Iqtisodiyot

Muvofiqlikni baholash natijalarini tan olish tartibi soddalashtirildi

Published

on


Vazirlar Mahkamasi qarori bilan O‘zbekiston hukumatining ayrim normativ-huquqiy hujjatlariga o‘zgartirishlar kiritildi.

Prezident farmoniga muvofiq, sertifikatlangan va deklaratsiyalangan uskuna, komplektlovchi buyumlar, xomashyo, o‘lchov vositalari, kimyoviy reaktivlar va yuk ko‘taruvchi uskunalarni import qilishda milliy sertifikatsiyalashni talab qilmaydigan chet el mahsulotlarining yuqori sifat standartlari va nazorat tizimlariga muvofiqligi mezonlarini tasdiqlash nazarda tutilgan.

Hujjat bilan tasdiqlangan O‘zbekiston hududidan tashqarida amalga oshirilgan muvofiqlikni baholash natijalarini O‘zbekistonda e’tirof etish tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirishlar kiritildi, ular quyidagilarni nazarda tutadi:


mahalliy va xorijiy muvofiqlikni baholash organlari o‘rtasida qo‘shma (ixtiyoriy) bitim tuzish yo‘li bilan muvofiqlikni tasdiqlovchi hujjatlarni tan olish;
Xalqaro laboratoriyalarni akkreditatsiya qilish kengashi (ILAC) a’zosi bo‘lgan chet el davlatlarining akkreditatsiyalash tashkilotlari tomonidan akkreditatsiyalangan muvofiqlikni baholash organlari tomonidan xalqaro standartlarga asoslangan sinov usullari (metodikalari) asosida berilgan sinov bayonnomalarini bir tomonlama tan olish;
metrologik tekshiruv natijalarini tan olish va sinov vositalarini metrologik attestatsiyalash tartib-taomilini soddalashtirish.

Shu munosabat bilan bir qator NHH o‘z kuchini yo‘qotdi.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version