Iqtisodiyot

Markaziy Osiyo uchun beriladigan 12 mlrd yevroning asosiy qismi Trans-Kaspiy koridori uchun sarflanadi – YeI 

Published

on


Yevropa Ittifoqi Markaziy Osiyoning besh respublikalari uchun “Global darvoza” strategiyasi doirasida jami 12 mlrd yevro ajratmoqda. Yevropa Ittifoqi komissarlari Yozef Sikela va Marta Koslar o‘tgan hafta O‘zbekistonga tashrif buyurib, bu investitsiya paketiga nimalar kirishini muhokama qildi. Asosiy mablag‘ Trans-Kaspiy koridori qurilishi va infratuzilma xarajatlariga yo‘naltiriladi.

{Yii::t(}

O’tkazib yuborish 6s

O’tkazib yuborish

Yevroittifoq bosh ofisiga ko‘ra, bu mablag‘lar 4 ta yo‘nalishga bo‘lib beriladi. Bular – avvalo transport, raqamli bog‘liqlik, kritik mineral resurslar, suv-energiya va Markaziy Osiyodagi iqlim masalalari. Ma’lum bo‘lishicha, umumiy summaning eng ko‘pi transport, aniqrog‘i o‘rta koridor uchun mo‘ljallangan. Bu qariyb 10 mlrd yevro. Yevropa va Markaziy Osiyoni 15 kunda bir-biriga bog‘laydigan Trans-Kaspiy savdo koridori Toshkentdagi muhokamalarning ham asosiy mavzusi bo‘ldi. 

Yana bir asosiy yo‘nalish bu – strategik mineral resurslar. Bugun Markaziy Osiyo dunyoning qaysi gigant davlatlari bilan gaplashmasin, bu mavzu ham kun tartibida. Mintaqa nodir metallar va mineral resurslarga boy ekan, energetik inqiroz kuchaygan davlatlar uchun bu muhim yo‘nalishga aylanmoqda. 

-Siz hozirgina 4 ta asosiy yo‘nalishlarni sanab o‘tdingiz, mening savolim shundan iboratki, nega Yevropa bu qadar Markaziy Osiyodagi nodir mineral resurslar bilan qiziqmoqda. Bu borada mintaqadan eng katta hamkor kim? 

“Yevropa mustaqilligini ta’minlashda Markaziy Osiyoning roli juda muhim o‘rin tutadi. Bu energetikaga taalluqli. Shunday ekan, biz uchun o‘zaro bog‘liqlik dasturi nafaqat savdo, transport, energetika va raqamlashtirishni rivojlantirishdan iborat. Bu avval aytganimdek, ishonchga asoslangan yangi sheriklik aloqalarini o‘rnatishni ham anglatadi. Lekin bunga bir kunda erishib bo‘lmaydi, shuning uchun biz uni ochiqlik va shaffoflik asosida qurishimiz kerak va men ushbu loyihada aynan shuni his qilyapman. Aniq misollarni komissar Yozef aytadi” – Marta Kos, Yevropa Ittifoqi komissari.

“Xo‘sh, men masalaga biroz boshqacharoq yondashmoqchiman. Men doim aytganman, agar yerni sotsangiz, undan kelajakda foydalanish imkoniyatidan voz kechgan bo‘lasiz. Agar xomashyoni sotsangiz, unga qo‘shimcha qiymat yaratish imkoniyatidan voz kechasiz. Shu bois, biz Yevropada shunga qat’iy ishonamizki, agar siz faqat kon va port o‘rtasida yo‘l qursangiz, o‘sha mamlakatga yordam bergan bo‘lmaysiz. Siz o‘zingizga yordam bergan bo‘lasiz va mamlakatni talaysiz xolos. Shunday ekan, biz o‘zaro manfaatlarga asoslangan sheriklik, barqaror rivojlanish va insonlarga sarmoya kiritishga tayangan teng huquqli hamkorlik – boylikni adolatliroq taqsimlash yo‘li ekaniga qat’iy ishonamiz. Shunday ekan, biz strategik xomashyoga investitsiyalar haqida gapirganda, ekologik toza, juda qat’iy Yevropa standartlarini nazarda tutamiz. Biz shu yerda qayta ishlash, shu yerda qo‘shimcha qiymat yaratish haqida, shuningdek, baham ko‘rish, Yevropa bozorlariga chiqish va asosan, yanada adolatli savdo hamda kamroq savdo to‘siqlari haqida gapiryapmiz. Aniq misol keltiradigan bo‘lsam, men prezidentga, masalan, Germaniya hukumati kelajakda strategik xomashyo bo‘yicha asosiy markaz bo‘ladigan Olmaliq uchun moliyalashtirish yo‘nalishini ochishga siyosiy rozilik berilganini mamnuniyat bilan yetkazdim” – Yozef Sikela, Yevropa Ittifoqi komissari.

Eslatib o‘tamiz, “Global darvoza” strategiyasi doirasida raqamli bog‘liqlik va tezkor internet uchun 55 million yevro, suv, iqlim va energiya resurslari bo‘yicha yashil loyihalarni moliyalashga 800 million yevro ajratilishi ma’lum qilingan. 

Shohrux Majidzoda suhbatlashdi.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version