Connect with us

Sport

Messi va Ronalduda 6-mundial, Mbappe Klozedan o‘tishi mumkin. JCh-2026 intrigalari

Published

on


Shimoliy Amerikadagi 2026 yilgi jahon chempionati ko‘plab rekordlar yangilanishi orqali tarixiy turnirga aylanishi mumkin.

Bu safargi jahon chempionatida tarixdagi eng ahamiyatli turnirlardan biriga aylanish imkoniyati bor. Muxlislar jahon futbolining qator afsonalari bilan xayrlashadi, shuningdek, ko‘plab yosh yulduzlarni sayyoraning asosiy turnirida ilk bor ko‘rishadi.

Bir vaqtning o‘zida bir necha rekordlar yangilanishi mumkinligi tufayli ham ushbu turnir o‘ziga xos bo‘lishi kutilmoqda. Bu rekordlarning ba’zilari o‘nlab yillar davomida o‘zgarmay kelmoqda. Quyidagi materialda turnir davomida kutilayotgan rekordlar haqida.

Messi va Mbappe jahon chempionatlari tarixidagi eng yaxshi to‘purarlarga aylanishi mumkin

Hozirda rekord germaniyalik mashhur hujumchi Miroslav Klozega tegishli hisoblanadi. U jami to‘rtta turnirda qatnashib, 16 gol urgan. Bu safargi mundialda Lionel Messi va Kilian Mbappeda uni quvib o‘tish imkoniyati bor: argentinalikning hozirgacha jahon chempionatlarida urgan gollari soni 13 ta, fransuzda – 12 gol.

Turnir ishtirokchilari soni 48 taga yetkazilgani tufayli pley-offda qo‘shimcha bosqich paydo bo‘lgan va finalgacha boradigan jamoada oldingidek yettita emas, sakkizta o‘yin o‘tkazish imkoni bo‘ladi. Bu esa tarixiy raqamlarni yaxshilash vazifasini osonlashtiradi.

Mbappe esa bu mundialda Klozeni quvib yetolmagan taqdirda ham, unda kamida yana bitta urinish bo‘ladi. Kilian hali 27 yoshda va u nafaqat rekordni yangilashi, balki ta’qibchilardan sezilarli darajada o‘zib ketishi mumkin bo‘ladi. Messi uchun esa oldindagi jahon chempionati oxirgisi bo‘lib qolishi aniq. U bu turnirda Miroslavni quvib o‘tgan taqdirda ham uning natijasi uzoq saqlanib qolmasligi mumkin, ammo u baribir tarixiy yutuqqa erishgan bo‘ladi.

Messi va Ronaldu oltita jahon chempionatida o‘ynagan ilk futbolchilar bo‘ladi

Qandaydir fors-major holati ro‘y bermasa, bu boradagi rekord yangilanishi tayin. Lionel Messi va Krishtianu Ronaldu oltita jahon chempionatida maydonga chiqqan tarixdagi ilk futbolchilarga aylanishadi.

Ular o‘zlarining ilk turnirlarini 2006 yilda o‘tkazishgandi, endi esa, 20 yil o‘tib, katta ehtimol bilan, faoliyatidagi oxirgi turnirga yo‘l olishgan. Nima bo‘lganda ham, ular germaniyalik Lotar Matteus, Meksika afsonalari Antonio Karbahal, Rafael Markes va Andres Guardadoga tegishli bo‘lgan natijani yaxshilashadi. Ularda beshtadan mundial bor.

Meksika milliy jamoasi darvozaboni Gilermo Ochoa ham oltinchi bor jahon chempionatiga kelgan, ammo u jamoada uchinchi raqamli darvozabon hisoblanadi va maydonga tushishi ehtimoli deyarli yo‘q.

Ronaldu qatorasiga oltinchi jahon chempionatida gol urishi mumkin

Krishtianu gol urilgan jahon chempionatlari soni bo‘yicha allaqachon rekordga egalik qiladi. U beshta mundialda gol urgan (2006, 2010, 2014, 2018 va 2022).

