Connect with us

Jamiyat

Navoiyda er ajrashayotgan xotinini alimentdan voz kechmagani uchun mashinada urib ketdi

Published

on


Ayolning umurtqasi sinib, belidan past qismi falaj bo‘lib qolgan. Avvaliga tergov voqeani qasddan urib ketish va qochib ketish deb hisoblamagan, jinoyat ishi yo‘l qoidalarini buzish moddasi bilan ochilgan. Keyinroq jabrlanuvchining ko‘rsatmasidan keyin, ish qayta malakalanib, gumonlanuvchiga nisbatan Jinoyat kodeksining 104-moddasi, 2-qismi bilan ish qo‘zg‘atilgan.

Navoiy viloyati Qiziltepa tumanida erkak ajrashish uchun ariza bergan va alimentdan voz kechmagan turmush o‘rtog‘ini Damas avtomashinasida urib ketdi. Bu haqda fuqarolik ishlari bo‘yicha viloyat sudi qaroriga tayanib Nemolchi.uz loyihasi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, jabrlanuvchi Zamira uzoq yillar davomida turmush o‘rtog‘i Shahriyor tomonidan muntazam ravishda kaltaklab kelingan va natijada ayol ajrashish qarorini qabul qilishga majbur bo‘lgan.

Fuqarolik ishlari bo‘yicha Navoiy viloyat sudi 12 avgust kuni ajrashish to‘g‘risidagi ishni ko‘rib chiqib, er-xotinga uch oy muddat bergan. Sud qarori bilan erkak to‘rt nafar voyaga yetmagan farzandi uchun aliment to‘lashga majbur qilingan.

13 avgust kuni Shahriyor Zamiraga qo‘ng‘iroq qilib, alimentdan voz kechishini talab qilgan, aks holda «o‘zidan yaxshilik kutmasligi kerakligi»ni aytib tahdid qilgan.

«14 avgust kuni ertalab Shahriyor Damas avtomashinasini uyidan haydab chiqib, yo‘l chetida ketayotgan Zamirani urib yuborgan. Oqibatda Zamira og‘ir jarohat olib, belidan past qismi falaj bo‘lib qolgan, umurtqasi sinib, asab tomirlari shikastlangan. Bugungi kungacha u shifoxonada og‘ir ahvolda davolanmoqda. Yaqinlari uning davolanishi uchun katta miqdorda pul sarflab, qarzga kirgan. Zamirani jarrohlik amaliyoti Toshkentda o‘tkazishi rejalashtirilgan, biroq uning oilasida hozirda mablag‘ yetishmayapti», – deyiladi xabarda.

Ayolning yaqinlari Nemolchi.uz muxbiriga aytishicha, halokatga sababchi bo‘lgan shaxs davolanishga yordam berishdan bosh tortmoqda. Unga Jinoyat kodeksining 266-moddasi (Transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Qo‘shimcha qilinishicha, tergov dastlab voqeani qasddan urib ketish va qochib ketish deb hisoblamagan, yengilroq ayblovni tanlagan (uch yilgacha qamoq jazosi). Shuningdek, erkak hibsga olinmagan va Zamiraga yozishda davom etib, «yaxshi narsa bo‘lmaydi», deya tahdidini davom ettirmoqda.


UPD: Navoiy viloyati IIB axborot xizmati rahbari Fayozjon Qosimovning aniqlik kiritishicha, jabrlanuvchi hushiga kelgach, tergov harakatlariga jalb qilingan va u turmush o‘rtog‘i tomonidan avtomashinasi orqali qasddan urib ketilganini bayon qilgan. Holat oydinlashgach, olib borilayotgan ish qayta malakalanib, gumonlanuvchiga nisbatan Jinoyat kodeksining 104-moddasi, 2-qismi (sovuq qurol sifatida foydalanilishi mumkin bo‘lgan ashyolarni ishlatib sodir etilgan qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish / 5 yildan 8 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi) bilan ish qo‘zg‘atilgan.

