Jamiyat

Namangan viloyatida qalbaki dollar sotayotganlar ushlandi

Published

on


Fuqaro qalbaki 20 000 dollarni haqiqiy 14 000 dollarga sotishga kelishib, oldindan qalbaki 8 000 dollarni bergan vaqtida ushlanib, tadbirda boshqa bir fuqarodan qalbaki 6 000 dollar olingan.

Foto: Bosh prokuratura huzuridagi departament

Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Kosonsoy tumani bo‘limi, DXX va bojxona xodimlari hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazildi.

Unda, fuqaro F.T. fuqaro A.X.ga qalbaki 20 000 AQSh dollarini haqiqiy 14 000 AQSh dollariga sotishga kelishib, oldindan 100 AQSh dollarlik kupyuradagi qalbaki 8 000 AQSh dollarini bergan vaqtida ushlanib, davom etgan tadbirda boshqa bir fuqaro N.T.dan qalbaki 6 000 AQSh dollari ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 176-moddasi (qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qog‘ozlar yasash, ularni o‘tkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version