Iqtisodiyot
Markaziy Osiyo uchun beriladigan 12 mlrd yevroning asosiy qismi Trans-Kaspiy koridori uchun sarflanadi – YeI
Yevropa Ittifoqi Markaziy Osiyoning besh respublikalari uchun “Global darvoza” strategiyasi doirasida jami 12 mlrd yevro ajratmoqda. Yevropa Ittifoqi komissarlari Yozef Sikela va Marta Koslar o‘tgan hafta O‘zbekistonga tashrif buyurib, bu investitsiya paketiga nimalar kirishini muhokama qildi. Asosiy mablag‘ Trans-Kaspiy koridori qurilishi va infratuzilma xarajatlariga yo‘naltiriladi.
{Yii::t(}
O’tkazib yuborish 6s
O’tkazib yuborish
Yevroittifoq bosh ofisiga ko‘ra, bu mablag‘lar 4 ta yo‘nalishga bo‘lib beriladi. Bular – avvalo transport, raqamli bog‘liqlik, kritik mineral resurslar, suv-energiya va Markaziy Osiyodagi iqlim masalalari. Ma’lum bo‘lishicha, umumiy summaning eng ko‘pi transport, aniqrog‘i o‘rta koridor uchun mo‘ljallangan. Bu qariyb 10 mlrd yevro. Yevropa va Markaziy Osiyoni 15 kunda bir-biriga bog‘laydigan Trans-Kaspiy savdo koridori Toshkentdagi muhokamalarning ham asosiy mavzusi bo‘ldi.
Yana bir asosiy yo‘nalish bu – strategik mineral resurslar. Bugun Markaziy Osiyo dunyoning qaysi gigant davlatlari bilan gaplashmasin, bu mavzu ham kun tartibida. Mintaqa nodir metallar va mineral resurslarga boy ekan, energetik inqiroz kuchaygan davlatlar uchun bu muhim yo‘nalishga aylanmoqda.
-Siz hozirgina 4 ta asosiy yo‘nalishlarni sanab o‘tdingiz, mening savolim shundan iboratki, nega Yevropa bu qadar Markaziy Osiyodagi nodir mineral resurslar bilan qiziqmoqda. Bu borada mintaqadan eng katta hamkor kim?
“Yevropa mustaqilligini ta’minlashda Markaziy Osiyoning roli juda muhim o‘rin tutadi. Bu energetikaga taalluqli. Shunday ekan, biz uchun o‘zaro bog‘liqlik dasturi nafaqat savdo, transport, energetika va raqamlashtirishni rivojlantirishdan iborat. Bu avval aytganimdek, ishonchga asoslangan yangi sheriklik aloqalarini o‘rnatishni ham anglatadi. Lekin bunga bir kunda erishib bo‘lmaydi, shuning uchun biz uni ochiqlik va shaffoflik asosida qurishimiz kerak va men ushbu loyihada aynan shuni his qilyapman. Aniq misollarni komissar Yozef aytadi” – Marta Kos, Yevropa Ittifoqi komissari.
“Xo‘sh, men masalaga biroz boshqacharoq yondashmoqchiman. Men doim aytganman, agar yerni sotsangiz, undan kelajakda foydalanish imkoniyatidan voz kechgan bo‘lasiz. Agar xomashyoni sotsangiz, unga qo‘shimcha qiymat yaratish imkoniyatidan voz kechasiz. Shu bois, biz Yevropada shunga qat’iy ishonamizki, agar siz faqat kon va port o‘rtasida yo‘l qursangiz, o‘sha mamlakatga yordam bergan bo‘lmaysiz. Siz o‘zingizga yordam bergan bo‘lasiz va mamlakatni talaysiz xolos. Shunday ekan, biz o‘zaro manfaatlarga asoslangan sheriklik, barqaror rivojlanish va insonlarga sarmoya kiritishga tayangan teng huquqli hamkorlik – boylikni adolatliroq taqsimlash yo‘li ekaniga qat’iy ishonamiz. Shunday ekan, biz strategik xomashyoga investitsiyalar haqida gapirganda, ekologik toza, juda qat’iy Yevropa standartlarini nazarda tutamiz. Biz shu yerda qayta ishlash, shu yerda qo‘shimcha qiymat yaratish haqida, shuningdek, baham ko‘rish, Yevropa bozorlariga chiqish va asosan, yanada adolatli savdo hamda kamroq savdo to‘siqlari haqida gapiryapmiz. Aniq misol keltiradigan bo‘lsam, men prezidentga, masalan, Germaniya hukumati kelajakda strategik xomashyo bo‘yicha asosiy markaz bo‘ladigan Olmaliq uchun moliyalashtirish yo‘nalishini ochishga siyosiy rozilik berilganini mamnuniyat bilan yetkazdim” – Yozef Sikela, Yevropa Ittifoqi komissari.
