Iqtisodiyot

Misr O‘zbekistonda qo‘shma sarmoyaviy loyihalarni amalga oshirish imkonini o‘rganmoqda

Published

on


Mamlakat elchixonasi ko‘magida O‘zbekiston Investitsiyalar, sanoat va savdo hamda Qishloq xo‘jaligi vazirliklari xodimlari va Misrning MS AlSaad Group kompaniyasi bosh ijrochi direktori Muhammad Saad o‘rtasida onlayn uchrashuv tashkil etildi.

Muloqot avvalida O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligi sohasidagi istiqbolli investitsiya loyihalari haqida taqdimot o‘tkazildi.


Foto: “Dunyo” AA

MS AlSaad Group bosh ijrochi direktori Muhammad Saad qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksportini yo‘lga qo‘yish, mineral o‘g‘itlar ishlab chiqarish, farmatsevtika, oziq-ovqat mahsulotlarini qadoqlash kabi muhim jabhalarda qo‘shma loyihalarni amalga oshirishga tayyorligini bildirdi.

Uchrashuv yakunida tomonlar istiqbolli loyihalarni amalga oshirishni boshlash maqsadida qo‘shimcha onlayn muzokaralar o‘tkazishga kelishib oldi.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version