Lionel Messi, Pele, Uve Zeyeler va Miroslav Kloze faqat to‘rtta chempionatda gol ura olishgan. Argentinalik yulduz 2010 yilgi mundialda ham qatnashgandi, ammo o‘shanda birorta gol urolmagan.

Bu safargi mundialda Ronaldu gol ura olmasa va Messi gol ursa, bu borada ularning ko‘rsatkichlari tenglashadi.

Messi jahon chempionatlari tarixidagi eng yaxshi assistentga aylanishi mumkin

Jahon chempionatlaridagi golli uzatmalar soni bo‘yicha statistikani yuritishda ba’zi muammolar mavjud, chunki dastlabki turnirlardagi golli uzatmalar turli manbalarda turlicha hisoblangan. Ammo Britannica ensiklopediyasi versiyasiga e’tibor qaratiladigan bo‘lsa, ikki argentinalik afsona – Lionel Messi va Diyego Maradonada sakkiztadan golli uzatma bor va ular birinchi o‘rinni bo‘lishib turishibdi.

Demak, Messi bu borada yaqqol peshqadam bo‘lib olishi uchun yana bitta assist qilishi yetarli bo‘ladi. Shu tariqa, u bu turnirda nafaqat gollar soni bo‘yicha Klozeni, balki golli uzatmalar soni bo‘yicha Maradonani ortda qoldirishi mumkin bo‘ladi.

Messi jahon chempionatlaridagi g‘alabalar soni bo‘yicha rekordchiga aylanishi mumkin

Messi Klozeni nafaqat gollar soni bo‘yicha, balki g‘alaba qozonilgan o‘yinlar soni bo‘yicha ham ortda qoldirishi mumkin. Hozirda germaniyalik hujumchining hisobida jahon chempionatlaridagi 17 g‘alaba mavjud, argentinalikda – 16 ta.

Messi yakunda bu cho‘qqiga chiqa olmasligi uchun Argentina turnirni juda yomon o‘tkazishi talab etiladi. Messi Kloze bilan tenglashishi uchun bitta g‘alaba yetarli, ikki g‘alaba esa uni birinchi o‘ringa olib chiqadi.

Mbappe Kafuning rekordini takrorlashi mumkin

Afsonaviy himoyachi Kafu qatorasiga uchta mundial finaliga chiqqan yagona futbolchi bo‘lib qolmoqda: 1994, 1998 va 2002 yillarda. Shundan ikkitasida brazillar g‘alaba qozongan.

Mbappe esa ikki marta jahon birinchiliklari finallarida o‘ynadi. Birinchisida u g‘alaba qozongandi, ikkinchisida, JCh-2022 finalida Argentina darvozasiga uchta gol urganiga qaramay, bosh sovrindan quruq qolgandi. Agar uning jamoasi bu safar ham finalga chiqadigan bo‘lsa, Mbappe Kafuga yetib oladi, nazariy jihatdan unda 2030 yilda bu borada yaqqol peshqadam bo‘lib olish imkoniyati bo‘ladi.

Agar terma jamoalar miqyosida olinsa, Braziliyadan tashqari GFR terma jamoasi ham 1982 yildan 1990 yilgacha bo‘lgan oraliqda qatorasiga uchta finalda o‘ynagan. Endi bu kompaniyaga Fransiya ham qo‘shilishi mumkin.

Desham JChda eng ko‘p g‘alabaga erishgan murabbiy bo‘lishi mumkin

Dide Desham iyulda Fransiya milliy jamoasi boshqaruvini tark etishini e’lon qilgan. Ammo ketish oldidan u mundialda eng ko‘p g‘alabaga erishgan murabbiy sifatida tarixga kirishi mumkin.

Hozirda bu boradagi rekord GFRning afsonaviy murabbiyi Helmut Shenga tegishli bo‘lib turibdi, 1964 yildan 1978 yilga qadar terma jamoani boshqargan ushbu mutaxassis jahon chempionatlarida 25 o‘yin o‘tkazib, shundan 16 tasida g‘alaba qozongan. Ikki ko‘rsatkich ham hozircha rekord hisoblanadi.