Eslatib o‘tamiz, “Global darvoza” strategiyasi doirasida raqamli bog‘liqlik va tezkor internet uchun 55 million yevro, suv, iqlim va energiya resurslari bo‘yicha yashil loyihalarni moliyalashga 800 million yevro ajratilishi ma’lum qilingan.
Shohrux Majidzoda suhbatlashdi.
Iqtisodiyot
Bojxona sohasida tadbirkorlar uchun bir qator yengilliklar joriy etiladi
Davlat bojxona xizmati organlari faoliyatini takomillashtirish va bojxona ma’murchiligida zamonaviy yondashuvlarni joriy etishga qaratilgan Prezident farmoni qabul qilindi.
Unga ko‘ra, bojxona sohasida bir qator yangi tartiblar belgilandi.
Jumladan, 2026 yil 1 oktyabrdan xavf darajasi past hamda QQS guvohnomasi faol bo‘lgan tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilariga tovarlarni import qilishda to‘lanadigan QQS summalarini o‘zaro hisobga olish imkoniyati yaratiladi.
Shuningdek, tovarlar eksportida nazorat jarayonlarining raqamlashtirilishi va takomillashtirilishi natijasida bojxona rasmiylashtiruvi, fitosanitariya sertifikati, fumigatsiya hamda tovarning kelib chiqish sertifikati uchun yig‘im va to‘lovlar miqdori 30 foizga kamaytiriladi.
2027 yil 1 yanvardan tovarlarning bojxona qiymatini nazorat qilish tartibi ham soddalashtiriladi. Xususan, xavf darajasi past bo‘lgan tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilari olib kirayotgan tovarlarning bojxona qiymati tovarlar erkin muomalaga chiqarilgandan keyin nazorat qilinadi.
Bundan tashqari, bojxona qiymatini nazorat qilish maqsadida tovarlar uchun qat’iy bojxona qiymatini belgilash taqiqlanadi. Bojxona qiymati bo‘yicha dastlabki qaror qabul qilish amaliyoti joriy etiladi hamda nazorat jarayonida rasmiy diller va distribyutorlarning narx ma’lumotlaridan foydalanish yo‘lga qo‘yiladi.
2027 yil 1 iyundan esa jismoniy shaxslar tomonidan notijorat maqsadlarda olib o‘tiladigan tovarlar bo‘yicha yagona bojxona to‘lovi miqdori to‘lanishi lozim bo‘lgan bojxona yig‘imlaridan kam bo‘lsa, ushbu yig‘imlar undirilmaydi.
Iqtisodiyot
Dushanba kuni ham dollar kursi pastlaydi
Markaziy bank 2026-yil 7-sentyabrdan valyutalarning yangi kursini belgiladi.
AQSh dollari 9,7 so‘mga tushib, 11 785,30 so‘m etib belgilandi.
Yevro kursi 3,01 so‘mga tushdi va 13 695,70 so‘m bo‘ldi. Funt-sterling 15 949,95 so‘mni tashkil qildi (+31,7).
Rossiya rubli 136,13 so‘m etib belgilandi (+0,33).
Iqtisodiyot
O‘zbekiston mahsulotlari AQShning eng yirik savdo tarmog‘i orqali Amerika bozoriga chiqishi mumkin
O‘zbekiston bosh konsuli Axror Burxanov «Costco Wholesale» kompaniyasi rahbariyati bilan uchrashuv o‘tkazdi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri.
Muloqot avvalida O‘zbekistonning qishloq xo‘jaligi, to‘qimachilik va hunarmandchilik sohalaridagi eksport salohiyati haqida ma’lumot berildi. Kompaniya vakillariga AQSh bozoriga olib kirishga ruxsat etilgan oliy navli o‘zbek mayizi va quritilgan o‘rik namunalari ham taqdim etildi.
O‘z navbatida, «Costco» vakillari o‘zbek mayizining sifati va tashqi ko‘rinishini yuqori baholab, uni savdo tarmog‘ida sotuvga chiqarish bo‘yicha zarur choralarni ko‘rishga tayyorligini bildirdi.
Suhbat davomida pista, grek yong‘og‘i, bodom, golubika, gilos, uzum, anor va boshqa yangi hamda quritilgan mevalarni yetkazib berish istiqbollari yuzasidan fikr almashildi.
Shuningdek, uchrashuvda o‘zbekistonlik eksportchilarni AQShdagi qadoqlash va markirovkalash korxonalari bilan bog‘lash, shuningdek, kelgusi yil fevral oyida o‘tkaziladigan mahsulotlar taqdimotida ishtirok etishga ko‘maklashish masalalari ham muhokama qilindi.
Bundan tashqari, o‘zbek tekstili, milliy kulolchilik buyumlari, idish-tovoq va qo‘l mehnati asosida tayyorlangan dekorativ mahsulotlarni «Costco» orqali sotish imkoniyatlari ko‘rib chiqildi.
Kompaniya vakillari raqobatbardosh mahsulotlar aniqlangan taqdirda, ularni global xarid jamoalariga taqdim etishdan manfaatdor ekanini qayd etdi.
