanadi, shartnoma imzolangan. Shunchaki Muhammadrasulning o‘zi jamoada qolib, yordam berishni istadi.
Agar ular oldinroq xat jo‘natishganida, balki, uni Fransiyaga jo‘natar edik. O‘tgan yili Muhammadali O‘rinboyevni Belgiya jamoasiga bergandik», — dedi Tojiyev.
Avvalroq tarmoqda «Paxtakor» rahbariyati futbolchining Fransiya klubiga o‘tishiga ruxsat bermagani haqida xabarlar tarqalgan edi.
Shundan so‘ng klub Fransiyadan taklif kech yetib kelgani va O‘zbekistonda transfer davri yopilganini ma’lum qildi. Shu tufayli mazkur transfer bo‘yicha taklif qishda ko‘rib chiqilishi aytilgan.
Sport
Husan Botirov Biatlon federatsiyasi raisi etib saylandi
Bugun «Vatanparvar» tashkiloti Markaziy kengashida O‘zbekiston Biatlon federatsiyasining hisobot-saylov konferensiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda federatsiyaning yangi rahbariyati saylandi.
Konferensiya yakuniga ko‘ra, Husan Botirov O‘zbekiston Biatlon federatsiyasi raisi etib saylandi. Mansur Mamadaminov birinchi o‘rinbosar, Anvar Kurbaniyazov esa rais o‘rinbosari lavozimini egalladi.
Yangi rahbariyat federatsiya oldida turgan ustuvor vazifalarni belgilab, O‘zbekiston biatlonini yanada rivojlantirish, sportchilarning xalqaro musobaqalardagi natijalarini yaxshilash va yuqori darajadagi musobaqalarga puxta tayyorgarlik ko‘rishga alohida e’tibor qaratishini ma’lum qildi.
Xususan, 2027-yilgi Jahon chempionati hamda 2030-yilgi Qishki Olimpiya o‘yinlariga tayyorgarlik federatsiya faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biri bo‘lishi ta’kidlandi.
Yangi rahbariyat oldida biatlon infratuzilmasini rivojlantirish, iqtidorli sportchilarni saralash va tayyorlash hamda O‘zbekiston biatlonining xalqaro maydondagi mavqeini mustahkamlash kabi vazifalar turibdi.
Sport
«Beradigan boshqa narsam qolmadi» — Messi Argentina terma jamoasidagi faoliyatini yakunladi
Afsonaviy futbolchi Lionel Messi Argentina milliy terma jamoasidagi faoliyatini yakunlashini ma’lum qildi. Leo ijtimoiy tarmoqlarda bu haqdagi maktubni e’lon qildi.
«Finaldan keyingi voqealar va uzoq o‘ylanishlardan so‘ng barchaga milliy terma jamoadagi faoliyatimni yakunlayotganimni ma’lum qilmoqchiman. Bu og‘riqli qaror bo‘lgan va shunday bo‘lib qoladi. Biroq hozir buning uchun eng munosib vaqt ekanini tushunyapman.
Qasam ichaman, men nafaqat so‘nggi yillarda, barcha sovrinlarni qo‘lga kiritgan davrimizda, balki undan oldin ham doimo bor kuchimni berib keldim. Har doim kurashdim va sizlarga quvonch ulashish, futbol orqali argentinalik ekaningizdan faxrlanishingiz uchun ushbu kiyim sharafi uchun borimni berdim.
Vaqt oz qoldi. Yangi boblar ochilmoqda, ammo bu bob menga chuqur og‘riq bermoqda. Men milliy terma jamoada bo‘lishni sevdim, sevaman va har doim sevib qolaman. Bor kuchimni berdim. Endi beradigan boshqa narsam qolmadi.
Bundan tashqari, ortimdan juda iste’dodli yosh futbolchilar kelmoqda va ular terma jamoada bo‘lishga loyiq. 20 yil davomidagi mehringiz uchun rahmat», — deb yozdi Messi.
Messi Argentina terma jamoasida 2005 yildan buyon o‘ynab kelgan. U jami 207 ta uchrashuvda maydonga tushib, 125 ta gol urgan va 68 ta golli uzatmani amalga oshirgan.
Messi Argentina bilan 2022 yilgi jahon chempionati, 2021 va 2024 yillardagi Amerika kubogi, 2022 yilgi Finalissimada g‘olib bo‘lgan, shuningdek, 2008 yilgi Olimpiadada oltin medalni qo‘lga kiritgan.
Shuningdek, Leo bilan Argentina 2014 va 2026 yilgi jahon chempionatlarida finalga chiqqan. Jamoa 2007, 2015 va 2016 yillardagi Amerika kubogida ham kumush medallarni qo‘lga kiritgan.
-
Jamiyat5 days ago
Prezidentning xususiylashtirishga oid farmoni e’lon qilindi
-
Sport5 days ago
Husan Botirov Biatlon federatsiyasi raisi etib saylandi
-
Jamiyat5 days ago
Sudyalikka nomzodlar uchun yosh senzi 30 yoshga tushirilishi mumkin
-
Jamiyat4 days ago
Hokim yordamchilarining 9 ta asosiy vazifasi belgilab berildi
-
Iqtisodiyot5 days agoDollar qimmatladi, yevroda ham ko‘tarilish kuzatildi
-
Siyosat4 days ago
O‘zbekiston hukumati Suriyaga yangi elchisini jo‘natdi
-
Jamiyat4 days ago
O‘zbekistonning inklyuziv loyihasi Yevropa mukofoti finaliga chiqdi
-
Jamiyat3 days ago
2030 yilga qadar havoni ifloslantiruvchi moddalar miqdori 10,5 foizga kamaytiriladi