«Bu holat O‘zbekistonda ayollarni himoya qilish tizimi haqida ko‘plab savollar tug‘diradi. Nega ayollar oiladagi zo‘ravonlikdan qochishga urinib, hayotlarini xavf ostiga qo‘yishga majbur? Nega Shahriyorga o‘xshagan erkaklar aliment to‘lamaslik uchun o‘ldirishga tayyor bo‘ladigan darajada mas’uliyatsiz va jazosiz? Nega voqea xronologiyasi va aniq sababga qaramay, tergovchilar urib qochishni uning xotinini o‘ldirishga urinish sifatida ko‘rmasdan baxtsiz hodisa deb hisoblamoqda? Nega ayol va uning yaqinlari qo‘rquvda va yordamsiz yashashlari kerak?» – deya xulosa qildi Nemolchi.uz.



Source link

Continue Reading
Click to comment

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Jamiyat

Chilonzor va Yakkasaroy tumanlarining bir qismida elektr ta’minoti qayta tiklandi

Published

on


Energetiklar tomonidan nosozlikni bartaraf etish va barcha iste’molchilarning elektr ta’minotini bosqichma-bosqich qayta tiklash ishlari davom ettirilmoqda.

Foto: Energetika vazirligi

Bugun, 28 iyun soat 20:45 da Toshkent shahridagi «Yuksak» podstansiyasida nosozlik yuz berishi oqibatida poytaxtning Mirobod, Chilonzor va Yakkasaroy hamda Toshkent viloyatining Zangiota tumanlarining ayrim hududlarida elektr ta’minotida vaqtincha uzilish kelib chiqqani xabar qilingandi.

FVV xabariga ko‘ra, “svet” o‘chishi oqibatida Chilonzor tumanida joylashgan Dream Park istirohat bog‘idagi «Charxpalak» attraksionida qolib ketgan fuqarolar xavfsiz joyga tushirib olingan.

Xabar qilinishicha, ayni paytda Energetika vazirligi hamda “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ rahbariyati podstansiyada bo‘lib, ular tomonidan nosozlikni tiklash ishlari nazoratga olingan.

Energetiklar tomonidan nosozlikni bartaraf etish va barcha iste’molchilarning elektr ta’minotini bosqichma-bosqich qayta tiklash ishlari davom ettirilmoqda.



Source link

Continue Reading

Jamiyat

Dubayda og‘ir ahvolga tushib qolgan oila O‘zbekistonga qaytarildi

Published

on


Aviareyslarda kechikish va Yaqin Sharq mintaqasidagi keskin vaziyat sababli oila mamlakatni tark eta olmagan. Shuningdek, vizasiz yurish muddati tugagani uchun ular jarimaga tortilgan.

BAAda og‘ir vaziyatga tushib qolgan oila O‘zbekistonning Dubaydagi Bosh konsulxonasi ko‘magida vatanga qaytarildi.

Qayd etilishicha, P.G. va uning farzandi A.Z. 2025 yilda mavsumiy ishlash maqsadida BAAning Dubay shahriga borgan.

Biroq moliyaviy qiyinchiliklar sababli 2026 yil yanvarida O‘zbekistonga qaytish uchun aviachiptalar xarid qilgan. Aviareyslarda kechikish va Yaqin Sharq mintaqasidagi keskin vaziyat tufayli ular mamlakatni tark eta olmagan.

Shuningdek, vizasiz yurish muddati tugagani uchun oila vakillari jarimaga tortilgan.

O‘zbekistonning BAAdagi Bosh konsulxonasi tomonidan Dubay immigratsiya xizmati bilan olib borilgan muzokaralar natijasida ularning mamlakatni jarimasiz tark etishiga ruxsat olindi.

Ushbu oila a’zolari uchun 26 iyun kuni “Dubay–Toshkent” yo‘nalishi bo‘yicha aviachiptalar xarid qilindi hamda ularning O‘zbekistonga qaytishi ta’minlandi.

 

 



Source link

Continue Reading

Jamiyat

Toshkent davlat agrar universiteti sport kompleksida yong‘in sodir bo‘ldi

Published

on


Qayd etilishicha, hodisa oqibatida tan jarohati olganlar yo‘q.

