Iqtisodiyot
Moody’s O‘zbekistonning kredit reytingini Ba2 darajaga yaxshiladi. Bu nimani anglatadi?
Moody’s xalqaro reyting agentligi O‘zbekistonning suveren kredit reytingini Ba3’dan Ba2 darajasiga oshirdi. O‘z navbatida reyting bo‘yicha kutilma «ijobiy»dan «barqaror»ga o‘zgartirildi. Ba3 va Ba2 darajalari o‘rtasida qanday farq bor? Kredit reytinglarining yaxshilanishi O‘zbekistonga nima beradi?
Foto: Emmanuel Dunand/AFP/Getty Images
Moody’s Ratings xalqaro reyting agentligi O‘zbekistonning suveren kredit reytingini Ba3 dan Ba2 darajasiga oshirdi. Reyting bo‘yicha kutilma esa «ijobiy»dan «barqaror»ga o‘zgartirildi.
Qayd etilishicha, O‘zbekiston kredit profilining yaxshilanishi barqaror va tobora diversifikatsiyalashib borayotgan iqtisodiy o‘sish, budjet intizomining mustahkamlanishi va shartli majburiyatlarni boshqarishning yaxshilanishi bilan bog‘liq. Shuningdek, Moody’s korporativ boshqaruvni takomillashtirish, raqobatni kuchaytirish va iqtisodiyotda davlat rolini bosqichma-bosqich qisqartirish choralarini alohida ta’kidlab o‘tgan.
So‘nggi uch yilda mamlakatning real YaIM o‘rtacha 6,9 foizga o‘sganligi ham reytingning qayta ko‘rib chiqilishiga asos bo‘lgan. Xalqaro ekspertlarga ko‘ra, O‘zbekiston iqtisodiyoti tashqi shoklar fonida o‘z barqarorligini saqlab qolgan. YaIM o‘sishi 2025 yilda 7,7 foizga yetgan bo‘lsa, 2026 yilning birinchi choragida 8,7 foizgacha tezlashdi. O‘sish bazasi oltin qazib olish va tog‘-kon sektori bilan bir qatorda xizmat ko‘rsatish, qayta ishlash sanoati hamda qurilish hisobiga kengayishda davom etadi. Shuningdek, o‘sishni investitsiyalar hamda pul o‘tkazmalari qo‘llab-quvvatlayapti.
Agentlik reytingning yanada oshishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan omillar sifatida islohotlarning barqaror davom ettirilishi, boshqaruv sifati va institutlar samaradorligining yaxshilanishi, davlat korxonalari va banklari bilan bog‘liq fiskal xatarlarning kamaytirilishi, shuningdek, xususiy sektor unumdorligi va investitsiyalari hisobiga iqtisodiy o‘sish bazasining kengaytirilishini sanab o‘tdi.
O‘z navbatida, islohotlar sezilarli darajada sekinlashsa yoki ortga qaytsa, budjet ko‘rsatkichlari yomonlashsa, davlat korxonalari, davlat banklari yoki DXSh loyihalarining shartli majburiyatlari yuzaga kelsa, shuningdek, tashqi buferlar zaiflashsa, reytingning pasayish bosimi vujudga kelishi mumkin.
Ba3 va Ba2 darajalari o‘rtasida qanday farq bor?
Moody’s reyting shkalasi yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan moliyaviy xatarlarga qarab ikki katta guruhga bo‘linadi: investitsion daraja (xatar past, ishonchlilik yuqori) va spekulyativ daraja (ma’lum darajada risk saqlanib qolgan). Umuman olganda, Ba3 ham Ba2 ham spekulyativ guruhining yuqori qismiga kiradi ya’ni reyting hali ham investitsion darajadan past. Bu mamlakat o‘z qarzlarini to‘lash qobiliyatiga ega ekanligini, ammo global iqtisodiy tebranishlar yoki tashqi shoklarga nisbatan ta’sirchanligicha qolayotganini bildiradi. Harflar yonidagi raqamlar (1, 2, 3) guruh ichidagi pog‘onalarni bildiradi, bunda 1 — eng yaxshi, 3 — eng past ko‘rsatkich hisoblanadi. Demak, Ba2 reytingi Ba3’dan bir pog‘ona yuqori natija. Bu davlatning moliyaviy barqarorligi oshgani, budjet intizomi kuchaygani va kredit qobiliyati bo‘yicha xatarlar kamayganini ko‘rsatadi.