Deshamning hisobidagi g‘alabalar soni 14 ta. U Shen bilan tenglashishish uchun fransuzlarga ikkita, yangi rekord uchun – uchta g‘alaba kerak. Bu natijaga guruh bosqichidayoq erishish mumkin.

Jahon chempionatlaridagi o‘yinlar soni bo‘yicha rekord ham Shenga tegishli (25). Deshamda bunday o‘yinlar soni – 19 ta. U bu borada ham Shenni quvib o‘tishi uchun Fransiya kamida yarimfinalga chiqishi talab etiladi.

Kurtua va Noyyer quruq o‘yinlar soni bo‘yicha rekord o‘rnatishga urinib ko‘radi

Darvozabonlarning rekordlari haqida gap ketsa, jahon chempionatlarida eng ko‘p quruq o‘yin o‘tkazgan darvozabonlar Piter Shilton va Fabiyen Bartezdir – 10 tadan.

Shilton uchta turnirda qatnashgan va Maradonaning mashhur «Xudoning qo‘li» bilan urilgan gol deb atalgan gol aynan u qo‘riqlayotgan darvozaga urilgandi. Bartez ham uch marta jahon chempionatlarida qatnashgan, 1998 yil Fransiya maydonlarida o‘tkazilgan turnirda g‘olib bo‘lgan.

Tibo Kurtua va Manuel Noyyerning hisobida yettitadan quruq o‘yin bor. Lekin germaniyalik posbon oxirgi ikki chempionatda biror marta o‘z darvozasi daxlsizligini saqlay olmadi, ammo bu safar ham turnirga Germaniya milliy jamoasining asosiy posboni sifatida tashrif buyurgan. Unda rekord uchun imkoniyat bor.

Kurtuada esa hali nisbatan yosh bo‘lgani uchun bu borada rekordni yangilash uchun 2030 yilda yana bir imkon bo‘ladi – buning uchun avvalo Belgiya to‘rt yil keyingi turnirga yo‘llanma olishi, Kurtuaning o‘zi esa asosiy tarkibdagi o‘rnini saqlab qolishi talab etiladi.

Gollar soni bo‘yicha rekord yangilanadi

2022 yilgi jahon chempionati tarixdagi eng gollarga boy turnir bo‘lgandi: 172 gol. Ammo bu rekord, katta ehtimol bilan, yangilanadi.

Buning asosiy sababi oddiy – o‘yinlar sonida katta farq bor. To‘rt yil oldin jami 64 ta o‘yin o‘tkazilgan, bu safar 104 ta bo‘ladi. Gollar soni bo‘yicha rekord yangilanishi uchun turnirda bir o‘yinda o‘rtacha 1,67 ta gol urilishi yetarli bo‘ladi. Bugungi futbol uchun esa bu ancha past planka hisoblanadi.

JCh-2026 eng ko‘p muxlis tashrifi kuzatiladigan turnir bo‘lishi mumkin


Nyu Jyersidagi «Metlayf» stadioni, bu yerda JCh-2026 finali o‘tkazilishi mo‘ljallangan

 Foto Getty Images

Muxlislar tashrifi bo‘yicha hozirgi rekord 1994 yilgi jahon chempionatida qayd etilgan, o‘shanda ham mundialga AQSh mezbonlik qilgandi. O‘sha turnirdagi 52 o‘yinga jami 3 587 538 nafar muxlis tushgandi.

Oldindagi mundialda bu miqdor ancha ko‘p bo‘lishi kutilmoqda. Bu yerda ham sabab format bilan bog‘liq: 1994 yilgi turnir bilan solishtirganda, o‘yinlar soni ikki baravar ko‘proq bo‘ladi, qolaversa,

AQSh, Meksika va Kanadadagi stadionlarning barchasi ko‘p muxlisni sig‘dira oladi.