Iqtisodiyot
Prezidentning bojxona xizmatiga oid farmoni qabul qilindi
Davlat bojxona xizmati organlari faoliyati takomillashtiriladi. «Davlat bojxona xizmati organlari faoliyatini takomillashtirish va bojxona ma’murchiligida zamonaviy yondashuvlarni joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Prezident Farmoni (PF–174-son, 27.08.2026-y.) qabul qilindi.
Farmonga ko‘ra, 2026–2030-yillarga mo‘ljallangan «Yangi O‘zbekiston bojxonasi – 2030» strategiyasi (Strategiya) tasdiqlandi hamda quyidagilar Strategiyaning ustuvor yo‘nalishlari etib belgilandi:
– bojxona jarayonlarida tadbirkorlik subyektlariga va jismoniy shaxslarga qulay shart-sharoitlar yaratish;
– bojxona organlari infratuzilmasini yaxshilash va sun’iy intellekt texnologiyalarini keng joriy etish orqali raqamlashtirish darajasini yuqori bosqichga olib chiqish;
– bojxona ma’murchiligini yanada takomillashtirish va boshqalar.
2026 yil 1 sentyabrdan quyidagi talablar bekor qilinadi:
– tashqi savdo shartnomasini tuzmasdan invoys asosida importni amalga oshirishda xorijiy hamkorga oldindan to‘lov o‘tkazish cheklovi;
– tashqi savdo shartnomasini tuzmasdan invoys asosida eksportni amalga oshirishda oldindan 50 foiz tushumni ta’minlash;
– tovarlar eksportini milliy valyutada amalga oshirishda oldindan to‘lovni ta’minlash yoki to‘lovning kafolatli shakllarini (akkreditiv, bank kafolati, sug‘urta polisi) taqdim etish;
– oziq-ovqat mahsulotlarini sinovdan o‘tkazish uchun mahsulot namunasi yetarli bo‘lmaganda, sanitariya-epidemiologik xulosani rasmiylashtirish;
– bojxona rasmiylashtiruvi jarayonida biologik aktiv va yangi kimyoviy moddalar, oziq-ovqat qo‘shimchalari, polimer, parfyumeriya-kosmetika mahsulotlarini olib kirish uchun ruxsatnoma, shuningdek, dori vositalari hamda tibbiy jihozlar davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnomani taqdim etish.
Iqtisodiyot
O‘zbekistonda yetti oylik bozor xizmatlari hajmi 802,5 trln so‘mga yetdi
Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning yanvar–iyul oylarida O‘zbekistonda ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmi 802,5 trln so‘mni tashkil etdi.
Bu ko‘rsatkich 2025-yilning mos davriga nisbatan real hisobda 16,7 foizga oshgan.
Ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmi asosiy turlar bo‘yicha quyidagicha:
savdo xizmatlari — 202,0 trln so‘m;
yashash va ovqatlanish xizmatlari — 149,7 trln so‘m;
moliyaviy xizmatlar — 125,8 trln so‘m;
transport xizmatlari — 121,5 trln so‘m;
aloqa va axborotlashtirish xizmatlari — 61,6 trln so‘m;
ta’lim sohasidagi xizmatlar — 27,2 trln so‘m;
ko‘chmas mulk bilan bog‘liq xizmatlar — 19,4 trln so‘m;
shaxsiy xizmatlar — 14,1 trln so‘m;
sog‘liqni saqlash sohasidagi xizmatlar — 13,9 trln so‘m;
me’morchilik, muhandislik izlanishlari, texnik sinovlar va tahlil sohasidagi xizmatlar — 10,7 trln so‘m;
kompyuterlar va maishiy tovarlarni ta’mirlash bo‘yicha xizmatlar — 9,2 trln so‘m;
ijara xizmatlari — 9,0 trln so‘m;
boshqa xizmatlar — 38,3 trln so‘m.
-
Siyosat4 days ago
Шавкат Мирзиёев Бишкекда кутиб олинди
-
Mahalliy4 days ago
«Enamdan qolgan dalalar» (Esse)
-
Jamiyat4 days ago
BYD CHAZOR UzPride – O‘zbekiston mustaqilligining 35 yilligiga bag‘ishlangan maxsus taklif
-
Jamiyat4 days ago
Bu yilgi Mustaqillik bayrami ijtimoiy tarmoqlarda chin ma’noda portladi!
-
Iqtisodiyot3 days agoPrezidentning bojxona xizmatiga oid farmoni qabul qilindi
-
Jamiyat3 days ago
Prezident 7 milliy dastur haqida e’lon qildi
-
Iqtisodiyot3 days ago
O‘zbekiston mahsulotlari AQShning eng yirik savdo tarmog‘i orqali Amerika bozoriga chiqishi mumkin
-
Jamiyat5 days ago
Yangi o‘quv yilida 806 mingdan ziyod 6 yoshli bola maktabga tayyorlov guruhlariga qamrab olinadi