Kredit reytinglarining yaxshilanishi O‘zbekistonga nima beradi?
Iyun oyining boshida Fitch xalqaro agentligi O‘zbekistonning uzoq muddatli suveren kredit reytingi bo‘yicha prognozini «barqaror»dan «ijobiy»ga o‘zgartirdi va reytingni «BB» darajasida tasdiqladi. O‘z-o‘zidan savol tug‘ilishi mumkin, bu kabi reyting ko‘rsatkichlarining yaxshilanishi mamlakatga nima beradi?
Birinchidan, xalqaro moliya bozorlarida qarz olish yengillashadi. Yuqori reyting – investorlar va kreditorlar nazarida kamroq xavfni anglatadi. Demak, hukumat yoki o‘zbek korxonalari tashqi bozorlardan qarz olganda foiz stavkalari pasayishi mumkin, chunki investorlardan talab qilinadigan tavakkalchilik mukofoti kamayadi. Bu esa o‘z navbatida davlat uchun ham, xususiy sektor uchun ham moliyaviy xarajatlarni kamaytiradi. Masalan, hukumat yangi infratuzilma loyihalarini moliyalashtirish yoki eski qarzlarni qayta moliyalashtirishda endi pastroq foizli qarz olishi mumkin – bu budjet mablag‘larini tejaydi yoki boshqa zarur sohalarga yo‘naltirishga imkon yaratadi.
Ikkinchidan, reytingning oshishi xorijiy investorlar ishonchi ortishiga xizmat qiladi. Reyting agentliklarining ijobiy bahosi xalqaro biznes hamjamiyatiga O‘zbekiston iqtisodiyoti barqaror va ishonchli ekanligi haqida signal beradi. Natijada, mamlakatga to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar oqimi ko‘payishi mumkin. Yuqori reytingli davlatlar ko‘pincha ko‘proq investorlarni jalb qiladi, chunki xorijiy kompaniyalar bunday mamlakatlarda loyihalar boshlash yoki ishlab chiqarish quvvatlarini joylashtirishda o‘zlarini xotirjamroq his qiladi. O‘zbekistonga ko‘proq sarmoya kirsa, yangi korxonalar ochiladi, texnologiyalar kirib keladi va qo‘shimcha ish o‘rinlari yaratiladi. Bu bevosita aholi farovonligiga ijobiy ta’sir etadi.
Uchinchidan, bu o‘zgarishlar O‘zbekistonning xalqaro moliyaviy imijini yaxshilaydi. Yaxshi reyting – bu davlatning global maydondagi moliyaviy obro‘yini ko‘rsatuvchi indikator. Ko‘plab xalqaro moliya institutlari faqat ma’lum bir reytingdan yuqori bo‘lgan davlatlarning obligatsiyalariga yoki loyihalariga sarmoya kiritadi. Reyting ko‘tarilgani sari, O‘zbekiston bunday investitsion fondlar va institutlar uchun ham ko‘rib chiqilishi mumkin bo‘lgan davlatlar ro‘yxatiga kirib boradi. Bundan tashqari, Xalqaro valuta jamg‘armasi, Jahon banki kabi xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik olib borishda ham mamlakatning reytingi muhim ahamiyatga ega. Yuqori reyting moliyaviy intizom va islohotlarning tan olinishi belgisi sifatida ko‘riladi.
Shu o‘rinda ta’kidlash joizki, kredit reytingining oshishi oddiy o‘zbekistonliklar hayotida birdaniga sezilarli o‘zgarish yasamaydi, balki uzoq muddatli istiqbolda imkoniyatlar yaratadi. Masalan, reyting yaxshilangani bilan ertasi kuniyoq narxlar tushib ketmaydi yoki ish haqlari oshmaydi. Biroq bu baholar ortidagi moliyaviy barqarorlik iqtisodiyotga bosqichma-bosqich ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Davlat moliyasining mustahkamligi va investorlar ishonchining ortishi makroiqtisodiy barqarorlikni kuchaytiradi: inflatsiya bosimini pasaytirishga yordam beradi, milliy valutaning barqarorroq bo‘lishiga ko‘maklashadi va iqtisodiy inqirozlarga chidamlilikni oshiradi. Yakunda esa bu omillar aholi farovonligining oshishi uchun sharoit yaratadi.