Bugun, 28 iyun kuni Toshkent davlat agrar universitetida yong‘in sodir bo‘ldi.

Xabar qilinishicha, soat 15:17 da «112» tizimidan Toshkent viloyati FVBBga Toshkent davlat agrar universiteti sport kompleksi binosining tom qismi yonayotganligi to‘g‘risida xabar kelib tushgan.

Xabarga asosan, qutqaruv bo‘linmalari voqea joyiga yetib borgan. Yong‘in soat 15:59 da qurshab olingan hamda soat 16:15 da to‘liq bartaraf etilgan.

Qayd etilishicha, hodisa oqibatida tan jarohati olganlar yo‘q.

Yong‘in sababi va zarari aniqlanmoqda.

 



Source link

Continue Reading

Jamiyat

Boysundagi dor yo‘li attraksionida nosozlik ro‘y berdi

Published

on


Dor yo‘lining po‘lat arqonlari belgilangan texnik me’yorlar asosida yetarli darajada tarang tortilmagani hamda qiyalik burchagi talab darajasida ta’minlanmagani oqibatida fuqaro harakat yo‘nalishining o‘rtasida to‘xtab qolgan.

27 iyun kuni Surxondaryo viloyati Boysun tumani Omonxona mahallasi hududida joylashgan qarashli dor yo‘li (ziplayn) attraksionida noxush hodisa qayd etildi.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, mazkur dor yo‘li attraksioni texnik jihatdan to‘liq ishga tushirilmagan, davlat ro‘yxatidan o‘tkazilmagan hamda undan foydalanish uchun tegishli ruxsatnoma olinmagan bo‘lishiga qaramasdan, fuqaro undan foydalanishga harakat qilgan.

Dor yo‘lining po‘lat arqonlari belgilangan texnik me’yorlar asosida yetarli darajada tarang tortilmagani hamda qiyalik burchagi talab darajasida ta’minlanmagani oqibatida fuqaro harakat yo‘nalishining o‘rta qismida to‘xtab qolgan.

Tashkilot xodimlari tomonidan fuqaro xavfsiz tarzda attraksiondan tushirib olingan.

Hodisa oqibatida fuqaro tan jarohati olmagan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasi tomonidan o‘rganish ishlari olib borilmoqda.

 



Source link

Continue Reading

Jamiyat

Audiosi tarqalgan Muzrabot tumani hokimi jazoga tortildi

Published

on


Muzrabot tumani hokimiga jazo berildi. Bu haqda Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi xabar berdi. 

Ijtimoiy tarmoqlarda Muzrabot tumani hokimi Abdulla Mamatqulovning fermerlarni haqorat qilgani aks etgan audiosi tarqalib, keng muhokamalarga sabab bo‘lgan edi.

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi ushbu holat yuzasidan Surxondaryo viloyati hokimligiga xizmat tekshiruvi o‘tkazish bo‘yicha taqdimnoma kiritdi.

O‘rganishlar davomida mazkur holatda davlat xizmatchisining odob-axloq qoidalari talablariga zid xatti-harakatlarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi. 

Qonunchilikka muvofiq, davlat fuqarolik xizmatchilari xizmat vazifalarini vijdonan bajarishi, davlat organlari va tashkilotlarining obro‘-e’tiboriga putur yetkazishi mumkin bo‘lgan xatti-harakatlardan tiyilishi, shuningdek, fuqarolar bilan munosabatlarda xushmuomalalik, hurmat va professionallik tamoyillariga qat’iy rioya qilishi shart, deyiladi agentlik xabarida.

Davlat xizmatchisining odob-axloq qoidalarini buzgani uchun Muzrabot tumani hokimi Abdulla Mamatqulovga nisbatan «hayfsan» intizomiy jazosi qo‘llanildi.

Agentlik davlat xizmatida axloqiy standartlar buzilishiga qarshi choralarni davom ettirishini ma’lum qildi.



Source link

Continue Reading

Trending

Copyright © 2025 Xabarlar. powered by Xabarlar.