Connect with us

Sport

«MYu» Ruben Amorimni ishdan bo‘shatdi

Published

on


APLda bir hafta ichida ikkinchi jiddiy iste’fo ro‘y berdi. Ruben Amorim matbuot anjumanida rahbariyatga ochiq e’tiroz bildirishi ortidan «Manchester Yunayted» bosh murabbiyligidan ketdi.

«Manchester Yunayted» Ruben Amorim asosiy jamoa bosh murabbiyligidan iste’foga chiqqanini e’lon qildi.

Bu iste’fo portugaliyalik mutaxassis 4 yanvar kuni «Lids» bilan o‘yindan keyin (1:1) o‘tkazilgan matbuot anjumani vaqtida klub sport direktori Jyeyson Uilkoks bilan o‘rtada ziddiyat borligiga ishora qilgandi; u bosh murabbiy emas, balki menejer ekaniga urg‘u qaratgan; shuningdek, iste’foga chiqmasligi va «yaqin 18 oy ichida yoki uni almashtirishga qaror qilishmagunicha aynan menejer sifatida ishlashi»ni aytgandi.

«Qaytaraman, men menejer bo‘lishni xohlayman, bosh murabbiy emas. Tuxel, Konte yoki Mourinio emas ismim, lekin “Manchester Yunayted” menejeriman va hech qayerga ketmoqchi emasman. Shartnomaga ko‘ra yana bir yarim yil shu ishni qilaman, keyin hamma o‘z yo‘liga ketaveradi. Sport direktori ham, skauting bo‘limi ham, men ham o‘z ishimizni qilcak kifoya.

Agar Gari Nevillning tanqidlari kimnidir xavotirga solsa, klubni almashtirishi kerak», – degandi u.

Klub esa rasmiy xabarida u menejerlikdan emas, aynan «bosh murabbiylikdan iste’foga chiqarilgani»ga urg‘u qaratdi. 

Katta ehtimol bilan, u va sport direktori o‘rtasida qishda yangi transferlar qilish-qilmaslik masalasida ziddiyat yuzaga kelgan. Hozirda klubda qator asosiy tarkib futbolchilaridan foydalana olmayapti (Bruno Fernandesh, de Liht, Kobi Maynu jarohatlangan, yana uch muhim futbolchi – Amad, Mazraviy va Mbeumo Afrika kubogiga ketgan) va so‘nggi turlarda murabbiyning tanlov imkoniyatlari haddan tashqari cheklangandi. 

Amorim «MYu»da 2024 yil noyabrida Erik ten Haag o‘rniga ish boshlagandi. Portugaliyalik ushbu mutaxassis bungacha Lissabonning «Sporting» klubida ishlagan va ushbu jamoa bilan Portugaliya chempionatida g‘olib chiqqandi.

«Qizil iblislar» o‘tgan mavsumni 15-o‘rinda yakunlagan, joriy mavsumda esa 20 turdan keyin 31 ochko (8 g‘alaba, 7 durang, 5 mag‘lubiyat) to‘plagan holda turnir jadvalining 6-pog‘onasida bormoqda. Mankunianliklar peshqadam «Arsenal»dan 17 ochkoga ortda qolib ketishgan.

Amorim jami 63 ta o‘yinda «qizil iblislar»ga ustozlik qildi. Bu o‘yinlarning 25 tasida g‘alaba, 15 tasida durang, 23 tasida mag‘lubiyat qayd etildi. Uning boshqaruvida jamoa Yevropa Ligasi finaliga chiqdi, ammo finalda «Tottenhem»ga yutqazdi.

«Manchester Yunayted» APLning keyingi turida «Byornli» mehmoni bo‘ladi. Ushbu o‘yinga jamoani mavsum yakuniga qadar vaqtincha murabbiy etib tayinlangan Darren Fletcher boshqarib boradi.

