Dunyodan

Ukraina Turkiyaga Zelenskiy-Putin uchrashuvi boʻyicha soʻrov yubordi

Published

on


Kiyev Turkiyadan Zelenskiy va Putin o‘rtasida uchrashuv tashkil etishni so‘radi.

Ukraina Turkiyadan prezident Vladimir Zelenskiy va Rossiya prezidenti Vladimir Putin o‘rtasida muzokara o‘tkazishni ko‘rib chiqishni so‘radi.

Bu haqda Ukraina tashqi ishlar vaziri Andrey Shibiga “Ukrinform” axborot agentligiga bergan intervyusida ma’lum qildi.

“Biz Turkiyadan janob Zelenskiy va janob Putin o‘rtasida Rejep Tayyip Erdo‘g‘on va Donald Tramp ishtirokida uchrashuv o‘tkazish masalasini ko‘rib chiqishni so‘radik. Biz bu uchrashuvga tayyormiz”, – dedi Sibiga.

Vazir turk diplomatlari faoliyatini yuqori baholab, uni juda samarali deb atadi. Shuningdek, u Ukraina mojarosini hal qilishdan Turkiyaning ham manfaatdor ekanini ta’kidladi.

Eslatib o‘tamiz, Kiyev anchadan beri Rossiya prezidenti Vladimir Putinga uchrashuv taklif qilgan edi. Biroq Kreml turli sabablarni ko‘rsatib, muzokaralarga rozilik bermayapti.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version