Siyosat
Migratsiya masalalarini O‘zbekiston bilan birgalikda hal qilamiz – Putin
19 iyun, payshanba kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin dunyo axborot agentliklari rahbarlari bilan uchrashdi va ularni qiziqtirgan savollariga javob berdi.
Mazkur tadbirda ishtirok etgan O‘zA Bosh direktori, senator Abdusaid Ko‘chimov, jumladan, o‘zbekistonlik mehnat muhojirlarining Rossiyadagi ijtimoiy-huquqiy himoyalariga doir mamlakatda olib borilayotgan ishlarga doir Putinning fikri bilan qiziqdi.
Ko‘chimov, shuningdek, ikki tomonlama «aniq loyiha va yo‘nalishlarni o‘z ichiga olgan keng ko‘lamli uzoq muddatli yoshlar almashinuv dasturini qabul qilish»ni ham taklif qilgan.
– Mamlakatlarimiz o‘rtasidagi munosabatlar juda muvaffaqiyatli, izchil rivojlanmoqda. Qozog‘istonlik hamkasbingizning savoliga javob berganimda, u yerda ko‘plab uch tomonlama loyihalarimiz borligini aytdim. Aytgancha, atom energetikasi sohasida O‘zbekistonda bo‘lgani kabi Qozog‘istonda ham jiddiy loyihalarga qo‘l urilyapti. Biz bu borada qattiq ishlayapmiz va bu loyihalarni ishlab chiqishning yaxshi bosqichida turibmiz.
Darvoqe, suhbat avvalida Indoneziya haqida gapirganda, men dunyo juda tez rivojlanayotganini, Indoneziyada deyarli 300 million aholi borligini aytdim. Dunyo rostan ham juda tez o‘zgarmoqda. Qarang, O‘zbekistonda bundan 30 yil avval 15, balki 18 million odam bo‘lgan bo‘lsa, hozir 38 million aholi istiqomat qiladi va har yili bir millionga o‘syapti. Hamma narsa qanchalik tez o‘zgarib borayotganini ko‘ryapsizmi…
Albatta, biz mehnat bozorida juda ko‘p ijtimoiy muammolar borligini bilamiz va buni tushunib turibmiz. Shavkat Miromonovich bilan migratsiya masalalarini birgalikda hal qilishga kelishib oldik. Nega? Chunki bugungi kunda mehnat bozorimiz qanday avholaligidan xabarimiz bor. Bu sizga biroz bosim bo‘lishi mumkin.
Ammo biz nima qilishni birgalikda kelishib oldik: Rossiyada ishlashni xohlaydiganlar oldindan tayyorlanadi. Bu rus tilini, rus madaniyatini o‘rganishga va boshqalarga tegishli. Umuman olganda, bu borada yaxshi rejalarimiz mavjud. Umid qilamanki, bularning barchasini tashkil qilamiz.
Shu nuqtai nazardan, yoshlar bilan ishlash masalsi – bu o‘z-o‘zidan juda muhim va qimmatli. Bu ma’noda men siz bilan to‘liq hamfikrman. Bilishimcha, Shavkat Miromonovichning yordamchisi – Saida Shavkatovna yaqinda Moskvada bo‘lib, hukumatdagi, Prezident ma’muriyatidagi ko‘plab xodimlarim bilan uchrashgan edi. U Prezidentingiz topshirig‘iga ko‘ra yoshlar o‘rtasidagi aloqalarni rivojlantirish, ta’bir joiz bo‘lsa, ushbu yoshlar yo‘nalishini rivojlantirishga katta e’tibor qaratmoqda.
Aniq takliflar bor, bu borada albatta birga ishlaymiz. Bu [ёшлар йўналиши] eng muhim yo‘nalishlardan biri – men siz bilan hamfikrman, – dedi RF prezidenti Vladimir Putin.
Eslatib o‘tamiz, bir muddat oldin Rossiya hududidagi ayrim holatlarda O‘zbekiston fuqarolariga nisbatan ruxsatsiz tekshiruvlar, hurmatsizlik va qo‘pol muomalalar kuzatilayotgani xabar qilingan, shuningdek, holat bo‘yicha Rossiya TIVga O‘zbekiston elchixonasi tomonidan nota yuborilgani aytilgan edi.
Siyosat
Prezident Shavkat Mirziyoyev iyul oyida Belarusga rasmiy tashrif bilan boradi
Joriy yil iyul oyida Minsk shahrida O‘zbekiston va Belarus hududlari forumining uchinchi yig‘ilishi o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda. Bu haqda O‘zbekiston Bosh vaziri Abdulla Aripov Belarus Bosh vaziri o‘rinbosari Viktor Karankevich bilan uchrashuvda ma’lum qildi.
Uchrashuv Belarus delegatsiyasining Toshkentga tashrifi doirasida, «INNOPROM. Markaziy Osiyo» xalqaro sanoat ko‘rgazmasining asosiy yalpi majlisida ishtirok etish munosabati bilan bo‘lib o‘tdi.
