Siyosat
Saida Mirziyoyeva xalqaro forumda Prezident murojaatini o‘qib eshittirdi
Saida Mirziyoyeva Samarqanddagi xalqaro forumda Prezident murojaatini o‘qib eshittirdi.
Bugun Samarqand shahrida butun jahon hamjamiyati uchun eng dolzarb mavzulardan biriga bag‘ishlangan «Jamoat salomatligi va xavfsizligini ta’minlash maqsadida transmilliy narkotahdidlarga qarshi kurashish» mavzusidagi xalqaro forum o‘z ishini boshladi.
Forumda 50 dan ortiq davlat vakillari, 500 dan ziyod xalqaro ekspert va mutaxassislar, shuningdek, BMT, Interpol, Yevropa Ittifoqi, MDH va ShHT kabi yetakchi xalqaro tashkilotlar delegatlari ishtirok etmoqda.
Davlat rahbarining forum ishtirokchilariga yo‘llagan murojaatini Prezident administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva o‘qib eshittirdi.
Shuningdek, ushbu sohadagi hamkorlikni rivojlantirishga qo‘shgan hissasi uchun qator xalqaro tashkilotlar rahbarlari maxsus ta’sis etilgan «Narkotiklarga qarshi kurashish fidoyisi» ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Samarqandda o‘tayotgan «Jamoat salomatligi va xavfsizligini ta’minlash maqsadida transmilliy narkotahdidlarga qarshi kurashish» mavzusidagi xalqaro forum ishtirokchilariga murojaat yo‘llab, unda jumladan, narkotahdidlarga qarshi kurashish bo‘yicha qator takliflarni ham ilgari surgandi.