Iqtisodiyot
Misr O‘zbekistonda farmatsevtika sohasida qo‘shma loyihani amalga oshiradi
Mamlakat elchixonasi ko‘magida O‘zbekiston Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi direktori Abdulla Azizov hamda va Misrning Pharma Rad kompaniyasi bosh direktori Yasser Xelmi o‘rtasida videokonferensiya shaklida uchrashuv tashkil etildi.
Suhbat chog‘ida farmatsevtika sohasida O‘zbekiston va Misr hamkorligini mustahkamlash istiqbollari muhokama qilindi.
Misr tomoniga Tashkent Pharma Park loyihasi, xorijiy investorlar uchun O‘zbekiston hukumati tomonidan yaratilgan imkoniyatlar haqida ma’lumot berildi.
Pharma Rad kompaniyasining to‘liq siklda ishlab chiqarish quvvatlarini loyihalash, qurish va boshqarishdagi tajribasi muloqotning asosiy mavzusi bo‘ldi.
Texnologiyalar transferi, kontrakt ishlab chiqarish va mahalliylashtirish, ilmiy-tadqiqot ishlarini yo‘lga qo‘yish hamda malakali kadrlar tayyorlash kabi yo‘nalishlarda hamkorlikni yo‘lga qo‘yishga e’tibor qaratildi.
Pharma Rad kompaniyasi bosh direktori Yasser Xelmi O‘zbekiston hududida ishlab chiqarish quvvatlarini yo‘lga qo‘yish imkoniyatlarini ko‘rib chiqishga tayyorligini bildirdi.
Muloqot yakunida ushbu kompaniyasi delegatsiyasining O‘zbekistonga safarini tashkil etish va amalga oshirilishi mumkin bo‘lgan loyiha bilan bog‘liq masalalarni batafsil muhokama qilishga kelishib olindi.