Iqtisodiyot
Oziq-ovqat ishlab chiqarishda qaysi hududlar yetakchi?
Milliy statistika qo‘mitasiga ko‘ra, 2026-yil yanvar–iyun oylarida O‘zbekistonda yirik korxonalar tomonidan 75,2 trln so‘mlik oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarilgan.
Bu ko‘rsatkich 2025-yilning mos davriga nisbatan 12 foizga oshgan. Hududlar kesimida eng yuqori natija Toshkent shahrida qayd etilgan — 13,9 trln so‘m.
Keyingi o‘rinlarda Toshkent viloyati 10,7 trln so‘m va Samarqand viloyati 10,1 trln so‘m bilan joylashgan. Andijon va Farg‘ona viloyatlarining har birida 5,6 trln so‘mlik oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarilgan.
Buxoro viloyatida oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi 4,7 trln so‘m, Qashqadaryoda 4,6 trln so‘m, Namanganda 4,5 trln so‘mni tashkil etgan.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Navoiy viloyatida ko‘rsatkich bir xil — 3,2 trln so‘mdan. Xorazm viloyatida 2,4 trln so‘m, Sirdaryo va Surxondaryo viloyatlarining har birida 2,3 trln so‘mlik mahsulot ishlab chiqarilgan. Jizzax viloyatida esa yirik korxonalar tomonidan 2,1 trln so‘mlik oziq-ovqat mahsuloti ishlab chiqarilgan.
Iqtisodiyot
Prezident ishtirokida umumiy qiymati 50 trln so‘mlik loyihalar ishga tushirildi
Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida mamlakatimiz mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan hududlarda yangi obyektlarni ishga tushirish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda davlatimiz rahbari hududlardagi studiyalarga yig‘ilgan keng jamoatchilik vakillarini, ular orqali butun xalqimizni yaqinlashib kelayotgan ulug‘ bayram bilan tabrikladi.
Ortda qolgan o‘n yilda O‘zbekistonda inson qadrini ulug‘lash va aholi farovonligini oshirishga qaratilgan keng ko‘lamli islohotlar yuz berdi. Tadbirkorlikka keng yo‘l ochilib, iqtisodiyotni diversifikatsiya qilish, raqobatbardosh sanoat tarmoqlarini yaratish, chekka tuman va qishloqlar infratuzilmasini yaxshilash bo‘yicha ulkan ishlar bajarildi. Ta’lim, tibbiyot va madaniyat sohalariga e’tibor yangi bosqichga ko‘tarildi.
– So‘nggi o‘n yil mamlakatimiz tarixida yangi Uyg‘onish davri – Uchinchi Renessans poydevorini qurish bosqichi sifatida abadiy muhrlandi, – dedi Prezidentimiz.
Bu davrda iqtisodiyotimiz hajmi 2,5 barobardan ziyod oshdi. Iqtisodiyot tarmoqlariga 160 milliard dollar xorijiy investitsiya jalb qilinib, umumiy qiymati 76 milliard dollarlik 2 ming 163 ta yirik sanoat loyihasi ishga tushirildi, qariyb 6 million nafar aholi doimiy ish o‘rni bilan ta’minlandi.
Bugun yurtimizda dunyoning yetakchi kompaniyalari, yirik investorlari va xalqaro moliya institutlari ishtirokida ko‘plab loyihalar amalga oshirilmoqda. Investitsiyalar ko‘payishi bilan sanoatimiz qiyofasi ham tubdan o‘zgarmoqda.
– Biz xomashyo eksport qilgan davlatdan uni chuqur qayta ishlash zanjiri asosida tayyor mahsulotni jahon bozoriga olib chiqadigan iqtisodiyotga o‘tyapmiz. Eng muhimi, yangi korxonalar bilan birga zamonaviy texnologiyalar, yangi kasblar va yuqori malakali ish o‘rinlari ham paydo bo‘lmoqda, – dedi davlatimiz rahbari.
Joriy yilning o‘zida 1,7 milliard dollarlik 56 ta yirik zamonaviy sanoat va servis obyekti ish boshladi, 8,8 mingta yuqori daromadli ish o‘rni yaratildi.