Argentina titulni himoya qilib, noyob rekordni takrorlashi mumkin

2022 yilda jahon chempioni bo‘lgan Argentina titul uchun asosiy da’vogarlardan biri bo‘lib turibdi. Agar Lionel Skaloni shogirdlari bu safargi turnirda ham g‘olib chiqishsa, argentinaliklar qatorasiga ikki chempionatda bosh sovrinni o‘ziniki qilgan uchinchi jamoaga aylanishadi.

Buni birinchi bo‘lib 1934 va 1938 yillarda italyanlar, keyin esa 1958 va 1962 yillarda Braziliya terma jamoasi uddalagandi. 64 yildan buyon hech bir jamoa titulni himoya qila olgani yo‘q. Argentina bu seriyaga barham berishi mumkin.



Source link

Continue Reading
Click to comment

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Sport

Bahodir Jalolov IBF reytingida yuqoriladi

Published

on


Xalqaro boks federatsiyasi (IBF) barcha vazn toifalari uchun sportchilarning reytingini yangiladi.

Unga ko‘ra, superog‘ir vazn toifasida Bahodir Jalolov 6 dan 4-o‘ringa ko‘tarildi.

Jalolov so‘nggi jangini 2026-yil 9-may kuni Agron Smakichiga qarshi o‘tkazib, texnik nokaut hisobiga g‘alaba qozongan va rekordini 17–0 (15 tasi nokaut)ga yetkazgandi.

Hozirda IBF kamari Filip Xrgovichda, reytingni esa Frank Sanches boshqarmoqda, keyingi o‘rinlarda: Entoni Joshua (3) va Jalolov (4-o‘rin).

Taniqli insayder Den Rafael tarqatgan xabarga ko‘ra, Jalolov navbatdagi jangini Daniel Dyubua — Fabio Uordli 2 jang kechasi doirasida Londonda mahalliy bokschi Solomon Dakres (10-1, 3 nokaut)ga qarshi o‘tkazadi. Jalolov (Top Rank) va Dakres (Queensberry) promouterlari kelishuvga erishgan deyiladi xabarda.

Superog‘ir vazn toifasidagi bokschilar reytingi (IBF, top-10):

1. Frank Sanches (Kuba)
2. O‘rin bo‘sh
3. Entoni Joshua (Buyuk Britaniya)
4. Bahodir Jalolov (O‘zbekiston)
5. Tayson Fyuri (Buyuk Britaniya)
6. Deontey Uaylder (SShA)
7. Mozes Itauma (Buyuk Britaniya)
8. Richard Riakpore (Buyuk Britaniya)
9. Kichik Richard Torres (AQSh)
10. Jastis Hani (Avstraliya).



Source link

Continue Reading

Sport

«Paxtakor», «Neftchi» va «Nasaf» qancha pul ishlaydi?

Published

on


«Paxtakor», «Neftchi» va «Nasaf» klublari 2026/2027-yilgi mavsumda Osiyo klublar musobaqalarida yurtimiz sharafini himoya qilmoqda. «Paxtakor» va «Neftchi» OFK Chempionlar ligasi Elit (Elite) turnirida, «Nasaf» OFK Chempionlar ligasi 2 musobaqasida ishtirok etmoqda.

Jamoalarga turnirdagi ishtiroki, har bir g‘alabasi hamda keyingi bosqichlarga yo‘l olgani uchun OFK tomonidan yirik miqdorda mukofot pullari ajratiladi.

«Paxtakor» va «Neftchi» nufuzli Elit turnirning asosiy (liga) bosqichida qatnashgani uchun kafolatlangan 800 ming AQSh dollaridan qo‘lga kiritadi. Bundan tashqari, ushbu musobaqada jamoalar har bir g‘alaba uchun qo‘shimcha 100 ming dollar bonus ishlab olishlari mumkin. Klublarning umumiy daromadi ular qayd etadigan natijalar va g‘alabalar soniga qarab oshib boradi.

