Connect with us

Jamiyat

Aholi ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish tartibi belgilandi

Published

on


Hukumatning 629-son qarori bilan «O‘zbekiston Respublikasida aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish tartibi to‘g‘risida»gi nizom tasdiqlandi.

Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasida aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish tartibini belgilaydi.

Ro‘yxatga olish 2026-yilning 15-yanvaridan 28-fevraliga qadar o‘tkaziladi va ro‘yxatga olish boshlanishining aniq payti 2026-yil 15-yanvar  soat 00:00 etib belgilanadi. Ro‘yxatga olishni o‘tkazish davomiyligi – 45 kun.

Respondentlarning shaxsga va qishloq xo‘jaligi faoliyatiga doir ma’lumotlarini to‘plash jarayonida ro‘yxatga olish sanasidan keyingi o‘zgarishlar hisobga olinmaydi.

Jumladan, ro‘yxatga olish savolnoma shakllari va boshqa ro‘yxatga olish hujjatlari 2026 yilning 15 yanvaridan keyin tug‘ilgan bolalarga nisbatan to‘ldirilmaydi, biroq ro‘yxatga olish sanasidan keyin vafot etgan shaxslarga nisbatan to‘ldiriladi.

Aholi soni va uning tarkibini hisoblashda:


bir yildan ortiq muddatda mamlakat hududida bo‘lmagan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari;
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida akkreditatsiya qilingan chet davlatlar doimiy vakolatxonalarining, xalqaro, hukumatlararo tashkilotlar va chet davlatlar hukumat tashkilotlari vakolatxonalarining xodimlari bo‘lgan chet el fuqarolari hamda ularning oila a’zolari;
O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga muvofiq diplomatik imtiyozlarga va immunitetga ega bo‘lgan boshqa shaxslar hisobga olinmaydi.

Respondentlar o‘zining (doimiy yoki vaqtincha) yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olinadi. Bunda kunlik tungi dam olishining ko‘proq qismini o‘tkazadigan uy (hovli), kvartira, yashash uchun foydalanilayotgan boshqa turar joy yoki noturar joy bino yashash joyi hisoblanadi.



Source link

Continue Reading
Click to comment

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Jamiyat

Davomli yo‘tal saraton alomati bo‘lishi mumkinligi aytildi

Published

on


Davomli yo‘tal saraton kasalligi alomati bo‘lishi mumkin. 

Buyuk Britaniya Milliy Sog‘liqni Saqlash Xizmati uch hafta yoki undan ko‘proq davom etadigan yo‘tal saraton kasalligining alomati bo‘lishi mumkinligi haqida ogohlantirdi, deb xabar beradi Mirror gazetasi. 

“Bu davrda davom etadigan yo‘tal o‘limga olib keladigan kasallik tufayli kelib chiqishi mumkin”, deb yozadi Mirror gazetasi. Nashr har yili 33 000 dan ortiq britaniyaliklar ushbu kasallikdan vafot etishini ta’kidladi. 

Gazetaning ta’kidlashicha, yo‘tal ko‘pincha COVID-19 yoki oddiy shamollash kabi ko‘plab kasalliklarga xos bo‘lgan zararsiz alomatdir, ammo u o‘limga olib keladigan kasallikning alomati ham bo‘lishi mumkin.



Source link

Continue Reading

Jamiyat

Zoyir Mirzayevga yordamchi tayinlandi

Published

on


Zoyir Mirzayevga yordamchi tayinlandi. Bu haqda Toshkent viloyati hokimligi xabar berdi. 

Toshkent viloyati hokimining 2025-yil 6-noyabrdagi qarori bilan Rasulov Dilshod Ozodovich Toshkent viloyati hokimning mahalliy sanoatni rivojlantirish masalalari bo‘yicha yordamchisi etib tayinlandi. 

Dilshod Rasulov mutaxassisligi bo‘yicha moliyachi-iqtisodchi, siyosatshunos. 

Tayinlovga qadar O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi raisining o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan edi.



Source link

Continue Reading

Jamiyat

Toshkentda issiq suvdagi zang holatlari tekshiriladi

Published

on


Veolia Energy agar issiq suv sifati tashqi tarmoqlardagi nosozliklar bilan bog‘liq ekani tasdiqlansa, belgilangan tartibda to‘lovlarni qayta hisoblash masalasi ko‘rib chiqilishi haqida xabar berdi.