Aripovning ta’kidlashicha, joriy yildagi eng muhim voqealardan biri – O‘zbekiston Prezidentining Belarus Respublikasiga rasmiy tashrifi bo‘ladi. Ayni paytda mazkur tashrifga puxta tayyorgarlik ko‘rilmoqda.
Shuningdek, iyul oyida Minsk shahrida hududlar forumini o‘tkazish rejalashtirilgani ma’lum qilindi. Bosh vazir ikki davlat hududlari o‘rtasidagi hamkorlik faol rivojlanayotganini, o‘zaro tashriflar muntazam amalga oshirilayotganini qayd etdi.
Yaqin istiqboldagi rejalarga ko‘ra, may oyida Toshkent shahrida Hukumatlararo komissiyaning 12-yig‘ilishi o‘tkaziladi.
Aripov Belarusni O‘zbekistonning yaqin va ishonchli hamkori sifatida ta’riflab, ikki mamlakat o‘rtasidagi munosabatlar so‘nggi yillarda jadal sur’atlarda rivojlanayotganini ta’kidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu jarayon tashqi iqtisodiy ko‘rsatkichlarda ham o‘z aksini topmoqda.
Shuningdek, u 2026 yil fevral oyida Belarus Bosh vaziri Aleksandr Turchinning O‘zbekistonga amaliy tashrifi davomida qo‘shma loyihalar muhokama qilinganini va hamkorlikni yanada kengaytirish masalalari ko‘rib chiqilganini eslatib o‘tdi.
Siyosat
Prezident Shavkat Mirziyoyev JSST bosh direktorini qabul qildi
Prezident Shavkat Mirziyoyev 21-aprel kuni rasmiy tashrif bilan mamlakatimizda bo‘lib turgan Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti bosh direktori Tedros Adxanom Gebreyesusni qabul qildi.
Ushbu nufuzli tashkilot bilan milliy sog‘liqni saqlash tizimini modernizatsiya qilish va mustahkamlash borasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirishning dolzarb masalalari ko‘rib chiqildi.
Keyingi yillarda JSST bilan hamkorlik sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarilgani ta’kidlandi. Sog‘liqni saqlash sohasidagi keng ko‘lamli va tizimli islohotlar tashkilotning ekspert-maslahat ko‘magi hamda uning xalqaro standartlari va tavsiyalarini hisobga olgan holda amalga oshirilmoqda.
Hamkorlik doirasida sog‘liqni saqlash tizimini rivojlantirishga qaratilgan bir qator strategik hujjatlar ishlab chiqildi. Malakali tibbiyot xodimlari tayyorlanmoqda, birlamchi tibbiy-sanitar yordam, diagnostika va kasalliklar profilaktikasi tizimlari takomillashtirilmoqda, davlat tibbiy sug‘urtasi mexanizmlari joriy etilmoqda.
JSST bosh direktori mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarni yuqori baholab, aholining tibbiyot xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish, umr ko‘rish davomiyligini uzaytirish, onalar o‘limini kamaytirish va raqamli tibbiyotni rivojlantirish borasida erishilgan salmoqli natijalarni alohida e’tirof etdi.
Uchrashuv yakunida farmatsevtika sohasini tartibga solish tizimini takomillashtirish, sog‘liqni saqlash sohasida raqamli yechimlar va sun’iy intellekt texnologiyalarini joriy etish kabi ustuvor sohalarda amaliy hamkorlikni yanada rivojlantirish hamda qo‘shma tadbir va tadqiqotlar o‘tkazish yuzasidan kelishuvlarga erishildi.
Siyosat
O‘zbekiston BMTning muhim komissiyasiga saylandi
O‘zbekiston BMTning muhim komissiyasiga saylandi.
Nyu-York shahrida EKOSOS sessiyasi doirasida bo‘lib o‘tgan saylovlar yakunlariga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi 2027-2029-yillar uchun BMTning jinoyatchilikning oldini olish va jinoiy odil sudlov bo‘yicha komissiyasi a’zoligiga saylandi.
Mazkur komissiya 1992-yilda Vena shahrida tashkil etilgan bo‘lib, EKOSOS tizimidagi asosiy hukumatlararo organlardan biri hisoblanadi. U jinoyatchilikning oldini olish, jinoiy adolatni rivojlantirish hamda qonun ustuvorligini ta’minlash sohasida global siyosatni belgilaydi. Komissiya 40 ta davlatdan iborat bo‘lib, ular uch yil muddatga saylanadi.
Saylov jarayoni yuqori raqobat sharoitida kechdi. Osiyo-Tinch okeani mintaqasidagi 4-o‘rin uchun O‘zbekiston, Xitoy, Yaponiya, Hindiston va Saudiya Arabistoni nomzod bo‘lgan.
Saylov arafasida Hindiston nomzodini qaytarib olganiga qaramasdan, raqobat yuqori darajada saqlanib qoldi. Shu sharoitda O‘zbekiston nomzodi barcha tashkilot a’zolari tomonidan bir ovozdan qo‘llab-quvvatlandi.
Komissiya tarkibiga AQSh, Buyuk Britaniya, Janubiy Afrika, Peru kabi davlatlar ham saylangani mazkur organning yuqori nufuz va keng qamrovga ega ekanini ko‘rsatadi.