Shuningdek, budjetdan ajratilgan 46 trillion so‘m hisobidan 385 ta maktab, 113 ta bog‘cha, 81 ta shifoxona, 7,5 ming kilometr yo‘l, 3,2 ming kilometr ichimlik suvi va kanalizatsiya tarmoqlari qurildi, ta’mirlandi va rekonstruksiya qilindi.
Bugungi marosimda mamlakatimizning barcha hududlarida umumiy qiymati qariyb 50 trillion so‘m bo‘lgan 72 ta yirik sanoat va servis loyihasi hamda 91 ta ijtimoiy soha obyekti foydalanishga topshirildi. Ularning ochilishi Mustaqillik bayramiga munosib tuhfa bo‘ldi.
Yangi loyihalar hisobiga 15 mingta ish o‘rni yaratiladi, budjetga yiliga qo‘shimcha 1 trillion so‘m tushum tushishi ta’minlanadi.
Investitsiya loyihalari energetika, qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat sanoati, metallurgiya, avtomobilsozlik, elektrotexnika, qurilish materiallari, tog‘-kon, to‘qimachilik va yengil sanoat kabi muhim yo‘nalishlarni qamrab olgan.
Jumladan, Sirdaryo viloyatida 1 ming 573 megavattli elektr energiyasi ishlab chiqarish quvvati, Qoraqalpog‘iston Respublikasida 200 megavattli shamol elektr stansiyasi va 100 megavattli energiya saqlash tizimi ishga tushirildi. Navoiy viloyatidagi yangi energetika loyihalari yiliga 657 million kilovatt-soat elektr energiyasini ishlab chiqaradi.
Mazkur loyihalar orasida mamlakatimizning eksport salohiyatini sezilarli oshiradigan quvvatlar ham bor. Andijon, Namangan va Jizzax viloyatlarida ishga tushirilgan to‘qimachilik, trikotaj va gilam mahsulotlari ishlab chiqarish korxonalari millionlab dollarlik eksportni ta’minlaydi. Samarqand va Toshkent viloyatlarida barpo etilgan yangi metallurgiya korxonalari ham sanoat kooperatsiyasini kengaytirish va import o‘rnini bosishga xizmat qiladi.
Prezidentimiz bugungi loyihalarni faqat investitsiya va eksport ko‘rsatkichlari bilan o‘lchash to‘g‘ri bo‘lmasligini ta’kidladi. Yangi o‘quv yili arafasida ijtimoiy sohada ham ko‘plab zamonaviy obyektlar foydalanishga topshirilmoqda. Ular orasida 36 ta bolalar bog‘chasi, 43 ta maktab, 7 ta oliy ta’lim muassasasi va 3 ta shifoxona bor.
Yangi Toshkent hududida jahon standartlari asosida 10 gektar maydonda barpo etilgan Yangi O‘zbekiston universitetining zamonaviy majmuasi shular jumlasidandir. Bu yerda 7 ming nafar talaba tahsil olishi uchun sharoit yaratilgan.
Oliy ta’lim muassasasida Garvard universiteti bilan hamkorlikda Rektorlar maktabi faoliyati yo‘lga qo‘yildi. Oksford universiteti bilan birgalikda davlat xizmatchilarining malakasini oshirish bo‘yicha “Ta’lim xabi” tashkil etiladi. 1-oktyabrdan Sun’iy intellekt instituti ish boshlaydi.
Shuningdek, 30 ming kvadrat metr maydonga ega besh qavatli yangi Milliy kutubxona eng zamonaviy texnikalar bilan jihozlangan. U bir vaqtning o‘zida 1,5 ming nafar kitobxonga xizmat ko‘rsata oladi. Bu yerda 28 dan ziyod o‘quv xonasi va zallar, turli sig‘imdagi konferensiya zallari tashkil etilgan, 200 mingdan ortiq kitob jamlangan.
Qarshi shahrida 400 milliard so‘mlik Iqtisodiyot va pedagogika universitetining zamonaviy bino va inshootlari barpo etildi. Bu yerda 3 ming nafar talaba tahsil oladi, 700 nafar aholi daromadli ish bilan ta’minlanadi.
Farg‘ona viloyatidagi yangi zamonaviy tibbiyot muassasasida esa yiliga 60 ming nafar bemorni davolash va 30 ming nafar ayolni skriningdan o‘tkazish imkoniyati yaratildi.
