Sport

OChL-2. «Andijon» safarda «Al-Xolidiya» bilan durang o‘ynadi

Published

on


Andijonliklar qatorasiga to‘rtinchi o‘yinda golsiz durang qayd etdi. Jamoa hujumlarni muvaffaqiyatli yakunlashda muammolarga duch kelmoqda.

Osiyo Chempionlar Ligasi 2 guruh bosqichidan o‘rin olgan Bahraynning «Al-Xolidiya» va O‘zbekistonning «Andijon» klubi o‘rtasidagi bahs golsiz yakunlandi. Ushbu turnir nufuzi jihatidan Osiyo Chempionlar Ligasi Elit musobaqasidan keyingi o‘rinda turadi.

5 noyabr kuni Bahraynda o‘tkazilgan bahsda tomonlar darvozani ishg‘ol qilolmadi, natijada mehmonlar qatorasiga to‘rtinchi o‘yinni golsiz yakunladi.

Bu natijadan so‘ng, «Andijon» 4 ochko jamg‘ardi va guruhda uchinchi o‘rinni egallab turibdi. «Al-Xolidiya» 6 ochko bilan 2-o‘rinda.

«Andijon» turnirdagi navbatdagi o‘yinini 26 noyabr kuni o‘z maydonida Turkmanistonning «Arqadag‘» klubiga qarshi o‘tkazadi.

OChL-2. Guruh bosqichi, 4-tur

5 noyabr, Riffa (Bahrayn)

«Al-Xolidiya» 0:0 «Andijon»

Al-Xolidiya: Ahmad Muborak, Klayd O’Konnel, Gleyson Uilson, Anas Vahim (Said Ziyo 68), Muhammad Saad (Joel Tumuteka 68), Mussa Kulibali, Komil Alasvand (Muhammad Odil 84), Sayfiddin Buxro (Nizar Usmoniy 68), Mendi Dominik, Ayub Amlud (Zaxi Fabiyan 84), Rikardo Manuel.

Andijon: Erjan Tokotayev, Sunnatulloh Hamidjonov, Shahzod Azimiddinov (Abubakr Ashurov 71), Otabek Jo‘raqo‘ziyev (Ismoil Akinade 71), Sardor Azimov (Abdulvohid G‘ulomov 45), Damir Temirov (Saidumarxon Saidnurallayev 71), Usmonali Ismonaliyev, Doniyor Abdumannopov, Muhammadkarim Toirov, Kristian Novak, Bektemir Abdumannonov.

Ogohlantirishlar: Gleyson Uilson (40), Klayd O’Konnel (76)



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version