Iqtisodiyot
NASDAQ “Toshkent” fond birjasi modernizatsiyasida yordam beradi
Iqtisodiyot | 09:05
539
1 daqiqa o‘qiladi
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Nyu-York shahriga tashrifning ishbilarmonlik dasturi doirasida NASDAQ fond birjasi raisi Adena Fridman bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Foto: Prezident matbuot xizmati
NASDAQ – 30 trillion AQSh dollaridan ortiq aktivlarni boshqaruvchi dunyodagi yetakchi moliya bozori operatorlaridan biri.
“Toshkent” fond birjasini modernizatsiya qilish, davlat obligatsiyalari savdosi uchun yaxlit infratuzilma yaratish rejalari ko‘rib chiqildi.