Connect with us

Iqtisodiyot

Nega davlat banklarini xususiylashtirish kechikyapti?

Published

on


Sobiq moliya vaziri Odilbek Isoqovning fikricha, Rossiya-Ukraina urushi investorlarning mintaqadagi strategik aktivlarni sotib olishga bo‘lgan qiziqishini pasaytirgan. Bundan tashqari, O‘zbekistondagi aksar davlat banklarida foydaning kapitalga nisbati past, muammoli aktivlar foizi yuqori.

Sobiq moliya vaziri Odilbek Isoqov “Lolazor” podkastida davlat banklari transformatsiyasi, ularning xususiylashtirilishi va sohadagi hozirgi jarayonlarga to‘xtaldi. Uning so‘zlariga ko‘ra, banklar transformatsiyasi cho‘zilib ketayotgani bejiz emas, bunga bir nechta sabablar bor.

“Rossiya–Ukraina urushi hududimizdagi investorlarning strategik obektlarni sotib olishga qiziqishini kamaytirdi. Bundan tashqari, 20–25 yil oldin bo‘lgani kabi katta banklar endi yangi bozorlardan bank sotib olishmayapti. O‘sha paytda Koreyadan, Yevropadan, Qozog‘istondan banklar kirib kelgan edi. Bu ularga biznesini kengaytirish va riskini diversifikatsiya qilish imkonini bergan. Hozir esa ular uchun bu manfaatli emas”, — dedi Isoqov.

Uning fikricha, bugun bankni sotib oluvchi kam va sotuv jarayoni murakkablashgan. Shunga qaramay, transformatsiya jarayoni to‘xtamaydi.

“Davlat banklarida rentabellik past”

Isoqovning ta’kidlashicha, 2018–2019 yillarda boshlangan islohotlar muayyan natija bergan bo‘lsa-da, hali ko‘p o‘zgarishlar qilish kerak.

“Gap 7 yilning kamligida emas, balki banklar rahbarlariga qo‘yilayotgan KPI’larda. Xususiy banklarda foydaning kapitalga nisbati 30–35 foiz, ba’zida undan ham yuqori. Davlat banklarida esa ayrimlari salbiy, faqat 2–3 tasida 10 foizdan yuqori ko‘rsatkich bor. Bu ko‘rsatkichlarni oshirish shart. Shuningdek, muammoli aktivlar foizi 2–3 atrofida ushlab turilishi zarur. Kapital yetarliligi ham muhim – banklar hozir 15–16 foizni ushlab turibdi”, — deya izoh berdi sobiq vazir.

Isoqov iqtisodiyot o‘sayotganini, banklarning foydaliligini oshirish uchun imkoniyatlar mavjudligini qayd etdi. Shu bilan birga, davlat topshiriqlari banklar faoliyatining tijorat qismini cheklamasligi lozimligini ta’kidladi.

“Davlat topshiriqlari bilan 2–3 ta blok ishlasin, qolgan bloklar esa pul topish bilan shug‘ullansin. Shunda transformatsiyani muvaffaqiyatli yakunlash mumkin bo‘ladi”, — dedi u.

“Bank tizimi 80–90 foiz davlat qo‘lida bo‘lmasligi kerak”

Isoqovning so‘zlariga ko‘ra, ko‘p mamlakatlarda davlat banklari soni juda kam.

“Bank tizimining 80–90 foizi davlatga tegishli bo‘lmasligi kerak. Qozog‘istonda ham 1–2 ta rivojlanish banki bor. Lekin bu davlat biz uchun yaxshi misol emas, chunki inqiroz davrida bir nechta davlat banklari yopilgan. Bizda qarorga ko‘ra, uchta bank davlat ixtiyorida qoladi: O‘zmilliybank, Mikrokreditbank va Agrobank. Qolganlarini baribir xususiylashtirish kerak. Bu IPO yoki mahalliy investorlarga sotish orqali bo‘ladimi – baribir, bank tizimini konsolidatsiyalash vaqti keldi”, — deya xulosa qildi Isoqov.