Musobaqaning pley-off bosqichida ham mukofot pullari sezilarli darajada yuqori. OFK Chempionlar ligasi Elit turnirida 1/8 finalga yo‘l olgan klubga 200 ming dollar, chorak final ishtirokchisiga 400 ming dollar, yarim finalga chiqqan jamoaga esa 600 ming dollar mukofot puli taqdim etiladi.

Musobaqa g‘olibi — turnir chempioni 10 million dollarlik bosh sovrinni qo‘lga kiritadi. Finalda mag‘lub bo‘lgan jamoaga 4 million dollar mukofot puli to‘lanadi. Bir so‘z bilan aytganda, «Paxtakor» va «Neftchi» musobaqada qancha uzoqqa borsa, shuncha ko‘p daromad oladi — bu mablag‘ bir necha million dollarga yetishi mumkin.

«Nasaf» OFK Chempionlar ligasi 2 turnirini guruh bosqichidan boshlaydi. Ushbu bosqichda qatnashgani uchun qarshiliklarga kafolatlangan 300 ming dollar mukofot puli ajratiladi. Bundan tashqari, guruhdagi har bir g‘alaba uchun 50 ming dollardan qo‘shimcha bonus to‘lanishi ko‘zda tutilgan.

OFK Chempionlar ligasi 2 turnirining pley-off bosqichida sovrinlar quyidagicha taqsimlanadi: 1/8 finalga chiqqan klub 80 ming dollar, chorak finalga yo‘l olgan jamoa 160 ming dollar, yarim final ishtirokchisi esa 240 ming dollar mukofot oladi.

Turnir g‘olibiga 2,5 million dollar, finalchiga 1 million dollar mukofot puli beriladi. Shunday qilib, «Nasaf» ham musobaqadagi muvaffaqiyatli natijalari evaziga boshlang‘ich 300 ming dollarni (bir necha) million dollargacha ko‘paytirish imkoniyatiga ega.



Source link

Continue Reading

Sport

«Paxtakor» so‘nggi daqiqalarda g‘alabani qo‘ldan chiqardi

Published

on


«Paxtakor» klubi Elit Osiyo chempionlar ligasi asosiy bosqichini durang bilan boshladi.

Jiddada turnirning amaldagi g‘olibi «Al-Ahli» klubiga qarshi o‘ynagan paxtakorchilar 86-daqiqada hisobni ochishdi. Ammo asosiy vaqtga qo‘shib berilgan daqiqalarda javob goli o‘tkazib yuborildi.

«Paxtakor» keyingi o‘yinni 12-oktyabrda Toshkentda Saudiya Arabistonining «Al-Qodisiya» klubiga qarshi o‘tkazadi.

Elit OChL. G‘arb mintaqasi. 1-tur

14-sentyabr, Jidda, «King Abdullah Sports City» stadioni

Al-Ahli – Paxtakor 1:1

Gollar: Firas al-Buraykan (90+3) — Flamarion (86)

Bosh hakam: Abdulla Jamaliy (Kuvayt)

Al-Ahli: Eduard Mendi, Ibrahima Diabi (Valentin Atangana 62), Galeno (Meshal Al-Mutayriy 53), Said Baattia, Ivan Toni (Firas Al-Buraykan 68), Mateus Martins, Merix Demiral (Muhammad Sulaymon 68), Saad Balobaid, Rayan Hamid, Solih Abu Alshamat, Naif Masud (Eduard Spersyan 46)

Paxtakor: Vladimir Nazarov, Zaid Tahsin (Murtazo Puraliganji 46), Dilshod Saitov, Ibrohim Ibragimov, Akmal Mozgovoy (Muhammadali Dilshodbekov 88), Dostonbek Hamdamov (Flamarion 68), Bashar Resan, Abdurauf Bo‘riyev, Ayman Husayn (Stiven Chinedu 69), Sherzod Nasrullayev (Hojiakbar Alijonov 78), Muhammadrasul Abdumajidov

Ogohlantirishlar: Ibrohim Ibragimov (63), Solih Abu Alshamat (64)

Eslatib o‘tamiz, kecha Elit Osiyo chempionlar ligasi 1-turida Farg‘onaning «Neftchi» klubi o‘z maydonida «Eyr Fors» ustidan 1:0 hisobida ustun kelgandi.