Qayd etish kerakki, Amorim «MYu»da ser Aleks Fergyuson erasidan keyingi davrda ishlagan o‘ninchi mutaxassis bo‘ldi. 2013 yildan buyon jamoa boshqaruvida Devid Moyyes, Rayan Giggz (v.b), Lui van Gaal, Joze Mourinio, Ole Gunnar Sulsher, Maykl Kerrik (v.b), Ralf Rangnik (vaqtincha), Erik ten Haag hamda Ruud van Nistelroy (vaqtincha) kabi mutaxassislar ishladi.

Amorim APLda yangi yil boshidan buyon iste’foga chiqarilgan ikkinchi bosh murabbiy bo‘ldi – 1 yanvar kuni «Chelsi» Enso Mareska bilan hamkorlikni to‘xtatgandi.

APLning joriy mavsumi boshidan buyon yana to‘rt mutaxassis ishdan bo‘shatilgan – Nunu Eshpiritu Santu («Nottinghem»), Enjye Posteko‘g‘li («Nottinghem»), Grem Potter («Vest Hem») va Vitor Pereyra («Vulverhempton»). Ayni vaqtda «Vest Hem»ni boshqarayotgan Nunu Santu bu klubdan ham iste’foga chiqarilishi kutilmoqda.



Source link

Continue Reading
Click to comment

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Sport

Rossiyalik shaxmatchilar O‘zbekistonda o‘tkaziladigan Olimpiadada qatnashmaydi

Published

on


Xalqaro shaxmat federatsiyasi (FIDE) Prezident kengashi rossiyalik shaxmatchilarni Butunjahon shaxmat Olimpiadasida ishtirok etishiga ruxsat bermadi. Bu haqda Rossiya shaxmat federatsiyasi ijrochi direktori Aleksandr Tkachyov TASS agentligiga ma’lum qildi.

«Jahon shaxmat Olimpiadasida terma jamoalarimiz qatnashmaydi. Kengash ushbu qarorni FIDE prezidenti vazifasini bajaruvchi janob Vishvanatan Anandning tashabbusi bilan qabul qildi», — dedi Tkachyov.

Butunjahon shaxmat Olimpiadasi 16–27 sentyabr kunlari Samarqand shahrida bo‘lib o‘tadi.

2025 yilning dekabrida Xalqaro shaxmat federatsiyasi Bosh assambleyasi rossiyalik sportchilarga nisbatan cheklovlarni to‘liq va qisman bekor qilish uchun ovoz bergan edi. Rossiyalik shaxmatchilarning qaytishiga 61 delegat ovoz bergan, 51 delegat qarshi chiqqan.

Biroq 2026 yil yanvarda Buyuk Britaniya, Germaniya, Norvegiya, Estoniya va Ukraina shaxmat federatsiyalari FIDEning rossiyalik shaxmatchilarga nisbatan sanksiyalarni to‘liq bekor qilish haqidagi qaroriga e’tiroz bildirish niyatida ekani xabar qilindi. Shundan so‘ng, 2026 yil iyun oyida sanksiyalar qayta joriy etildi.

Avvalroq mazkur Olimpiadani Magnus Karlsen va yana bir qator shaxmat yulduzlari ham o‘tkazib yuborishi ma’lum bo‘lgandi.



Source link

Continue Reading

Sport

Krishtianu Ronaldu mavsum nihoyasida futbol bilan xayrlashishi mumkin

Published

on


Krishtianu Ronaldu joriy mavsum nihoyasida professional futboldagi faoliyatiga yakun yasashi mumkin. Bu haqda u Vogue jurnaliga intervyusida ma’lum qildi.

«Ehtimol, bu futboldagi so‘nggi yilim bo‘lishi mumkin, o‘zimdan ulkan meros qoldirishni istayman», — dedi Ronaldu.

Besh karra «Oltin to‘p» egasi ta’kidlashicha, bo‘sh vaqtini hordiq va sayohatlarga ajratmoqchi.

Krishtianu Ronaldu professional futbolga kirib kelganiga 25 yil bo‘ldi. Birinchi katta o‘yinini 2002-yil 14-avgustda Lissabonning «Sporting» klubi safida Milanning «Inter»iga qarshi o‘tkazgan.