Davlat banklarini sotish kechiktirilishi

Joriy yilning iyul oyida hukumat bir qator davlat banklarini sotishni yana kechiktirdi.

“O‘zsanoatqurilishbank”ni xususiylashtirishning yakuniy bosqichi 2025−2026 yillarga, “Asakabank”, “Aloqabank” va “Turonbank”niki esa 2026−2027 yillarga mo‘ljallanyapti. Shu bilan birga “Milliy bank”, “Agrobank”, “Xalq banki”, “Mikrokreditbank” va “Biznesni rivojlantirish banki” ustav kapitallaridagi davlat ulushini 2028 yilgacha sotish rejalashtirilmagan.

Ma’lumot uchun, mamlakatdagi ikkinchi yirik bank hisoblangan «O‘zsanoatqurilishbank»dagi barcha davlat ulushini 2022 yil oxirigacha, keyinchalik esa 2023 yil oxirigacha savdoga chiqarish rejalashtirilgandi. Shundan so‘ng 2024 yil oxirigacha xususiylashtirish orqali bankdagi davlat ulushini 50 foizdan kamaytirishga qaror qilindi, ammo bu amalga oshmadi.

Avvalroq “Asakabank” xususiylashtirish muddati 2023 yil oxiridan 2025 yil oxirigacha surilgani xabar qilingandi. “Asakabank” bugungi kunda Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi (88,22 foiz), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (10,85 foiz), Buxoro neftni qayta ishlash zavodi (0,73 foiz), “O‘zavtosanoat” (0,1 foiz), “O‘zagrosug‘urta” (0,08 foiz) va “O‘zbekinvest”ga (0,02 foiz) tegishli.

Iqtisodiyot va moliya vazirligining tushuntirishicha, ushbu beshta bankdagi davlat ulushini saqlab qolish aholining moliyaviy xizmatlarga bo‘lgan talabini qondirish, investitsiya loyihalarini qo‘llab-quvvatlash va bank xizmatlari bilan hududiy qamrovni kengaytirishga qaratilgan.



Source link

Continue Reading
Click to comment

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Iqtisodiyot

O‘zbekiston mahsulotlarini eng ko‘p sotib oluvchi mamlakatlar ma’lum bo‘ldi

Published

on


Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning yanvar–iyul oylarida O‘zbekistonning eksport hajmi 19,9 mlrd AQSh dollarini tashkil etdi.

Mazkur davrda O‘zbekiston eksportida yuqori ulushga ega bo‘lgan mamlakatlar (top-10):


Rossiya — 2,8 mlrd AQSh dollari;
Xitoy — 1,7 mlrd;
Afg‘oniston — 1,1 mlrd;
Qozog‘iston — 868 mln;
Fransiya — 854,9 mln;
Gonkong (Xitoy maxsus ma’muriy hududi) — 716 mln;
Turkiya — 596,2 mln;
Qirg‘iziston — 575,8 mln;
Tojikiston — 437,5 mln;
BAA — 420,8 mln.



Source link

Continue Reading

Iqtisodiyot

Dollar qimmatladi, yevroda ham ko‘tarilish kuzatildi

Published

on



Dollar qimmatladi, yevroda ham ko‘tarilish kuzatildi



Source link

Continue Reading

Iqtisodiyot

Bojxona sohasida tadbirkorlar uchun bir qator yengilliklar joriy etiladi

Published

on


Davlat bojxona xizmati organlari faoliyatini takomillashtirish va bojxona ma’murchiligida zamonaviy yondashuvlarni joriy etishga qaratilgan Prezident farmoni qabul qilindi.

Unga ko‘ra, bojxona sohasida bir qator yangi tartiblar belgilandi.

Jumladan, 2026 yil 1 oktyabrdan xavf darajasi past hamda QQS guvohnomasi faol bo‘lgan tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilariga tovarlarni import qilishda to‘lanadigan QQS summalarini o‘zaro hisobga olish imkoniyati yaratiladi.