Davlatimiz rahbari yangi obyektlarni barpo etishda ishtirok etgan investor va tadbirkorlar mehnatini yuksak baholadi.
– Siz kiritayotgan har bir investitsiya O‘zbekiston kelajagining poydevorini mustahkamlaydi. Siz yaratayotgan har bir ish o‘rni oilalar farovonligiga xizmat qiladi. Siz ishlab chiqarayotgan har bir mahsulot mamlakatimiz iqtisodiy salohiyatini yangi bosqichga olib chiqadi. Siz eksport qilayotgan har bir tovar O‘zbekistonning jahon bozoridagi raqobatbardoshligini oshiradi, – dedi Prezidentimiz.
Ushbu loyihalarni barpo etishda fidoyilik ko‘rsatgan quruvchilar, muhandis va loyihachilar, tadbirkor va investorlarga minnatdorlik bildirildi.
Shundan so‘ng davlatimiz rahbari ramziy tugmani bosdi va 72 ta yirik investitsiya loyihasi hamda 91 ta ijtimoiy soha obyekti foydalanishga topshirildi.
Iqtisodiyot
O‘zbekiston kartoshkani asosan qaysi davlatlardan sotib oldi?
O‘zbekiston kartoshkani asosan qaysi davlatlardan sotib oldi?
Source link
Iqtisodiyot
O‘zbekistonda kiyim ishlab chiqarish bo‘yicha qaysi hududlar yetakchi?
2026-yil yanvar–iyun oylarida O‘zbekistonda yirik korxonalar tomonidan 19 trln so‘mlik kiyimlar ishlab chiqarilgan. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, hududlar kesimida eng yuqori ko‘rsatkich Andijon viloyatida qayd etilgan — 7,1 trln so‘m. Bu ko‘rsatkich ikkinchi o‘rindagi Toshkent viloyati natijasidan 3 barobardan ko‘proq yuqori.
Toshkent viloyatida kiyim ishlab chiqarish hajmi 2,1 trln so‘m, Namanganda 1,8 trln so‘m, Toshkent shahrida esa 1,7 trln so‘mni tashkil etgan. Farg‘ona viloyatida ham 1,4 trln so‘mlik mahsulot ishlab chiqarilgan.
Samarqand viloyatida yirik korxonalar 1 trln so‘mlik kiyim mahsulotlari ishlab chiqargan. Qashqadaryoda bu ko‘rsatkich 897,9 mlrd so‘m, Buxoroda 659,8 mlrd so‘m, Xorazmda 620,1 mlrd so‘m bo‘lgan.
Navoiy viloyatida kiyim ishlab chiqarish hajmi 578 mlrd so‘m, Sirdaryoda 324,7 mlrd so‘m, Qoraqalpog‘iston Respublikasida 307,8 mlrd so‘mni tashkil etgan.
Bulardan tashqari, Surxondaryoda 227,1 mlrd so‘m, Jizzax viloyatida esa 203 mlrd so‘mlik kiyim mahsulotlari ishlab chiqarilgan.
Iqtisodiyot
Dushanbadan dollar bilan bog‘liq vaziyat qanday bo‘ladi?
Dushanbadan dollar bilan bog‘liq vaziyat qanday bo‘ladi?
Source link
-
Mahalliy5 days ago
O‘zbekistonda 10-sinf o‘quvchilari o‘qishini texnikumga ko‘chirishi mumkin bo‘ladi
-
Siyosat4 days ago
Shavkat Mirziyoyev «Haydar Aliyev» ordeni bilan taqdirlandi
-
Siyosat3 days ago
Илҳом Алиев Тошкентда тантанали кутиб олинди
-
Siyosat4 days ago
O‘zbekiston va Ozarbayjon o‘rtasida Abadiy do‘stlik shartnomasi imzolandi
-
Iqtisodiyot4 days ago
O‘zbekistonda kiyim ishlab chiqarish bo‘yicha qaysi hududlar yetakchi?
-
Siyosat4 days ago
To‘qayev prezidentlikka qayta nomzod qo‘yishi haqidagi savolga javob berdi
-
Siyosat2 days ago
Ўзбекистон ва Озарбайжон раҳбарлари Бухоронинг машҳур обидаларини зиёрат қилдилар (фото)
-
Siyosat2 days ago
«Milliy manfaatlarni himoya qilish dunyodan yopilish degani emas» — Sherzod Asadov