Source link

Continue Reading

Sport

Butunjahon shaxmat olimpiadasi mash’alasi O‘zbekistonga keltiriladi

Published

on


Hindistonda 46-Butunjahon shaxmat olimpiadasi oldidan an’anaviy Mash’ala estafetasi marosimi bo‘lib o‘tdi.

Marosimda FIDE prezidenti vazifasini bajaruvchi Vishvanatan Anand va Hindiston shaxmat federatsiyasi prezidenti Nitin Narang olimpiada mash’alasini o‘zbekistonlik grossmeyster Javohir Sindarovga tantanali ravishda topshirdi.

Endilikda ramziy olov Samarqandda bo‘lib o‘tadigan 46-Butunjahon shaxmat olimpiadasiga yetkaziladi.

Eslatib o‘tamiz, 46-Butunjahon shaxmat olimpiadasining boshlanishiga 2 kun qoldi.



Source link

Continue Reading

Sport

Gukesh — Sindarov matchida mukofot jamg‘armasi 2,5 million dollarni tashkil etadi

Published

on


FIDE 2026-yilgi jahon chempionligi uchun match reglamentini e’lon qildi. Unga ko‘ra, amaldagi jahon chempioni Gukesh Dommaraju o‘zbekistonlik grossmeyster Javohir Sindarovga qarshi shaxmat tojini himoya qiladi.

Match 22-noyabrdan 12-dekabrgacha Shveysariyaning Jeneva shahridagi Fondation Martin Bodmer majmuasida bo‘lib o‘tadi. Birinchi klassik partiya 24 noyabrda, so‘nggisi esa 11-dekabrda o‘ynaladi. Agar 14 partiyadan keyin hisob teng bo‘lsa, 12-dekabr kuni tay-breyk o‘tkaziladi.

Jahon chempionligi bahsi ko‘pi bilan 14 ta klassik partiyadan iborat bo‘ladi. Birinchi bo‘lib 7,5 ochko to‘plagan shaxmatchi chempionlikni qo‘lga kiritadi.

Gukesh va Sindarov match boshlangan paytda 20 yoshda bo‘ladi. Shu tariqa, bu jahon chempionati tarixidagi eng yosh ikki shaxmatchi o‘rtasidagi chempionlik bahsi bo‘ladi.

Javohir Sindarov jahon chempionligi uchun matchda ishtirok etish huquqini 2026-yilgi FIDE Nomzodlar turnirida g‘olib chiqib qo‘lga kiritdi. U musobaqada 14 imkoniyatdan 10 ochko to‘plab, birorta ham partiyada mag‘lub bo‘lmadi va turnir g‘olibligiga bir tur qolgandayoq erishdi.

Bundan oldin Sindarov 2025-yilgi FIDE Jahon kubogida ham g‘olib chiqqan edi. U mutlaq jahon chempioni unvoni uchun matchda ishtirok etadigan O‘zbekiston tarixidagi birinchi shaxmatchi bo‘ladi.

Gukesh esa 2024-yilda Singapurda Din Lijenni 7,5:6,5 hisobida mag‘lub etib, jahon chempioni bo‘lgan. U o‘shanda 18 yoshida shaxmat tarixidagi eng yosh mutlaq jahon chempioniga aylangan.

Matchning umumiy mukofot jamg‘armasi 2,5 million dollarni tashkil etadi. Reglamentga ko‘ra, har bir g‘alaba uchun shaxmatchiga 200 ming dollardan beriladi, qolgan mablag‘ esa ikki ishtirokchi o‘rtasida taqsimlanadi.

Jahon chempionligi uchun bahs Fondation Martin Bodmer — jahon adabiyoti va insoniyat tarixiga oid noyob qo‘lyozmalar hamda hujjatlar saqlanadigan mashhur kutubxona-muzeyda o‘tkaziladi.



Source link

Continue Reading

Trending

Copyright © 2025 Xabarlar. powered by Xabarlar.