Shuningdek, tovarlar eksportida nazorat jarayonlarining raqamlashtirilishi va takomillashtirilishi natijasida bojxona rasmiylashtiruvi, fitosanitariya sertifikati, fumigatsiya hamda tovarning kelib chiqish sertifikati uchun yig‘im va to‘lovlar miqdori 30 foizga kamaytiriladi.

2027 yil 1 yanvardan tovarlarning bojxona qiymatini nazorat qilish tartibi ham soddalashtiriladi. Xususan, xavf darajasi past bo‘lgan tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilari olib kirayotgan tovarlarning bojxona qiymati tovarlar erkin muomalaga chiqarilgandan keyin nazorat qilinadi.

Bundan tashqari, bojxona qiymatini nazorat qilish maqsadida tovarlar uchun qat’iy bojxona qiymatini belgilash taqiqlanadi. Bojxona qiymati bo‘yicha dastlabki qaror qabul qilish amaliyoti joriy etiladi hamda nazorat jarayonida rasmiy diller va distribyutorlarning narx ma’lumotlaridan foydalanish yo‘lga qo‘yiladi.

2027 yil 1 iyundan esa jismoniy shaxslar tomonidan notijorat maqsadlarda olib o‘tiladigan tovarlar bo‘yicha yagona bojxona to‘lovi miqdori to‘lanishi lozim bo‘lgan bojxona yig‘imlaridan kam bo‘lsa, ushbu yig‘imlar undirilmaydi.



Source link

Continue Reading

Iqtisodiyot

Dushanba kuni ham dollar kursi pastlaydi

Published

on


Markaziy bank 2026-yil 7-sentyabrdan valyutalarning yangi kursini belgiladi. 

AQSh dollari 9,7 so‘mga tushib, 11 785,30 so‘m etib belgilandi.

Yevro kursi 3,01 so‘mga tushdi va 13 695,70 so‘m bo‘ldi. Funt-sterling 15 949,95 so‘mni tashkil qildi (+31,7).

Rossiya rubli 136,13 so‘m etib belgilandi (+0,33).



Source link

Continue Reading

Iqtisodiyot

O‘zbekiston mahsulotlari AQShning eng yirik savdo tarmog‘i orqali Amerika bozoriga chiqishi mumkin

Published

on


O‘zbekiston bosh konsuli Axror Burxanov «Costco Wholesale» kompaniyasi rahbariyati bilan uchrashuv o‘tkazdi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri.

Muloqot avvalida O‘zbekistonning qishloq xo‘jaligi, to‘qimachilik va hunarmandchilik sohalaridagi eksport salohiyati haqida ma’lumot berildi. Kompaniya vakillariga AQSh bozoriga olib kirishga ruxsat etilgan oliy navli o‘zbek mayizi va quritilgan o‘rik namunalari ham taqdim etildi.

O‘z navbatida, «Costco» vakillari o‘zbek mayizining sifati va tashqi ko‘rinishini yuqori baholab, uni savdo tarmog‘ida sotuvga chiqarish bo‘yicha zarur choralarni ko‘rishga tayyorligini bildirdi.

Suhbat davomida pista, grek yong‘og‘i, bodom, golubika, gilos, uzum, anor va boshqa yangi hamda quritilgan mevalarni yetkazib berish istiqbollari yuzasidan fikr almashildi.

Shuningdek, uchrashuvda o‘zbekistonlik eksportchilarni AQShdagi qadoqlash va markirovkalash korxonalari bilan bog‘lash, shuningdek, kelgusi yil fevral oyida o‘tkaziladigan mahsulotlar taqdimotida ishtirok etishga ko‘maklashish masalalari ham muhokama qilindi.

Bundan tashqari, o‘zbek tekstili, milliy kulolchilik buyumlari, idish-tovoq va qo‘l mehnati asosida tayyorlangan dekorativ mahsulotlarni «Costco» orqali sotish imkoniyatlari ko‘rib chiqildi.

Kompaniya vakillari raqobatbardosh mahsulotlar aniqlangan taqdirda, ularni global xarid jamoalariga taqdim etishdan manfaatdor ekanini qayd etdi.



Source link

Continue Reading

Trending

Copyright © 2025 Xabarlar. powered by Xabarlar.