Komissiyadagi a’zolik mamlakatimiz uchun qator yangi imkoniyatlarni ochadi. Jumladan, jinoyatchilikning oldini olish va transmilliy tahdidlarga qarshi kurashish bo‘yicha xalqaro standartlarni shakllantirishda ishtirok etish, BMT va boshqa xalqaro tashkilotlar bilan amaliy hamkorlikni kengaytirish, shuningdek, milliy jinoiy adliya tizimini yanada takomillashtirish uchun ekspert va texnik ko‘makni jalb etish imkoni yaratiladi.
O‘zbekistonning komissiyadagi uch yillik a’zoligi 2027-yil 1-yanvardan boshlanadi va 2029-yil yakuniga qadar davom etadi.
Siyosat
Saida Mirziyoyeva xalqaro forumda Prezident murojaatini o‘qib eshittirdi
Saida Mirziyoyeva Samarqanddagi xalqaro forumda Prezident murojaatini o‘qib eshittirdi.
Bugun Samarqand shahrida butun jahon hamjamiyati uchun eng dolzarb mavzulardan biriga bag‘ishlangan «Jamoat salomatligi va xavfsizligini ta’minlash maqsadida transmilliy narkotahdidlarga qarshi kurashish» mavzusidagi xalqaro forum o‘z ishini boshladi.
Forumda 50 dan ortiq davlat vakillari, 500 dan ziyod xalqaro ekspert va mutaxassislar, shuningdek, BMT, Interpol, Yevropa Ittifoqi, MDH va ShHT kabi yetakchi xalqaro tashkilotlar delegatlari ishtirok etmoqda.
Davlat rahbarining forum ishtirokchilariga yo‘llagan murojaatini Prezident administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva o‘qib eshittirdi.
Shuningdek, ushbu sohadagi hamkorlikni rivojlantirishga qo‘shgan hissasi uchun qator xalqaro tashkilotlar rahbarlari maxsus ta’sis etilgan «Narkotiklarga qarshi kurashish fidoyisi» ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Samarqandda o‘tayotgan «Jamoat salomatligi va xavfsizligini ta’minlash maqsadida transmilliy narkotahdidlarga qarshi kurashish» mavzusidagi xalqaro forum ishtirokchilariga murojaat yo‘llab, unda jumladan, narkotahdidlarga qarshi kurashish bo‘yicha qator takliflarni ham ilgari surgandi.
Siyosat
Prezident Mirziyoyev Ostonaga Orol dengiziga yordam berish jamg‘armasi yig‘ilishiga keldi
Prezident Shavkat Mirziyoyev Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart Tokayevning taklifiga binoan 21-aprel kuni amaliy tashrif bilan Ostona shahriga keldi.
Foto: Prezident matbuot xizmati
Poytaxt aeroportiga yetib kelgan Shavkat Mirziyoyev boshqa nufuzli mehmonlar qatori Qozog‘iston Bosh vaziri Orjaz Bektenov tomonidan kutib olindi.
Tashrif dasturiga koʻra, Oʻzbekiston rahbarlari 22 aprel kuni boʻlib oʻtadigan ikkita muhim tadbirda: Mintaqaviy ekologik sammitda va Orolni qutqarish xalqaro jamgʻarmasi taʼsischilari sammitida ishtirok etadi. Ushbu platformalar iqlim oʻzgarishi, suv resurslarini boshqarish va Orol dengizi havzasining davom etayotgan ekotizimini tiklash boʻyicha umumiy yondashuvlarni muhokama qilish uchun mintaqa yetakchilarini birlashtirishi kutilmoqda.
Tadbir davomida Prezident Mirziyoyev ushbu ekologik muammolarga baho berish va strategik qarashlarini taqdim etishi kutilmoqda. Bundan tashqari, Prezident mintaqaviy innovatsiyalar va atrof-muhitni muhofaza qilish bo’yicha an’anaviy yondashuvlarni namoyish etuvchi milliy pavilonlardan iborat ekologik ko’rgazmani tomosha qiladi.
-
Siyosat4 days ago
«Muruvvat» internat uylari «G‘amxo‘rlik» markazlariga aylantiriladi
-
Dunyodan4 days ago
Eron nega Hurmuzni yana qamal qildi?
-
Siyosat4 days agoO‘zbekistonda bolalarga qarshi jinoyatlar uchun jazo qat’iylashtirildi
-
Jamiyat2 days ago
Самарқандда МЧЖ раҳбарларининг кирдикорлари ошкор бўлди: тафсилотлар
-
Siyosat4 days agoO‘zbekistonda bolalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash va himoya qilishni kuchaytirmoqda
-
Dunyodan3 days ago
Ukraina Turkiyaga Zelenskiy-Putin uchrashuvi boʻyicha soʻrov yubordi
-
Dunyodan4 days ago
Yevropadan Fors koʻrfaziga temir yoʻl quriladi
-
Jamiyat4 days ago16:13 “Qo‘rquv bo‘lishi tabiiy, ammo bu sizni to‘xtatmasin”, – 17 yoshida NASA va SpaceX bilan kosmik loyihani amalga oshirgan Akbar hikoyasi