Sun’iy intellekt chizgan surat

Veolia Energy Tashkent kompaniyasi issiq suv rangining vaqtincha o‘zgarishi bilan bog‘liq murojaatlar bo‘yicha issiqlik tarmoqlari va tugunlari holatini tekshirish ishlarini davom ettirmoqda.

Qayd qilinishicha, fuqarolarning shu mazmundagi barcha murojaatlari ro‘yxatga olinadi va boshqaruv kompaniyalari, MJTK va bevosita boshqaruv vakillari bilan birgalikda uylar texnik ko‘rikdan o‘tkaziladi.

«Agar issiq suv sifati tashqi tarmoqlardagi nosozliklar bilan bog‘liq ekani tasdiqlansa, belgilangan tartibda to‘lovlarni qayta hisoblash masalasi ko‘rib chiqiladi. Qayta hisob-kitob uchun asos bo‘lib, kompaniya vakili va iste’molchi tomonidan birgalikda tuzilgan, aniqlangan og‘ishlarning xarakteri va davomiyligini qayd etgan dalolatnomalar xizmat qiladi. Ushbu dalolatnomalar imzolangach, ular tuman bo‘limiga topshiriladi va shu asosda hisob-kitoblar belgilangan tartibda qayta ko‘rib chiqiladi», deyiladi xabarda.

Poytaxtning qator tumanlarida issiq suv ta’minotida zangli suv kelishi avval ham aniqlangan edi. Veolia buni isitish mavsumiga tayyorgarlik bilan izohlab, murojaat qilgan iste’molchilar bilan dalolatnoma asosida qayta hisob-kitob etilishini ma’lum qildi.



Source link

Continue Reading

Jamiyat

Ehtiyot bo‘ling: xavfli radiatorlar!

Published

on


Texnik jihatdan tartibga solish sohasida nazorat inspeksiyasi xavfli radiatorlardan ogohlantirdi.

Inspeksiyaning Surxondaryo va Samarqand viloyatlari bo‘limlari tomonidan nazorat xaridlari o‘tkazildi. Natijada Xitoyda ishlab chiqarilgan TDS va Valencia nomli isitish radiatorlari amaldagi standart talablariga javob bermasligi aniqlandi. 

Aniqlangan kamchiliklar: 

 • Suv bosimiga bardosh bera olmaslik; 

 • Xonani yetarlicha isitmaslik; 

 • Suv bosimi oshganda suv toshishi xavfi mavjud. 

 Bu kabi nuqsonlar o‘rnatilgan radiatorlardan foydalanish vaqtida xavfsizlikni jiddiy xavf ostiga qo‘yadi Jumladan, uy va mol-mulkka zarar yetkazishi, elektr tarmoqlarida qisqa tutashuvga olib kelishi, hatto yong‘in xavfini keltirib chiqarishi mumkin.



Source link

Continue Reading

Jamiyat

Toshkent viloyatida salkam 2,5 mlrd so‘mlik o‘g‘irlik fosh etildi

Published

on


Toshkent viloyatida elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan savdo do‘konlari va umumiy ovqatlanish shoxobchasi aniqlandi. 

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Zangiota tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “B.X.” MChJ rahbari X.R. savdo do‘konida tijorat maqsadida elektr tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri ulanib, 1,4 mlrd so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganligi aniqlangan.

Shu kabi, Departamentning Yangiyo‘l tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda fuqaro Sh.T. Zangiota tumani, “Keng-kichik” MFY hududidagi savdo do‘koni va umumiy ovqatlanish shoxobchasida umumiy foydalanishdagi gaz va elektr tarmoqlariga o‘zboshimchalik bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri ulanib, 1 mlrd so‘mlik energiya resurslaridan noqonuniy foydalanganligi aniqlangan. 

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Avvalroq Qashqadaryoda aholiga mo‘ljallangan gazni pullagan rahbar ushlangandi. 

 



Source link

Continue Reading

Trending

Copyright © 2025 Xabarlar. powered by Xabarlar.