Source link

Continue Reading

Sport

«Arsenal» «Manchester Siti»ni yirik hisobda yengib, Angliya superkubogini qo‘lga kiritdi

Published

on


Londonning «Arsenal» klubi o‘z tarixida 18-marta Angliya superkubogini qo‘lga kiritdi. Jamoa Kardiffda «Manchester Siti»ni 3:0 hisobida mag‘lub etdi.

O‘yinning 23-soniyasida Rikkardo Kalafiori hisobni ochdi. One Football nashrining ma’lumotlariga ko‘ra, bu 1968 yildan beri superkubok o‘yinining birinchi daqiqasida urilgan birinchi va kubok tarixidagi eng tezkor gol bo‘ldi.

London jamoasi safida yana Kay Xaverts (28) va Martin Edegor (48) gol urishdi.

O‘tgan mavsumda «Arsenal» Premer ligada g‘olib bo‘lgan bo‘lsa, manchesterliklar Angliya kubogini qo‘lga kiritdi. 

«Shaharliklar» safida Abduqodir Husanov to‘liq harakat qildi. 



Source link

Continue Reading

Sport

Ronaldu Messining oilasidagi yo‘qotishga munosabat bildirdi

Published

on


Portugaliyalik hujumchi Krishtianu Ronaldu otasi vafot etgan argentinalik futbolchi Lionel Messini qo‘llab-quvvatladi. U Messining Instagram sahifasidagi posti ostida izoh qoldirdi.

«Bu qiyin damlarda siz va yaqinlaringizni mahkam quchgan holda chuqur hamdardlik bildiraman, Leo. Bardoshli bo‘ling», deb yozgan Ronaldu.

Avval Messi «Inter Mayami»dagi o‘yinchilik faoliyatini to‘xtatgani e’lon qilingan edi. U oilasi va do‘stlarini qo‘llab-quvvatlash uchun Argentinada qoldi.

Xorxe Messi 8-avgust kuni 68 yoshida vafot etdi. U uzoq davom etgan og‘ir kasallikdan so‘ng olamdan o‘tdi. Ko‘p yillar davomida argentinalik futbolchining otasi o‘z o‘g‘lining faoliyatida muhim o‘rin tutardi. 



Source link

Continue Reading

Sport

Dunyoning eng boy odamlaridan biri «Liverpul»ni sotib oladi

Published

on


Amazon asoschisi Jeff Bezos professional sportga sarmoya kiritish niyatida. The Guardian nashrining xabar berishicha, tadbirkor boshqa investorlar bilan birgalikda Angliyaning «Liverpul» futbol klubining kamida 30 foiz ulushini sotib olishni ko‘rib chiqmoqda. Kelishuv 1,35 milliard funt sterling yoki taxminan 1,8 milliard dollarga teng bo‘lishi mumkin.

«Liverpul» taxminan 6 milliard dollarga baholanadi va dunyodagi eng taniqli sport brendlaridan biri bo‘lib qolmoqda. Bezosning qiziqishi kengroq tendensiyaga mos keladi: badavlat amerikalik investorlar Angliya futbol klublarida faol ravishda ulushlarni sotib olmoqdalar. Amerikalik aksiyadorlar allaqachon «Chelsi», «Kristal Pelas», «Everton» va «Bornmut» kabi 20 ta Premer-liga jamoalaridan 13 tasiga egalik qilishadi.

Agar kelishuv amalga oshsa, Bezos ingliz futboliga faol ravishda sarmoya kiriyotgan amerikalik milliarderlar safiga qo‘shiladi.

Investorlar uchun ingliz futbolining jozibadorligi qisman sportning Qo‘shma Shtatlarda tobora ommalashib borayotgani bilan bog‘liq. Shu bilan birga, yetakchi Amerika sport franshizalari ko‘pincha yangi investorlar uchun juda qimmat yoki cheklangan, ingliz klubidagi ulush esa global auditoriyaga va eng tijorat jihatidan jozibador sport bozorlaridan biriga kirish imkonini beradi.

 



Source link

Continue Reading

Trending

Copyright © 2025 Xabarlar. powered by Xabarlar.